1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja
Axborot ehtiyoji qondirilishi texnologiyasi
Download 1.79 Mb.
|
1-mavzu lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Raxbarlarning axborot ehtiyoji xususiyatlari. Axborot so’rovlari.
Axborot ehtiyoji qondirilishi texnologiyasi
Ehtiyoj - bu insonning o'zi boshdan kechirmasligi va sezmasligi mumkin bo'lgan narsaga nisbatan ob'ektiv zaruratdir. Absalyut yoki subyektiv axborot ehtiyoji – bu subyektning ehtiyoji bo’lib, uning oldiga qo’yilgan ilmiy yoki ishlab chiqarish vazifasini baja-rish uchun zarur bo’ladi. Haqiqiy yoki obyektiv axborot ehtiyoji – bu jamiyatda mavjud bo’lgan va ilmiy texnik ijtimoiy muomilalar kompleksini ifodalab beruvchi jamiyatning ma’lum bir davrida rivojlanish uchun foydalaniladi. Fakt bo’yicha qoniqtiruvchi axborot ehtiyoji - bu absalyut axborot ehtiyojining bir qismi bo’lib, kankret axborot tizimi qoniqtiriladi. Bu ehtiyoj inson imkoniyatlardan kelib chikkan holda, ularni qabul qilish, qayta ishlash, shu bilan birga sistemadagi ba’zi bir kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi. 3.Raxbarlarning axborot ehtiyoji xususiyatlari. Axborot so’rovlari. Raxbar xodim bilan izlanuvchi xodim o’rtasida axborot ehtiyojlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyat shu bilan izohlanadiki, izlanuvchining axborot ehtiyoji tor doirada bo’ladi. Raxbar xodimning axborot ehtiyoji, ularning boshqaruv pog’onasidagi holatiga, hamda funksianal strukturadagi o’rniga bog’liq. Bunday axborot ehtiyoji turli yo’nalishlarda bo’lib, ularning doirasi juda ham kengdir. Shuning uchun ham raxbarning axborot ehtiyojini aniqlashda ularning yo’nalishlarini turli mavzularga ajratish mumkin. Bu esa axborot ta’minotini tez va sifatli amalga oshirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun axborot tizimini yaratishda tarmoq tizimidan foydalanish tor iktisoslashuviga olib keladi va bunda umumdavlat mikyosidagi texnik siyosatga putur yetishi mumkin. Shuning uchun ham bunday tizimlarni tezishda tarmoqlararo boshqaruv prinsipidan foydalanish zarur. Raxbar xodimning axborot ehtiyoji to’g’risida, hamda uning xususiyatlari to’g’risida gapirar ekanmiz, avvalo bu axborotlarni tez o’zlashtirishga e’tibor berish zarur. Shu bilan birga katta hajimdagi axborotlarni saqlashda, ularni jipslash masalasi ham alohida e’tiborga loyiqdir. Bu axborot tizimida foydalanilayotgan tashkiliy texnik vositalardan yanada unumliroq foydalanish imkonini beradi. Axborot ehtiyoji bilan ta’minlashni tashkil etishda eng avvalo uning ehtiyojini aniqlash juda ham muhimdir. Bu yo’nalishda hozirgi paytda maxsus usuldan foydalanish kerak bo’ladi. Raxbar faoliyatini amalga oshirishda axborot ehtiyojidan keyingi boskich bu axborot so’rovidir.Ehtiyoj bilan so’rov o’rtasida farq mavjud. So’rov – bu ehtiyoj natijasida shakllangan va bu ehtiyojni qondirish uchun birinchi darajali zarur bo’lgan axborotlarga talabdir. Axborot so’rovlarini quyidagi turlarga ajratishmumkin. Ixtisoslashtirilgan axborot, bunday axborot konkret ilmiy izlanishlar uchun foydalaniladi. Joriy axborot, bunday axbortlar umumiy axborotlar yunalishdagi faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladi. Axborot so’rovlarni o’rganish jarayonida bir qancha usullardan foydalanish mumkin. Ularni taxlil qilishda bunday usullar ikki guruxga ajratiladi. To’g’ridan – to’g’ri o’rganishusullari. Bilvosita o’rganish usullari. Birinchi guruxga quyidagilarni kiritish mumkin, anketalar, interv’yular, suxbatlar, kuzatuvlar, ish jarayonidagi kundaliklar. Ikkinchi guruxga quyidagilar kiradi: Axborot so’rovlarini taxlil qilish, axborot materilalarining aylanishini o’rganish va hokazo. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling