Iqtisodiy tahlilda balans usuli
Download 13.53 Kb.
|
tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qb+T = S+Qo Bu yerda: Qb
- Iqtisodiy tahlilning asosiy prinsiplari (tamoyillari)
Iqtisodiy tahlilda balans usuli Balans usuli – bu faoliyatning o’zaro aloqador ko’rsatkichlarini ularning o’zaro ta’sirini izohlash va o’lchash uchun, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zaxiralarini hisoblash uchun. Tahlilning balans usulini qo’llashda alohida ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqa ularni turlicha qiyoslash orqali olingan natijalar tengligi shaklida ifodalanadi. Masalan, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlangan holda balans tuzilib, unda bir tomondan, mehnat resurslariga ehtiyoj, boshqa tomondan ularning haqiqatda mavjudligi ko’rsatiladi. Korxonalarning to’lov qobiliyatini aniqlash uchun to’lov balansidan foydalanilib, unda to’lov mablag’larining to’lov majburiyatlari bilan o’zaro nisbati aniqlanadi. Tayyor mahsulot balansi quyidagi formula asosida hisoblanadi: Qb+T = S+Qo Bu yerda: Qb – yil boshi uchun tovar qoldig’i; T –tovar mahsulot ishlab chiqarish; S – sotish; Qo– yil oxiri uchun tovar qoldig’i. Tovar va korxonaning baho siyosatining tahlili «Mahsulot» deb bozorga taklif etilgan sotiladigan, ishlati-ladigan yoki ehtiyojni qondiradigan barcha narsalarga aytiladi. Mahsulotga baho belgilanib bozorga chiqarilishi bilan tovarga aylanadi. Demak, tovar marketing faoliyatining yuragi hisoblana-di. Mahsulot (tovar)ning kompleks tahlili marketing tadqiqoti-ning ajralmas elementidir. Bu korxonaning raqobat ustunligini baholashda bosh element hisoblanadi. Korxonani tovar siyosati kompleks tahlilining maqsadi talabning to’lovga qodirligi, mahsulot assortimenti va nomenklaturasini shakllanishi tufayli rejalashtirilgan sotish hajmini maqsadga muvofiq yo’nalishi samaradorligini aniqlash tashkil etadi. Marketing tahlili jarayonida optimal assortimentdagi mahsulotni sotish siyosatining shakllanishi ko’p jihatdan korxonaning baho siyosatiga bog’liq. Tahlil jarayonida bahoni tashkil etish mexanizmi, talab va takliflarni o’rganish asosida (maksimal foyda, bozor kengayishi, sotish hajmining ortishi va h.k.) bahoning yuqori va pastki chegaralari belgilanadi. Marketing tahlilining asosiy usullaridan biri – korxona mahsulotining bahosi, kuchli raqobatdagi korxona hamda o’rtacha bozor baholarining qiyosiy tahlilidir. Iqtisodiy tahlilning asosiy prinsiplari (tamoyillari) Korxonalarning xo`jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uchun asos qilib olingan quyidagi tamoyillar mavjud: 1.Ob'еktning holatini dastlabki iqtisodiy nazariya jihatidan tahlil qilishning zarurligi, o`rganiladigan hodisalarning mohiyati va bir biriga o`zaro bog`liqligi. 2.Tahlilning komplеks xaraktеrga ega ekanligi hamda o`zaro bir biriga uzviy ravishda bog`liq tahliliy ko`rsatkichlar tizimining qo`llanishi. 3.Iqtisodiy ma'lumotlarni tahliliy jihatdan qayta ishlash jarayonida o`rganiladigan hodisalarni guruhlashtirish va ularga ta'sir ko`rsatuvchi omillarni miqdor va sifat bеlgilariga qarab turkumlash. 4.Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda taqqoslash usulining ichki xo`jalik rеzеrvlarini aniqlashdagi ahamiyati. 5.Tahlil natijalari asosida ilg`or tajribalarni kеng yoyish va ommani korxonalarni boshqarishga yana ham kеng jalb etish. 6.Korxonalarni boshqarishda hisob va hisobotning hal qiluvchi roli, ularning iqtisodiy tahlilda asosiy axborot manbai ekanligi. Yuqoridagi tamoyillar iqtisodiy tahlilning shakllanishiga va uning rivojlanish jarayoniga asos bo`ldi. Download 13.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling