Mikroiqtisodiyot” fani


Download 36.5 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1525817
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot 1 mavzu


Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xo’jaligining quyi bo’g’inidagi ob’ektlar faoliyatiga taalluqli fan bo’lganligi uchun, u shu korxonalarda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalangan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlarni ko’paytirishni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi.
Korxonalar mavjud cheklangan imkoniyatlar sharoitida o’z faoliyatlari yo’nalishlarini belgilashda 3 ta asosiy vazifani hal qilishlariga to’g’ri keladi. Birinchidan, nima ishlab chiqarishiikkinchidan, qanday ishlab chiqarishi; uchinchidan, kimga va qancha ishlab chiqarishi lozimligini aniqlashi lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, “Mikroiqtisodiyot” fani mamlakat xalq xo’jaligini asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalar faoliyatini tartibga solishda, rivojlantirishda, mamlakat milliy boyligini ko’paytirishda, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilishda, mavjud iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda muhim rol o’ynaydi.

2Fanning maqsadi, vazifasi va o’rganish usullari.

Mikroiqtisodiyot (yunoncha “mikro” kichik) so’zidan olingan bo’lib, iqtisodiyotning dastlabki hal qiluvchi bo’g’ini bo’lgan firma, korxona, mikrofirma, turli xil xalq xo’jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo’jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta’sirida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar , hodisalarni, ularni namoyon bo’lish shart sharoitlarini, oqibatlarini tahlil qiladi va xulosalar yasaydi.

Fanni o’rganishdan maqsad - talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini o’rgatishdan iborat. U xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor sharoitida harakatini tahlil etadi, iqtisodiyotda vujudga keladigan amaliy muammolrni yechish yo’larini bartaraf etishda qo’l keladi.

Fanning vazifasi - noyob ishlab chiqarish resurslarini, iste’mol tovarlarini bozor sharoitida taqsimlash tamoyillarini o’rgatish, talab va taklif nazariyasiini korxona faoliyatidagi ahamiyati to’g’risida tushuncha berish, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to’g’risida hamda ularda narxni shakllanishi bo’yicha bilimga ega bo’lish, bozor strukturasi sharoitida firmalarning harakatini tahlil etish, davlatni bozor iqtisodiyotiga aralashuvi va buning oqibatlari to’g’risida tushunchaga ega bo’lish.
Mikroiqtisodiyot” fani barcha iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’langan holda amal qiluvchi fan bo’lib, tarmoq iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan fanlar bilan ham aloqada bo’ladi.Bular jumlasiga: “Sanoat iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti” kabi fanlarni kiritish mumkin.
“Mikroiqtisodiyot” fani matematik usuldan keng foydalanadi. Bunda iqtisodiyotda sodir bo’ladigan barcha o’zgarishlarga sabab bo’ladigan omillarni ta’sirini, ularni o’zaro bog’liqligini aniqlashda matematik funktsiyalar tuziladi. Funktsiyalarning mohiyati, o’zgaruvchan miqdorlarning o’zaro bog’liqligini ifoda etishdan iborat. Funktsiyaning quydagi 3 xil ko’rinishidan foydalanish mumkin:

Algebraik ko’rinishi. Bunda funktsional o’zaro bog’liqlik algebraik formula shaklida yoziladi. Masalan, turli xildagi istemolchilarning ma’lum turdagi tovarga bo’lgan talabi aniq bo’lsa, shu tovarga bo’lgan jami talab miqdorini aniqlash mumkin:
QD = QD1 + QD2 + QD3
Bu usulda ayrim kamchiliklar mavjud, jumladan, yuqoridagi formulaga asosan jami talab miqdorini aniqlash mumkin, lekin talab qanday holatda qanchaga o’zgarishi to’g’risida ma’lumot bera olmaydi.

Jadval shakldagi funktsiya. Bunda ma’lum tovarga bo’lgan talab va uning bahosi miqdori aniq bo’lsa, ular o’rtasidagi funktsional aloqani topish mumkin.

Grafik usuli. Bu usul ikki o’zgaruvchan miqdorning o’zaro aloqasini to’liq ifoda etadi.
“Mikroiqtisodiyot” fani ana shu usullardan foydalangan holda korxonalar, aloxida ishlab chiqaruvchi va istemolchilar faoliyatini o’rganadi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub’ektlarni ikkiga bo’lib qaraydi - iste’molchilar (uy xo’jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin darajada o’zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo’lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko’rsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling