1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanishning tahlili
Download 282.03 Kb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)
Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanishning tahliliAsosiy vositalar ishlab chiqarish faoliyatida uzoq yillar qatnashadigan, o‘z boshlang‘ich qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga yoki moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadigan xarajat obyektlariga o‘zining belgilangan xizmat muddati davomida bo‘lingan tartibda o‘tkazadigan hamda jismoniy shaklini o‘zgartirmaydigan mehnat qurollaridir. Shuningdek, asosiy vositalar korxonaga mulkiy jihatdan tegishli, kelgusida iqtisodiy naf keltirishi kutilayotgan hamda xizmat muddati uzoq vaqtni tashkil etadigan aktivlar jumlasiga kiradi. Korxonada asosiy vositalarni quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab: aktiv asosiy vositalar; passiv asosiy vositalar. Tarmoq bo‘ysunuviga qarab: sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari; boshqa tarmoq asosiy vositalari; noishlab chiqarish asosiy vositalari. Foydalanishiga qarab: foydalanishdagi asosiy vositalar; foydalanishdan olib qo‘yilgan asosiy vositalar Turi bo‘yicha: binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, mashina va uskunalar, transport vositalari, asbob-uskunalar, xo‘jalik inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar. Mulkiy egaligiga qarab: o‘ziga tegishli asosiy vositalar; ijaraga olingan asosiy vositalar. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 3-shakl «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot» shaklidan olinadi. Ushbu tasnif tahlil maqsadlari uchun foydalaniladi. Asosiy vositalarni o‘rganishda ularning texnik holat va harakat ko‘r- satkichlariga muhim ahamiyat beriladi. Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi: asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi; asosiy vositalarning eskirish darajasi. Yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning qoldiq qiymatini ularning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali; Eskirish darajasi asosiy vositalarning eskirish qiymatini ularning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi. Yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsiyentda 1 ga, foizda 100 teng bo‘ladi. Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi. Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlarini ularning har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1-shakl «Buxgalteriya balansi» va 3-shakl «Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risida hisobot» shakllaridan olinadi. Download 282.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling