Molekula harakatini 1827-yilda ingliz olimi Broun mikroskopda suyuqlikdagi
mayda qattiq zarrachalarning harakatini kuzatgan va ular uzluksiz harakat
qilishini aniqlagan. Hozirda bu harakat Broun harakati nomi bilan ataladi va
suyuqlik molekulalari tartibsiz ravishda uzluksiz harakatda ekanligini ko‘rsatadi.
Bir modda molekulalari boshqa modda molekulalari orasida tarqalishi
mumkin va bu hodisa diffuziya deb ataladi.
Broun
harakati, diffuziya (masalan, hidning havoda tarqalishi), qandning
suvda erishi va boshqa shunga o„xshash hodisalar molekulalar
mavjudligi hamda
doimo harakatda ekanligini ko„rsatadi.
Diffuziya tezligi-haroratga, molekulalar o‟lchami va massasiga bog‟liq.
Masalan: Eng kata diffuziya tezligiga ega bo‟lgan gaz bu vodoroddir.
2.
Molekulalar atomlardan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar kabi
to'xtovsiz harakatda bo'ladi.
3.
Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan
farq qiladi.
4.
Molekulalar orasida o'zaro tortilish va itarilish kuchlari ta'sir etadi. Bu
kuchlar qattiq moddalarda eng ko'p, gazlarda esa kam namoyon bo'ladi.
5.
Molekulalar orasida oraliq masofa bo'lib, uning o'lchamlari moddaning
agregat holatiga va temperaturaga bog'liq. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa
eng katta bo'ladi. Ularning oson siqi-luvchanligiga sabab ana shudir. Suyuqliklarni
siqish qiyin, chunki ularning molekulalari o'rtasidagi oraliq ancha kichik bo'ladi.
Qattiq moddalarda molekulalar o'rtasidagi
oraliq yanada kichik, shu sababli ular
deyarli siqilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: