1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari
Download 25.09 Kb.
|
1-Mavzu JIXIM
- Bu sahifa navigatsiya:
- § 1.1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar faning predmeti
- § 1.2. Jahon xо‘jaligini rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari
1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari § 1.1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar faning predmeti § 1.2. Jahon xо‘jaligini rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari § 1.3. Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish xususiyatlari § 1.4. Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari § 1.1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar faning predmeti Jahon xо‘jaligida davlatlar guruhlari va iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va xо‘jalik hayotining baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bо‘lmoqda. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning о‘zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar о‘z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy, kо‘pmilliy korporatsiyalarni) jahon xо‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar kiradi: Xalqaro mehnat taqsimoti. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi. Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. § 1.2. Jahon xо‘jaligini rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari XXI asrdagi jahon xо‘jaligi - о‘z miqyosiga kо‘ra globaldir; u tо‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi. Ikkinchi jaxon urushidan keyingi о‘n yilliklarda jahon xо‘jaligini rivojlanish yetakchi tendensiyalaridan biri, bu kо‘plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xо‘jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xо‘jalikka о‘tishidir. Aynan ana shu davrda AQSH olimlari “Ochiq savdo”, “Ochiq iqtisodiyot” degan tezislar bilan chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida о‘z hukmronligini о‘tkazish bilan bog‘liq edi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan AQSH hukumati tomonidan yangi iqtisodiy tartib qо‘llanmalari taklif etildi. Bunday “erkin savdo” va “ochiq iqtisodiyot” tezislari hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi qaratilgan quroli, shuningdek amerika korporatsiyalarining tutib bо‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi. Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga tо‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi. Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir: ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashishi; resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash; xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi; jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi. Download 25.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling