Y.T.Toshpo‟latov (1932-2008). O‟zFA akademigi. Kimyo fanlari doktori,
professor. O‟zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi. 410 dan ortiq ilmiy
maqolalar, 35 ta patent va ixtirolar, 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 15 ta o„quv
qo„llanmasi muallifi. U yaratgan K-l preparati metall yuzasi bilan ishqalanishini
kamaytiruvchi modda sifatida to„qimachilik korxonalarida va kimyoviy tola
zavodlarida keng ishlatilmoqda. Paxta sellulozasi yo„nalishi bo„yicha ilmiy maktab
yaratgan taniqli olim.
G„.Mahsumov (1936). Kimyo fanlari doktori, professor. O‟zbekistonda
xizmat ko„rsatgan ixtirochi. 850 dan ortiq ilmiy maqolalar va ixtirolar, 10 dan ortiq
darslik va monografiyalar muallifi. Ilmiy ishlari propargil spirti hosilalari va
geterosiklik birikmalar asosida yangi fiziologik faol moddalar sintez qilishga
bag„ishlangan bo„lib, organik kimyo sohasida o„z maktabini yaratgan taniqli olim.
Bugungi kunda O‟zbekistonda kimyo fanining rivojlanishiga xissa qo‟shib
kelayotgan olimlarimizni aytishimiz mumkin S.Sh.Rashidova, Iskandarov,
Yunusov, A.Karimova, A.Yo‟lchiboyev, A.A.Ibragimov, G„.X.Hamroqulov,
M.A.Rahimjonov, M.Y.Isaqov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan hamda
olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari muhim ahamiyatga ega bo„ldi.
1.2.ATOM-MOLEKULAR TA‟LIMOT.
Atom-molekular ta‟limotning asosiy qoidalarini 1741 yilda M.V.Lomonosov
o‟zining «Matematik kimyo elementlari» nomli asarida quyidagicha bayon qildi:
1. Barcha moddalar korpuskula (molekula) lardan tashkil topgan bo‟lib, ular
orasida bo‟shliqlar ya‟ni oraliqlar mavjud.
2. Molekulalar to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi, ularning harakatlanish tezligi
temperatura ortishi bilan ortadi.
3. Molekulalar elementlardan (atom) tashkil topgan bo‟lib, ular ham
molekulalar singari to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi.
4. Molekula va atomlar muayyan massa va o‟lchamga ega.
5. Oddiy moddalarning molekulalari bir xil element atomlaridan, murakkab
moddalarning molekulalari esa har xil element atomlaridan tashkil topgan.
XVIII asrdan to XIX asrning boshlarigacha atomlar eng oddiy (elementar)
zarracha hisoblanib kelindi. Bu davrda atomlarning mavjudligi ham olimlar uchun
isbotlanmagan fikr edi, xolos.
Keyinchalik Lomonosov ta‟limotidan 67 yil o‟tgandan so‟ng Jon Dalton
o‟zining atomistik ta‟limotini ilgari surdi. Lomonosov ta‟limotidan bexabar holda
Do'stlaringiz bilan baham: |