Саноат корхонаси тушунчаси ва турлари


Download 18.52 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi18.52 Kb.
#250302
Bog'liq
Esse tarmoqlar iq


Саноат корхонаси тушунчаси ва турлари

Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi  korxonalar  (zavod,  fabrika,  kon,  shaxta,  elektr stansiya, ferma va hk) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim sohasidir. Sanoat, industriya — xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni taʼminlaydi. 20-asrning 80 yillarida qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz Sanoati; qurilish materiallari Sanoati; qurilishkonstruksiyalari va detallari Sanoati; oyna va chinnifayans Sanoati; yengil S; oziq-ovqat Sanoati; mikrobiologiya Sanoati; unyorma va aralash yem Sanoati; tibbiyot Sanoati; poligrafiya Sanoat Boʻ sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi. Sanoatning ijtimoiy ishlab chiqarishning mustaqil tarmogʻi sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqishi — ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti bilan bogʻliq. Kapitalistik Sanoat Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 14—15-asrlarda paydo boʻddi va oddiy kapitalistik kooperatsiya, manufaktura va yirik mashina industriyasi — fabrika bosqichlarini bosib oʻtdi, 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida manufakturadan mashina industriyasiga oʻtish dastlab Angliyada, keyinroq boshqa Yevropa mamlakatlarida sanoat toʻntarishi tusini oldi. Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlarda Sanoat 18-asr boshidan manufaktura koʻrinishida rivojlandi, 19-asrning 2-yarmidan mashina industriyasi taraqqiy etdi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning birinchi asosiy manbai hisoblanadi. Sanoat geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog’i bo’lib, sanoatning xududiy joylashishini, turli davlatlar va rayonlarda sanoatning joylashish qonuniyatlarini, sharoitini va o’ziga xos hususiyatlarini o’rganadi. Sanoat geografiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Sanoat rivojlanishiga sezilarli ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tavsiflash; sanoat rayonlari, tugunlari va markazlarining shakllanish omillarini o’rganish; ayrim sanoat tarmoqlarining xolatiga va joylashishiga ta’sir etadigan texnik-iqtisodiy sharoitni tadqiq qilish; tarmoqlararo va rayonlararo aloqalarni o’rganish; mamlakat xalq xo’jaligida va iqtisodiy rayonlar shakllanishida sanoat joylashishining ahamiyatini aniqlash. Har qanday mamlakat sanoatining asosini industrlashtirish darajasi tashkil qiladi. Industrlashtirish deganda ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida fan va texnikaning yutuqlaridan foydalanib, zamonaviy korxonalar qurib, rivojlangan sanoatni tashkil qilish tushuniladi. Industrlashtirish muayyan tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga va xalqaro vaziyatga bog’liq

Sanoat og’ir va yengil sanoatga bo’linadi. Og’ir sanoat asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqdardan iboratdir, ya’ni unda mehnat qurollari (mashinalar, jixozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom ashyo, yoqilg’i va h.k.) ishlab chiqariladi. Og’ir sanoat mehnat predmetlarini (foydali qazilmalar, yog’och, gidroenergiya resurslari) tabiatdan oladi. Shuning uchun uning katta qismini undiruvchi sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Uning qolgan katta qismini esa ishlov berish sanoati tarmoqlari (qora va rangdor metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, elektronika va h.k.) tashkil qiladi. Og’ir sanoatda ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish bilan birga iste’mol mollari ham ishlab chiqariladi. Shuning uchun og’ir sanoat maxsulotlari faqat sanoatda emas, balki aholining kundalik turmushida ham ishlatiladi. Yengil sanoat ijtimoiy ishlab chiqarishning ikkinchi bo’limiga kiruvchi keng xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan tarmoqlar guruhidan iborat. Asosiy tarmoqlari: ip-gazlama, zig’ir, jun, trikotaj, teri, poyafzal, mo’ynachilik, mebel, galanteriya va boshqalar. Yuqorida eslatib o’tganimizdek, sanoat yana undiruvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga ham bo’linadi. Undiruvchi sanoat turli xil xom ashyo va yoqilg’ini qazib oladigan hamda tayyorlaydigan tarmoqlardan iborat. Ushbu sanoatning asosiy tarmoqdari quyidagilardan iborat: tog’-kon sanoati, yog’och tayyorlash, baliqchilik, ovchilik va boshqalar. Tog’- kon sanoati foydali qazilmalarni qidirish, qazish va boyitish bo’yicha ishlab chiqarish tarmoqlarini o’z ichiga oladi. Unga quyidagilar kiradi: yoqilg’i-energetika xom ashyosi, qora va rangli, qimmatbaho, kamyob hamda radioaktiv metall rudalari, tog’-kimyo (apatitlar, fosforitlar, kaliy tuzlari, oltingugurt) xom ashyosi va qurilish materlarini qazib olish. Tog’-kon sanoati kon sanoatining tarkibiga kiradi. Kon sanoati o’z navbatida tog’-kon va qayta ishlash sanoatini o’z ichiga oladi. Xom ashyoga ishlov beradigan yoki uni qayta ishlaydigan sanoat tarmog’i ishlov beruvchi sanoat tarmog’i deb ataladi. Xom ashyo asosan tog’-kon sanoati, qishloq xo’jaligi, urmon xo’jaligi, balikchilik va boshqa tarmoqlarda qazib olinadi va tayyorlanadi. Xom ashyo sintetik yo’l bilan ham olinadi. Ishlov beruvchi sanoatga quyidagilar kiradi: mashinasozlik metalga ishlov berish, qora va rangli metallurgiya neftni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika elektron yog’ochni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qog’oz ishlab chiqarish, to’qimachilik, tikuvchilik poyafzal, un, qand, konserva va boshqa sanoat tarqalmoqda. Sanoatda ishlab chiqariladigan maxsulot tan narxining asosi qismini xom ashyoga va unga ishlov berishga ketgan sarf-harajatlar tashkil qilsa, bundan sanoat ko’p mablag’ (material) talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Unga sanoatning quyidagi tarmoqlari kiradi: tuqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, mashinasozlik va kimyo (fosforli va kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish) sanoatining ko’p tarmoqlari kiradi. Masalan, tikuvchilik harajatlarning 80 foizdan ortig’ini, oziq-ovqat sanoatida harajatlarning 80 foizini xom ashyo tashkil qiladi. Ayrim mablag’ (materialni yoki xom ashyoni) ko’p talab qiladigan tarmoqlar xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi. Maxsulot tan narxida energiya sarf-harajatlari katta bo’lgan ishlab chiqarish ko’p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Masalan, alyuminiy ishlab chiqarish, qotishmalar ishlab chiqarish va h.k. Sanoatning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: energetika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, o’rmon, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil va maxalliy sanoat. Hozirgi paytda sanoatning elektronika va mikrobiologiya sanoati kabi eng yangi tarmoqlari ham shakllangan. Sanoat ishlab chiqarishning joylashishiga qarab sanoat rayonlari, tugunlari va markazlariga ajratiladi. Bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari to’plangan shahar yoki shaharcha sanoat markazi deb ataladi. Ko’p xollarda sanoat markazi ishlab chiqarishni yirikligi bilan ajralib turadi. Sanoat markazi ba’zi xollarda faqat industrial emas, balki transport vazifasini ham o’taydi. Bir-biri bilan o’zaro bog’langan ishlab chiqarish korxonalari to’plangan xudud sanoat tuguni (o’zeli) deb ataladi. Sanoat tuguni bitta shahar doirasida ham bo’lishi mumkin, ko’p xollarda u bir necha shaharlardan yoki ishchi shaharchalari bilan o’ralgan 38 shaharlar tizimidan iborat bo’ladi. Sanoat tuguniga kirgan korxonalar yagona transport tarmog’idan, energiya va suv ta’minotining umumiy manbalaridan birgalikda foydalanadi (ba’zan xom ashyo resurslari ham umumiy bo’ladi), mehnat resurslarini ishlab chiqarishga to’laroq jalb qiladi. Bularning hammasi mehnat unumdorligini oshirishga, mablag’larni tejashga, korxonalar eg’allaydigan maydonlarni qisqartirishga olib keladi. Sanoat tugunlari — sanoat korxonalarini joylashtirishning ilg’or usulidir.

Oʻzbekiston xududida Sanoat taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega boʻlgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. Oʻzbekistonda haqiqiy maʼnodagi Sanoatning paydo boʻlishi 19-asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻlkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan Sanoat tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi zavodlari) paydo boʻldi va Oʻzbekistonda Sanoat Rossiya sanoati va iktisodiyoti bilan bogʻliq holda rivojlandi.

1913 yilda Oʻzbekiston xududida yalpi mahsulot ishlab chiqarishda ogʻir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, yengil sanoat 0,8%ni, oziq-ovqat Sanoati 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davomida Oʻzbekiston sanoatida elektroenergetika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (traktorlar, paxta terish mashinalari), avtomobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, irrigatsiya-qurilish mashinasozligi, kimyo, sement, qurilish materiallari, tibbiyot, yogʻmoy, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqdari shakllandi.

20-asrning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda Sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal f-kalari qurila boshladi (qarang Yengil sanoat), 1937 yilda Toshkent toʻqimachilik k-ti ishga tushirildi, 20-asrning 40—50y.laridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi.



1941—45 yillardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning kupi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi (qarang Kimyo sanoati). Bekobod, Chirchiq, Toshkent shahrida qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (qarang Rangli metallurgiya)
Download 18.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling