1-mavzu: “Iqtisoliyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanining maqsadi


Download 151.17 Kb.
bet1/7
Sana14.05.2023
Hajmi151.17 Kb.
#1460914
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу ИАКТ 153754c0ebfbd62dcc069fd5f95a1cf2

1-mavzu: “Iqtisoliyotda axborot - kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanining maqsadi

Reja:


      1. “Iqtisoliyotda axborot - kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanining maqsadi va vazifalari

      2. Axborot texnologiyalarining vujudga kelishi tarixi.

      3. Fanga oid me’yoriy – xuquqiy xujjatlar



Tayanch iboralar: axborot texnologiyalari,axborot tizimlar, agrosanoat majmuasi, axborotlashgan jamiyat, avtomatik hisoblash mashinani, kompyuter avlodlari, globallashuv jarayoni, integral sxema, elektron lampa, tranzistor, mikrosxema.



  1. Fanning maqsadi va vazifalari

Agrar soha ishlab chiqarishining samarali rivojlanishi uchun xo‘jalik yuritishning yuqori va samarali tizimi talab etiladi. Axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligi jarayonlarining rejalashtirishga, bashoratlashga, tahlil qilishga va modellashtirishga bog‘liq katta miqdordagi masalalarni echishda muhim yordam beradi. Axborotlarni yig‘ish va qayta ishlashning yuqorisamarador texnologiyalari, ishlab chiqarish jarayonlarini koordinatsiya qilish yo‘li bilan maqsadga erishishning uskunaviy vositasi bo‘lib amalda qo‘llanilmoqda.
“Iqtisoliyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanni o‘rganish vaqtida zamonaviy axborot texnologiyani qishloq xo‘jaligiga qo‘llashning asosiy usul va tamoyillari, axborot va telekommunikatsiya tizimlari bilan ishlash texnologiyalari, axborotlarni izlash va qayta ishlashning tezkorligini oshirish mexanizmlari, axborotlarni uzatish va saqlash, axborot manbalarining joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmagan xolda ularga kirish masalalari qaraladi. Fanni o‘rganishdan maqsad talabalarda qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalarni qo‘llash xaqida tassavurini shakllantirish, o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llashi uchun fanning nazariy asoslarini o‘zlashtirish va amaliy yangiliklarni olish xamda zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalar asosida uzluksiz o‘zining kasbiy maxoratini mustaqil oshirib borishdir.

Download 151.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling