1-mavzu. Materiyada moddalarni mavjudligi va ularni xarakatlarinishi. (2 soat) Reja
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза -1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “oddiy”
- “kimyoviy element bir xil xossalar bilan tavsiflanadigan atomlar turidir”.
1808 yilda ingliz olimi J.Dalton o‟zining atomistik ta‟limotini quyidagicha
ta‟rifladi: 1. Moddalar nihoyatda mayda zarrachalar atomlardan tuzilgan, atomlar yanada kichikroq zarrachalarga bo‟lina olmaydi. 2. Har qaysi kimyoviy element faqat o‟ziga xos “oddiy” atomlardan tuzilgan bo‟lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o‟ziga xos massa va o‟lchamga ega. 3. Kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning “oddiy” atomlari o‟zaro aniq va o‟zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, “murakkab” atomlarni hosil qiladi. 4. Faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo‟lgan atomlar o‟zaro birika oladi, bir elementning atomlari hech qachon o‟zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi, ular bir biridan itarishadi. Dalton bu nazariyasidan foydalanib, kimyoning asosiy qonunlarini izohlab berdi. U kimyoviy element tushinchasiga aniq ta‟rif berdi: “kimyoviy element bir xil xossalar bilan tavsiflanadigan atomlar turidir”. Dalton o‟sha vaqtda ma‟lum bo‟lgan elementlarning atom og‟irliklarini aniqlashga urindi va fanga atom massa tushunchasini kiritdi. Jon Dalton oddiy moddalarda molekula bo‟lishini inkor etadi. U oddiy moddalar oddiyroq atomlardan, murakkab moddalar esa murakkabroq atomlardan tashkil topgan degan tushunchani kiritdi. Jon Dalton molekulani – atomlarning mexanik to‟dalashuvidir deb ataydi. Lomonosovning atom-molekular ta‟limoti bilan Daltonning atom haqidagi ta‟limoti orasida ancha farq bor edi. Lomonosov ta‟limoti. Dalton ta‟limoti. Lomonosovning fikricha, oddiy moddalar ham molekulalardan tuzilishi mumkin. Dalton ta‟limotida esa oddiy moddalar faqat ayrim atomlardan tuzilgan deyilib, xato qilinadi. Lomonosov molekulada yangi sifatlar hosil bo‟lishini to‟g‟ri tushuntira oldi. Dalton esa molekulani – atomlarning mexanik to‟dalanishi deb qaradi. Lomonosov atom hamisha harakatda deb qarab, materiyani harakat bilan birgalikda tasavvur etdi. Dalton atomni harakatdan tamomila xoli, harakatsiz deb tasavvur qidi. 1860-yilda Germaniyaning Karlsure shahrida bo‟lib o‟tgan xalqaro kimyogarlar s‟yezdida olimlar tomonidan Lomonosov ta‟limoti to‟g‟ri ekanligi tan olindi va atom va molekula tushunchalariga ta‟rif berildi. Hozirgi vaqtda atom-molekular ta’limotning asosiy holatlari quyidagicha izohlanadi: Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling