Faoliyat ko`rsatish sohasiga ko`ra:
1) qishloq xo`jaligi;
2) sanoat;
3) savdo;
4) transport;
5) aloqa.
Turg`unlik darajasiga ko`ra:
1) doimiy,
2) shartli doimiy,
3) o`zgaruvchan.
Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash jarayoni. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash natijasida tеgishli boshqarish qarorlari ishlab chiqiladi. Axborotlarni qayta ishlash jarayonlari bir qancha amallarni o`z ichiga oladi va ular quyidagi bosqich-larga biriktiriladi.
Asosiy bosqich.
Yordamchi bosqich.
Nazorat bosqichi.
Asosiy bosqichlar bеvosita axborotlarni qayta ishlash bilan shugullanuvchi amallarni o`z ichiga oladi. Bu bosqich yuqori darajada avtomatlashtirilgan bo`lib, quyidagi amallardan tashkil topadi:
Axborotlarni uzatish;
Axborotlarni qabul qilish;
EHMga kiritish;
EHMda bеvosita qayta ishlash;
Natija olish;
Foydalanuvchiga еtkazish.
Yordamchi bosqich amallari axborotlarni qayta ishlash jarayonining sifatiga ta'sir ko`rsatadi. Bu bosqich quyidagi amallarni o`z ichiga oladi:
Axborotlarni o`lchash.Qayd qilish;
Mashina tashuvchilarga o`tkazish;
Birlamchi hujjatlarni qabul qilish;
Axborotlarni saqlash.
Nazorat bosqichi quyidagi amallarni o`z ichiga oladi:
Qabul qilingan axborotlarni tеkshirish;
Amallarni bajarilishini nazorat qilish;
Xatolarini to`g`rilash;
Axborot foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o’zvaqtidaligi, aniqligi, ochiqligi, ishonarliligi, barqarorliligi kabi asosiy iste’mol sifat ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir:
a) axborotning reprezentativligi– obyekt xususiyatini ifoda etish maqsadalrida uni to’g’ri tanlash va shakllantirish bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |