1-mavzu: “Iqtisoliyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanining maqsadi
Download 151,17 Kb.
|
1-мавзу ИАКТ 153754c0ebfbd62dcc069fd5f95a1cf2
- Bu sahifa navigatsiya:
- F an i ning vazifasi
Fanni maqsad – talabalarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha aniq masalalarni echishda axborot texnologiyalarni qo‘llashning amaliy yutuqlari va uslublari, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari, dasturiy va texnologik ta’minoti, zamonaviy texnik vositalar, operasion tizimlar va zamonaviy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axbopot texnologiyalari toʻgʻrisidagi bilimlar, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirishdan iborat.
Fanining vazifasi – kompyuterning texnik va dasturiy vositalarida ishlashni o‘rgatish. Axborot texnologiyalari va tizimlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish va unda ishlash ko‘nikmalarini mustaxkamlashdir. Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli texnologiyalarni qo‘llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlari, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonlari va raqamli iqtisodiyotda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, biznes va xo‘jalik yuritishda biznes axborot tizimlaridan foydalanish, elektron biznesni yuritish yo‘llari va ulardan samarali foydalanishning ahamiyatini ochib berishlan iborat. Fanning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • axborotlarni qayta ishlash uchun zamonaviy texnik va dasturiy ta’minot, zamonaviy operatsion tizimlar va amaliy dasturlar bilan tanishtirish va dasturiy vositalarda iqtisodiy masalalarni echishni o‘rgatish; • tarmoq texnologiyalari bilan tanishtirish va internet xizmatlaridan oqilona foydalanishni o‘rgatish; • iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligini turli sohalarida raqamli texnologiyalaridan foydalanish asoslarini o‘rgatish va ularda ishlash; • elektron xukumat va interaktiv xizmatlar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalar va nazariy bilimlar bilan har tomonlama tanishtirib chiqish; • elektron biznes turlari bilan tanishtirish va elektron savdo amallarini bajarishni o‘rgatish; • katta hajmdagi kelib tushayotgan axborotlarni samarali qayta ishlash texnologiyalaridan foydalanish Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiy jabhalarini qayta qurish va uni mutanosib takomillashtirish, yangi sharoitlarga moslashish, raqobat kurashida barqaror turish zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnikalaridan hamda ular asosida yuqori samarali axborot-boshqaruv texnologiyalaridan ommaviy ravishda foydalanishga olib keldi. Amaliy informatikaning vosita va usullari moliyaviy sohalarga keng joriy qilib borilmoqda. Kompyuter texnikalariga asoslangan yangi texnologiyalar moliyaviy tashkilotlarning tashkiliy tuzilishida, korxona salohiyatida, hujjatlar tizimida, axborotlarni roʻyxatga olish va uzatish, ishlov berish sohasida tubdan yangilanishlar qilinishini talab qiladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng 1993 yilda ilk bor «Axborotlashtirish toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilindi va shu asosda barcha sohalarda, shu jumladan oliy ta’limda ham kompyuterlashtirish jarayonlariga keng yoʻl ochildi va imkoniyatlar yaratildi. Hozirgi vaqtda mehnat unumdorligini oʻstirish, mahsulot sifatini yaxshilash, bozorda mavjud boʻlgan turli xil talablarni qondirish va tezkor e’tiborga olish, ilm-fanning ishlab chiqarish tarmoqlarini, ayniqsa, elektronika, hisoblash texnikasi, telekommunikasiya vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish muammolarini keltirib chiqaradi. Shu kabi muammolarning echimini topilishi axborotlashtirish jarayonlarini tezlashtirishga sharoit yaratib, uning ulkan imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, bozor munosabatlari iqtisodiyotining oʻta muhim mezoni boʻlgan raqobatchilikning ta’sirini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega boʻladi. Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanib, jahon fan-texnikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini oʻzida mujassamlashtiradi. Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni oʻz ichiga oladi: 1. Axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish. 2. Uni qayta ishlash, joyiga uzatish. 3. Ma’lumotlarni kodlashtirish. 4. Ma’lumotlarni saqlash va izlash. 5. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash. 6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish. 7. Qaror qabul qilish va boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish. Ma’lumki, iqtisodiy axborot hamma jarayonlarning yuzaga kelishida ishtirok etadi, lekin qator holatlarda ba’zi jarayonlar ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilishi har xil boʻladi. SHu oʻrinda ba’zi jarayonlar qaytarilishi mumkin. Jarayon tarkibi, ularning shakllanishi va muhim xususiyati koʻp jihatdan iqtisodiy ob’ektga bogʻliq. Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatlarini koʻrib chiqamiz: 1. Axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish; axborotlarni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish har xil iqtisodiy ob’ektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq xoʻjaligi ob’ekti faoliyatini aks etgan boshlangʻich iqtisodiy hisobotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir. Shu oʻrinda boshlangʻich ma’lumotning ishonchli, toʻliq va zamonaviy boʻlishiga katta e’tibor beriladi. Korxonada axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish har xil xoʻjalik operaöiyalarini bajarish vaqtida sodir boʻladi. (Masalan: tayyor mahsulotlarni qabul qilish, materiallarni qabul qilish, yuborish va boshqalar). Avval axborot yigʻiladi, keyin mustaxkamlanadi. Keltirilgan hisobotlar, misol uchun, ish joylarining oʻzida ishlab chiqarilgan detallar, brak detallarning soni va boshqalar hisoblash natijasida kelib chiqadi. Haqiqatdan axborotni yigʻish uchun oʻlchash ishlari, hisob-kitob, material ob’ektlarini taqqoslash, alohida bajaruvchilarning vaqtinchalik va sonli harakterdagi ishlarini hisob-kitob qilish kabilar amalga oshiriladi. Axborotni yigʻish uni roʻyxatdan oʻtkazish bilan birga olib boriladi. Boshlangʻich hujjatlarga yozish asosan qoʻlda bajariladi, shuning uchun yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari hozircha mehnat talab etadigan ishligicha qolmoqda. Korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan sharoitida asosiy e’tibor axborotlarni roʻyxatdan oʻtkazishning texnik asosidan foydalanishga qaratiladi. Axborotlarni roʻyxatdan oʻtkazishning texnik asosi oʻz ichiga quyidagilarni oladi: sonli oʻlchov operaöiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, EHM aloqa kanallari orqali axborotlarni yigʻish, uzatish va boshqalar. Iqtisodiy axborotlarni uzatish har xil iqtisodiy ob’ektlarda turlicha amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish koʻpincha uni qayta ishlashdan ajratilgan holda olib boriladi. Ma’lumki, axborotlarni yigʻish va uzatish ish joylarining oʻzida amalga oshiriladi, uni qayta ishlash esa - hisob-kitob markazida olib boriladi. Axborot texnologiyalarining vujudga kelishi tarixi. Xozirgi vaqtda inson hayotini kompyuterlarsiz tassavur etib bo‘lmaydi. Kompyuter ish yuritishni osonlashtiradi, yangi xujjatlar va xar xil matnlarni tez va sifatli tayyorlash, tarmoq orqali o‘zaro axborot almashish, murakkab xisob ishlarini tezkor bajarish va ishlab chiqarish jarayonini modellashtirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun har bir inson u qaysi soha mutaxassisi bo‘lmasin axborot texnologiyalar bo‘yicha etarli darajada bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. Odamzod paydo bo‘lgandan buyon dastlabki hisoblash vositasi sifatida odamlarning barmoqlari xizmat qilgan. Ammo ular yordamida faqat sanash ishlarni bajarishgan (sabab barmoqlar soni cheklangan). Shuning uchun asta sekin sun’iy hisoblash vositalari vujudga kela boshlagan. Ulardan birinchilari bo‘lib toshlar va tayoqchalar bo‘lgan. So‘ngra abak (grek, misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va yaponlarning soroban), Neper tayoqchalari, rus schyotlari vujudga kelgan. Download 151,17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling