1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Mehnat resurslari va ular samaradorligi ko‘rsatkichlarining tahlili


Download 282.03 Kb.
bet66/80
Sana14.04.2023
Hajmi282.03 Kb.
#1356949
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)

Mehnat resurslari va ular samaradorligi ko‘rsatkichlarining tahlili


Korxonada mehnat resurslari xizmat vazifalari va ish faoliyatining mazmuniga ko‘ra tarkiblanadi. Jumladan, ishlab chiqarishni tuzilishi bo‘yicha – sanoat ishlab chiqarish xodimlari, boshqa tarmoq xodimlari, noishlab chiqarish xodimlari; band bo‘lishiga qarab – doimiy ishchilar, mavsumiy ishchilar; xizmat vazifasi bo‘yicha – ishchilar, xizmatchilar; ishlab chiqarishda qatnashuvchanlik darajasi bo‘yicha – asosiy va yordamchi ishchilar kabilarga ajratiladi. Korxonada xodimlarni yoshi, mehnat staji, jinsi, malakasi va ma’lumoti bo‘yicha ham tarkiblash mumkin.


Iqtisodiy tahlilda xodimlar tarkibi, xodimlar bilan ta’minlanganlik, xodimlar harakati, dinamikasi kabilar bo‘yicha o‘rganiladi.
Xodimlar tarkibi tahlilida korxona xodimlari sanoat ishlab chiqarishi xodimlari, ishchilar, rahbarlar, xizmatchlar, mutaxassislar, qorovullar kabi guruhlarga ajratib o‘rganiladi. Unda barcha xodimlarni eng maqbul miqdori va salmog‘i, ularning o‘zgarishlari tahlil qilinadi.
Ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik tahlilida xodimlar sonining rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlari, mahsulot hajmini oshishi yuzasidan mutlaq va nisbiy farqlar, xodimlar aylanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.
Mehnat resurslari harakatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkich sifatida xodimlar qo‘nimsizligi ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Q = Xs .
X
Bunda: Q – xodimlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti;
Xs – korxona va umumjamiyat tavsifida bo‘lmagan sabablar ta’sirida ishdan bo‘shaganlar soni;
X – xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni.
Ushbu koeffitsiyentni imkon qadar kam salmoqda bo‘lishi korxonada xodimlar uchun sharoitni yaxshiligidan dalolat beradi.
Xodimlar qo‘nimsizligi bevosita xodimlarni qabul etish va bo‘shatish bo‘yicha aylanmalarni hisoblash asosida to‘ldiriladi.
Xodimlarni ishga qabul etish koeffitsiyenti hisobot davrida ishga qabul qilingan ishchilar sonini mazkur davrdagi jami ishchilarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soniga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Xodimlarni ishdan bo‘shatish koeffitsiyenti hisobot davrida ishdan bo‘shagan xodimlar sonini ularning ro‘yxatdagi o‘rtacha soniga bo‘lish asosida hisob-kitob qilinadi.
Korxonada xodimlar mehnat unumining oshishi ko‘p jihatdan ish vaqtidan qay darajada foydalanganlik darajasi bilan bog‘liq. Korxonada ish vaqtidan foydalanishning quyidagi jihatlarini farqlash mumkin:

  • ishchilar ish vaqtidan foydalanish darajasini o‘rganish;

  • uskunalar ish vaqtidan foydalanish darajasini o‘rganish.

Ishchilarning ish vaqtidan foydalanganligining umumlashgan ko‘rsatkichi – jami ishchilar tamonidan yil davomida ishlangan kishi soatlari hisoblanadi.
Tahlilda, korxonada ish vaqtidan foydalanishning qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi alohida omillarning ta’sir darajasiga tavsif beriladi. Ishchilar ish vaqtidan foydalanish darajasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi.

  • ishchilarning ro‘yxatdagi o‘rtacha sonining o‘zgarishi;

  • bir yilda o‘rtacha ishlangan ish kunlarining o‘zgarishi;

  • ish kuni davomiyligining o‘zgarishi.

Ish vaqtidan to‘g‘ri foydalanish mehnat unumdorligi oshishiga ta’sir qiladi.
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmini mehnat sarfi birligiga bo‘lish asosida aniqlanadi. Mehnat sarfining birligi sifatida ishlangan ish soatlari, kunlari yoki ishchilar soni olinadi.
Tahlilda mehnat unumdorligi, uning o‘sish darajalari va dinamikasiga baho beriladi.
Mehnat unumdorligining o‘sish darajalari va dinamikasiga baho berishda uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi quyidagi qatorlarga alohida ahamiyat beriladi.

  • intensiv omil;

  • ekstensiv omil;

  • ishlab chiqarishning texnik-texnologik holati;

  • mehnat unumdorligining oshishi;

  • mahsulot hajmining uni ishlab chiqarish vaqti va sifatiga ta’sir etmagan holda oshirishga;

  • mahsulot birligiga mehnat sarfining kamayishiga;

  • mahsulot ishlab chiqarish va tovarlar aylanish vaqtini qisqartirishga;

  • mahsulot hajmi va foydani oshirish holatiga.

Mehnat unumdorligi qiymat (pul o‘lchovida) va ayrim hollarda natural (dona va shu kabilar) ko‘rsatkichlarda aniqlanadi.



Download 282.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling