1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Download 1.79 Mb.
bet1/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin


1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari
REJA:
1. Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi ishchilarni boshqarish asosidir.

  1. Korxona raxbarining boshqaruv qarorlarini qabul qilish bosqichlari.

  2. Axborot hajmi va axborotlarni yig’ish.

  3. Axborotlarni o’zlashtirish tezligi va uning ahamiyati.

  4. Iqtisodiy axborotlarning roli va xususiyati.

  5. Iqtisodiy axborotlarning xarakterli turlari.

Tayanch iboralar: axborot zahiralari, funksional axborot, birlamchi axborot, ma’lumotnoma axborot, ikkilamchi axborot, tavsiyanomaa xborot, shartli doimiy va doimiy axborotlar, axborot xususiyatlari, axborot kommunikasiyasi.




1. Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi ishchilarni boshqarish asosidir.
Ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda mehnat taqsimoti muhim ahamiyatga ega. Jamiyat taraqqiyotining yanada yuksalishida mehnat ixtisoslashuvi amalga oshiriladi. Buning natijasida ishlab chiqarishda qatnashadigan ishlovchilarning mehnat unumdorligi ishlab chiqarish jarayonida unda qatnashuvchilarning ma’lum bir vazifasini bajaruvchilari mehnat unumdorligining o’sishiga olib kelishi bilan birga uning sifatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin shuni aytish kerakki, haddan tashqari taqsimlash va ixtisoslash yaxshi natija bermaydi, chunki mehnat bunday sharoitda zerikarli bo’lib qolishi mumkin.
Shuning uchun ham mahsulot ishlab chiqarishda bu omillarga alohida e’tibor berish zarur. Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda unda qatnashmayotgan ishlovchilardan o’z vazifasi bo’yicha axborotlar talab qilinadi. Bu axborotlarni qayta ishlash va tahlil qilish asosida boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Demak boshqaruv qarorlarini qabul qiladigan mehnat taqsimoti va uning ixtisoslashuvi boshqarishning asosi hisoblanadi. Chunki axborotlar oqimining paydo bo’lishida ularning yo’nalishini aniqlashga hamda ular hajmining yetarlicha bo’lishini, sifatliligini ta’minlashda mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi qulay shart-sharoit yaratadi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling