1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Download 1.79 Mb.
bet42/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

Nazort uchun savollar
1. Iqtisodiy axborot tizimi nima?
2. Qo’llanish darajasiga ko’ra iqtisodiy axborot tizimi qanday turlarga bo’linadi ?
3. Boshqaruv axborot tizimi haqida so’zlab bering?
4. Iqtisodiy axbortning nechta turi mavjud ?
5. Strategik axborot tizimi tushunchasini bayon qiling.
6.Statistika axborot tizimlari vazifasi nimadan iborat?
7. Buxgalteriya axborot tizimlari vazifasi nimadan iborat?
8.Ofisni avtomatlashtirish, bilimlarni qayta ishlash, boshqaruv qarorlarini qo’llab quvvatlash axborot tizimlari haqida tushuncha bering.

7-mavzu. Menejment axborot tizimi. Iqtisodiy axborotlarni tasniflash, kodlash tizimlari va ularning xususiyatlari
Reja:
1.Menejment axborot tizimi. Menejment axborot tizimining bosh vazifasi
2. Menejment axborot tizimida kompyuterlarni qo’llash.
3.Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnalogiyasi. Ofisni kom-pyuterlashtirish bosqichlari.
4.Iqtisodiy axborotni kodlash va tasniflash tizimlari xususiyatlari. Kodlash va tasniflash tushunchalari.
5. Iqtisodiy axborotning mantiqiy tarkibi. Klassifikator.
6. Obyektlarni tasniflashning iyerarxiya, fased va diskriptor tizimlari.

Tayanch iboralar: menejment, axborot, MAT, kommunikasiya, qaror, firma, ofis tenologiyalarini kompyuterlashtirish, MAT vazifalari, kom-pyuterlashtirish bosqichlari, tasnif, klassifikator, obyekt, iyerarxiya tizimi, tartibli tizim, seriyali tizim, pozisiyali tizim, kombinasiya-lashtirilgan tizim, rekvizit, faset tizimi.


1.Menejment axborot tizimi. Menejment axborot tizimining bosh vazifasi.
Menejement axborot tizimi hozirgi va kelgusi dalillar, foydali axborotlar ichki va tashqi manbaalarning jarayonidan tashkil topadi va menejerlarga barcha tashkilot qatlamlarida zarur bo’ladigan axborotlar tizimidir. Chunki menejerlar va boshqa MAT dan foydalanuvchilar ehtiyoji turli xildir. Bu axborotlar tizimi bular uchun qulay, zaruriy va tushunarli formatda bo’lishi kerak. Misol uchun Frita leg menejerlari San Antonio va Xyuston supermarketlaridagi Tostatios Chipslarini sotuvini sinishi paytini aniqlashga qodirlar, kompaniyaning MAT zaruriy va tushunarli dalillarga ega bo’ladilar. Janubiy Texas uchun dalillarning tahlili shuni ko’rsatadili Tostatiosning xarajatlari raqobatchilarni-kidan arzondir.Tostatiosning kukuruz versiyasi bilan tanishar ekan Frito Lay shu axborot asosida o’zining hududidagi bozorlarni egallaydi. Frito Lay ning MAT sotuvchilardan kundalik sotish haqidagi dalilga ega bo’ladi, uni o’z yo’nalishi uchun tahlil qiladi va xushyor menejerlar Frito Layning har bir bozorlardagi imkoniyatlari va muammolari haqidagi dalilga ham ega bo’ladi. Dalillarni tahlil qilish va guruhlash, menejerlarga tezroq va muhim axborotga ega bo’lishga yordam beradi.
Menejment axborot tizimining bosh vazifasi. Menejment axborot tizimi (MAT) ning bosh vazifasi dalillarni yig’ish, saqlash va o’z vaqtida tahlil qilishdir. Yirik MATga ega kompaniyalar menejerlari asosan tizim ishini muvofiqlash, doimiy jarayonda ishtirok etuvchi mutaxassis va texniklarni ishini boshqarishdir. Dalillar kom-pyuterlarda saqlanadi va ular tizimdan foydalanuvchilar uchun tushunarlidir. Kompyuterlar dalillarni saqlash va zamonaviylash uchun muhim emas, ularning asosiy vazifasi ularning imkoniyatlaridir. Dalillar tahlil qilinganda va qayta ishlanganda MATdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi kerak. MATni qayta ishlash uchun sotuv dalillarining stavkasi va sotuv menejeri o’tkazadigan sotish territoriyasi darajasi bo’yicha, yil bo’yicha, dollar bo’yicha, xar bir xudud bo’yicha sotuvchilar vakillarining va boshqa ba’zi faktorlar bo’yicha bo’ladi. Ko’plab kompaniyalar o’zlarining oborot manbalaridan xaridorlarni maxsus sotuv rag’batlari bilan egallaydi va mo’ljalga erishadi, ya’ni narxni pasaytirish bilan yangi xaridorlarni chaqirishdir.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling