1-mavzu. Materiyada moddalarni mavjudligi va ularni xarakatlarinishi. (2 soat) Reja
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза -1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- N.A.Parpiyev
- Sh.I.Solihov
- T.M.Mirkomilov
M.N.Nabiyev (1915y.) rahbarligida fosfatlarni nitrat kislota bilan qayta
ishlab, yangi kompleks o‟g‟itlar olishga muvaffaq bo‟lindi. Oddiy va ikkilamchi superfosfatlar sifati ancha yaxshilandi. Uning raxbarligida ammoniylashtirish usuli bilan Qoratog‟ fosfatlari asosida superfosfatlar olish texnologiyasi ishlab chiqildi, kam zaxarli defoliantlar ishlab chiqildi va qishloq xo‟jaligiga joriy qilindi. N.A.Parpiyev (1931). O‟zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. O‟zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi. 500 dan ortiq maqola, 7 ta monografiya, 22 ta mualliflik guvohnomasi, 3 ta darslik muallifi. Ilmiy ishlari koordinatsion birikmalar stereokimyosi, ularning tuzilishiga bag„ishlangan. Molibden, reniy, volfram va simobni aniqlash hamda yuqori darajada toza molibden olishning termik usulini ishlab chiqqan. Sh.I.Solihov (1944). O‟zFA akademigi, biologiya fanlari doktori, professor. O‟zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi, 275 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, 40 tadan ortiq patentlar muallifi. Oqsillar kimyoviy tuzilishi va ularning organizmga ta‟siri to„g„risida ilmiy maktab yaratgan. Olimning 10 ga yaqin preparatlari tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Uning rahbarligida olingan feromon tutqichlari mamlakatimiz paxtachiligini zararkunandalardan himoya qilishda qo„llanilmoqda. N.R.Yusupbekov (1940). O‟zFA akademigi, texnika fanlari doktori, professor. O‟zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 30 dan ortiq ixtiro va bir nechta monografiyalar muallifi. Ilmiy ishlari kimyoviy kibernetika sohasiga mansub bo„lib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tadqiqotlari ilmiy maktabiga asos solgan. T.M.Mirkomilov (1939-2004). O‟zFA akademigi. Texnika fanlari doktori, professor. 450 dan ortiq ilmiy maqolalar, 40 dan ortiq ixtiro va 4 ta monografiya, 5 ta darslik muallifi. Ilmiy ishlari polimer moddalar kimyo texnologiyasi muammolari, plastmassalar, sun‟iy tolalar, o„tga chidamli kinofotoplyonkalar hamda fiziologik faol polimerlar sinteziga bag„ishlangan. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling