Jarqo’rg’on minorasi Maftuna Ismoilova


Download 1.95 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1163833
Bog'liq
Jarqorgon minorasi

Jarqo’rg’on minorasi

Maftuna Ismoilova


1. наименование объекта (первоначальное и современное), а также название, под которым объект известен у населения.
Jarqo’rg’on minorasi – minora nomi u joylashgan shahar Jarqo’rg’on shahridan olingan bo’lib, Jarqo’rg’on nomi qadimda jar yoqasida joylashgan qoʻrgʻon nomidan kelib chiqqan. Minor nomi bilan ham ataladi. Rus tilida Минарет Джаркурган.
2. историческое событие, с которым связан обьект, дата события.
Jarqo'rg'on minorasi 1109-yilda Saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarning buyrug‘iga binoan Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon tomonidan bunyod etilgan. Minora qurilishiga rahbarlik qilgan arxitektor Ali ibn Muhammad Saraxsiy bo'lib, minora kitobasida uning nomi yozib qo'yilgan.
Minora shahardagi katta masjidlardan birida muazzin azon aytishi uchun qurilgan. Keyinchalik minoraning yuqori qismi va masjid qoldiqlari mahalliy aholi tomonidan buzib tashlangan. Rasmda ko'rsatilganidek, minora va masjid bir-biridan alohida turgan. Minoraga nima bo‘lganligi va nima uchun masjid vayron qilinganligi to‘g‘risida tarixchilar bir fikrga kela olishmagan. Ehtimol, yangi bino qurish uchun binolar qasddan buzilgandir.
Keyingi asrlarda minora harbiy maqsadda - kuzatuv obyekti vazifasida ham foydalanilgan.
3. местонахождение обьекта, его почтовый адрес, на чьей территории объект расположен (город, посёлок, промышленное предприятие, музей). Minora Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on va Termiz o‘rtasidagi Jarqoʻrgʻon tumani Minor qishlogʻida joylashgan. Mazkur inshoot nomi bilan u joylashgan qishloq ham Minor deb ataladi.
4. описание объекта (подьезд к нему, его автор, дата сооружения, из каких материалов изготовлен, текст мемориальной надписи).
Shuningdek, minoraga boshqa ayrim yozuvlar ham yozilgan, afsuski olimlar topilgan yozuvlarni to’g’ri tarjima qila olishmagan. Bu yozuvlarning hozirda olimlar tomonidan qilingan 8 xil tarjimasi mavjud.
Jarqo'rg'on minorasi 8 qirrali poydevor ustiga g'ishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirg'adan iborat. 20 m balandlikda g'ishtin panjarali ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbog' hoshiya bor. Belbog' ustida yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan. Arxeolog olim N.N.Karazin rasmida masjid va minora xarobasi aks ettirilgan(1879-y). Minoraning hozirgi balandligi 21,6 m., asosi (diametri - 5,4 m)ning kitobasida me'mor nomi Ali ibn Muhammad Saraxsiy va qurilgan sanasi yozilgan (V.A.Shishkin tomonidan o'qilgan). Ichki qismi esa bezaklardan holi ravishda oddiy pishgan g'ishtlardan ishlangan va yuqoriga ko'tariladigan zinalarning har bir pog'onasi 30-40 sm ni tashkil qiladi.
Minora g’ishti g’oyat puxtalik bilan naqshinkor terilgani va umuman uning nafis badiiy qiyofasi kishini hayratga soladi. Jarqo’rg’on minorasi memoriy-badiiy yechimiga ko’ra Shimoliy Hindiston va Xuroson minoralariga yaqin turadi.
Minoraga qarab, uning bezaklaridan ko‘zingizni uzolmaysiz. G‘ishtlarning mahorat bilan archa naqshida terilganligi to‘qilganlik effektini yaratadi. Minoraning ostida turganingizda, g‘ishtlarning terilgani g‘isht emas, balki mato kabi ko‘rinadi. Minora bir-biriga ulashgan o‘n olti yarim ustundan iborat. Ichkarida aylanali zinapoyalar mavjud bo‘lib, ular bo‘ylab eng yuqoriga ko‘tarilish mumkin
N.N.Karazin. 1979
5. источники сведений о памятнике (литература, архивные данные, устные преда);
O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi
Jarqoʻrgʻon minorasi - Vikipediya (wikipedia.org)
Bilasizmi? Jarqo'rg'on minorasi Arslonxon Muhammad ibn... | Интересный контент в группе Город Джаркурган . jarkurgan (ok.ru)
Jarqo‘rg‘on minorasi – “burmalangan” moʻjiza | Uzbekistan Travel
6. сохранность памятника;
Keyinchalik minoraning yuqori qismi va masjid qoldiqlari mahalliy aholi tomonidan buzib tashlangan. 1879-yilda N.N. Karazin tomonidan minora xarobalari topilgach, minora qisman ta’mirlangan va qayta rekonstruksiya qilish ishlari mustaqillik davrida amalga oshirilgan. Minora atrofi aholi uy joylaridan devor bilan o’rab ajratib qo’yilgan.
7. на кого возложена охрана объекта;
Davlat tasarrufiga olingan va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling