Murakkab panjarali fermalarni hisoblash. Reja: Fermaning turlari va ularni qo‘llanish sohasi


Download 278.75 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi278.75 Kb.
#1428466
Bog'liq
37 Murakkab panjarali fermalarni hisoblash

Murakkab panjarali fermalarni hisoblash .

REJA:

1.Fermaning turlari va ularni qo‘llanish sohasi.

2.Fermali to‘sinlardan tashkil topgan binolarni tomini qoplash.

Adabiyotlar


Ferma – geometrik shakli o„zgarmaydigan metall panjarali konstruksiya bo„lib, deformatsiya ta‟sirida uning egilishga sezilarli darajada qarshilik ko„rsatadi.

Barcha turdagi panjarali fermalarni quyidagi uchta asosiy sistemaga ajratish mumkin: uchburchakli , kashakli va maxsus .
Panjarali fermaning turlari

Fermali to‘sinlardan tashkil topgan binolarni tomini qoplash.

Fermali to‘sinlardan tashkil topgan binolarni tomini qoplash.

Temir yoki temir-beton ustunlariga (ular haqida 6-bobda ma‟lumot beriladi) fermali to„sinlar (ular haqida 5-bobda ma‟lumot beriladi) o„rnatiladi. Buni ustun- to„sin bog„lanish sistemasi deb atash mumkin. Bunday sistemalarning bir nechtasini birlashtirib ishlab chiqarish binolari hosil qilinadi. Sistemani birlashtirishda gorizontal hamda vertikal bog„lagichlardan foydalaniladi. Bir nechta ustunlar qatoriga-qator ustunlar (kolonnalar) deb ataladi.

Odatda bino ustining tayanchlari fermali to„sinlardan tashkil topgan bo„lib, ular to„g„ri burchakli (4.2,e-rasm) yoki teng yonli (4.1,e,v-rasmlar) uchburchak shaklida bo„ladi.

Binoni usti (tomi) maxsus (bemir-beton yoki azbestsemet, shuningdek, shakildor sapol taxtalari, oddiy va zanglamas to„lqinsimon po„lat tunika) issiq va sovuqni ushlab turuvchi materiallar bilan yopiladi.

Keyingi yillarda binolarning tomlari zanglamas to„lqinsimon po„lat tunikalar yordamida qoplash (4.3, a-rasm) keng yo„lga qo„yilgan. Bu qoplamning balandligi 40, 60, 80 mm, qalinligi 0,8…1 mm, eni 680…845 mm oraliqda, uzunligi esa 12000 mm bo„ladi. Ularning ko„ndalang kesimi to„lqinsimon trapesiya (4.3,b-rasm) yoki parabola shaklida bo„lib, o„lchamlari unga qo„yilgan yukka bog„liq bo„ladi.

Yuqorida aytilganidek, to„sin fermalar ustunlarga o„rnatilib, maxkamlanadi va ustunto„sin sistemasi hosil qilinadi. Ushbu sistemaning ustun hamda to„sin ferma (ularning oralig„i odatda 3 m ni tashkil qiladi) larining yuqori qismlari gorizontal fermalar bilan bir biriga bog„lanadi.To„sin fermaga va unga o„rnatilgan qoplamaning tuguni 4.4-rasmda ko„rsatilgan. Po„lat tunukalar ustiga maxsus issiq va sovuqni ushlab tutuvchi materiallar o„rnatiladi.

Fermalarni hisoblashning nazariy asoslari.

Nishabli fermalarning gorizontga nisbatan og„ish burchagi 4…180, balandligi (0,125 … 0,25) · 𝐿 , ferma kashaklarining gorizontga hisbatan og„ish burchagi 35…450 ni tashkil qilishi kerak.Ferma tayoqchalariga tushadigan kuchlar, analitik yoki grafikdiagramma qurish (Maksevel-Kremon) usulida aniqlanadi.Ferma elementlarining markaziy siqilish yoki cho„zilishdagi hisobi va , egiluvchanligi esa formulalar yordamida aniqlanadi.Ferma asosiy elementlarining siqilishdagi statik zo„riqishidagi egiluvchanligi 120 dan, mustahkam elementlarniki 150 dan oshmasligi, cho„zilgan elementlarniki 400 gacha borishi mumkin.


Download 278.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling