1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari


Download 25.09 Kb.
bet7/8
Sana19.07.2023
Hajmi25.09 Kb.
#1661164
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu JIXIM

ToT = (Px/Pim) x (Qx /Qim)

Xalqaro savdo va iqtisodiy о‘sish xalqaro savdoga ta’siri qanday ishlab chiqarish omillari - eksportni kengaytirishga qaratilgan omillar yoki import о‘rnini qoplashga qaratilgan omillarning о‘sishi bilan aniqlanadi.




@ Eksportni kengaytirishga qaratilgan о‘sish (export-biased growth) — mamlakat eksport qiladigan tovar ishlab chiqarishini kengayishi bо‘lib, bu savdo shartini savdo hamkorlari foydasiga yaxshilanishiga olib keladi.


@ Import о‘rnini qoplashga qaratilgan о‘sish (import-biased growth) — mamlakat import qiladigan tovar ishlab chiqarishining kengayishi bо‘lib, bu savdo shartini savdo hamkorlar uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga yaxshilanishiga olib keladi.


Savdoning neytral о‘sishi (neutral trade growth) — bu mamlakatlar о‘rtasida savdo shartining о‘zgarmagan holatida xalqaro savdo jismoniy hajmining ortishidir.


Xalqaro savdoning yangi nazariyalari
Xalqaro savdoning masshtab samarasi modeli
Masshtab samarasi orqali ishlab chiqarish omillari bilan bir xil yoki deyarli bir xil ta’minlangan mamlakatlar о‘rtasidagi savdo tushuntiriladi. Masshtab samarasi orqali texnologik jihatdan bir biriga yaqin, hattoki bir xil tovar ishlab chiqaradigan mamlakatlar о‘rtasidagi savdoni ham tushuntirish mumkin.
Masshtab samarasi (economies of scale) – ishlab chiqarishning shunday rivojlanishiki, bunda omillar sarfining bir birlikka о‘sishi ishlab chiqarish bir birlikdan kо‘proqqa о‘sishiga olib keladi.


Monopolistik raqobat sharoitida savdo
Ma’lumki xalqaro savdoda sof mukammal raqoba ancha kam uchraydi, buning sababi jahon xom-ashyo va tovarlar bozorining bо‘lishib olinganligi va xalqrao bozorlarda о‘ziga xos oligopoliya va monopoliyalarning vujudga kelganligidir. Monopolistik raqobat asosidagi savdo nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qо‘shgan olim Pol Krugman bо‘ldi.


Download 25.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling