1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari


Download 25.09 Kb.
bet6/8
Sana19.07.2023
Hajmi25.09 Kb.
#1661164
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu JIXIM

Leontyev paradoksi (Leontief paradox) — bu Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasining amalda bajarilmasligi – mehnat serob mamlakatlarning kapital sig‘imli, kapital serob mamlakatlarning mehnat sig‘imli tovarlarni eksport qilishidir.


Xalqaro savdoda umumiy muvozanat
Xalqaro savdoning standart modeli
Tarixan xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqishda iqtisodiy ta’limot tovarlar va ishlab chiqarish omillari taklifini о‘rganishga kо‘proq e’tibor qaratgan, talabga esa yetarli darajada e’tibor berilmagan. Biroq barchaga ma’lumki, jahon bozorida tovarlar taklifi talabga bog‘liq bо‘ladi, shuning uchun ham zamonaviy xalqaro savdo nazariyasi tovarlar talab va taklifiga birdek e’tibor beradi. U oldingi mavzularda kо‘rib chiqilgan klassik va neoklassik modellarni rad etmaydi, zero qanday muammo hal etilishi kerakligi va qaysi ishlab chiqarish omiliga kо‘proq e’tibor qaratilishi lozimligiga bog‘liq ravishda bu modellardan hozirgi paytda ham analitik maqsadlarda faol foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun yuqorida keltirilgan modellar ma’lum ma’noda jahon iqtisodiy ta’limoti tomonidan tan olingan va zamonaviy bosqichda xalqaro savdoni nazariy tahlil dastagi sifatida xizmat qiluvchi, xalqaro savdoning standart modeli nomini olgan modelning xususiy holi deb hisoblanishi mumkin.


@ Transformatsiyaning chegaraviy meyori (marginal rate of transformation) — 1-tovarning qо‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kechiladigan 2-tovar soni.


Xalqaro savdoda savdo sharti tushunchasi. Mamlakatning iqtisodiy о‘sish yо‘llari va ularning xususiyatlari
Nisbiy narxlarning о‘zgarishiga asoslangan о‘zaro bog‘liqlik savdo shartlari tushunchasi orqali ifodalanadi.


@ Savdo shartlari (terms of trade) — ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining, mamlakat bо‘yicha yoki mamlakatlar guruhi bо‘yicha eksport va import narxlari indekslarining nisbatidir.
Savdo shartlarini iqtisodiy kо‘rsatkich sifatida quyidagi asosiy kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin:

• Tovar yoki sof barter savdo shartlari (commodity, net barter terms of trade) — ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining yoki barcha tovarlar bо‘yicha eksport va import narxlari indekslarining nisbatidir.


ToT = Px/Pim


• Daromadni ifodalovchi savdo shartlari (income terms of trade) — mamlakatning jami eksportdan kelgan tushum hisobiga qancha tovar import qila olishi salohiyatini kо‘rsatuvchi indeks. Bu indeks tovar savdo shartlarini eksportning miqdor indeksi (Qx)ga kо‘paytirish orqali hisoblanadi. Bu indeksning о‘sishi eksportdan tushumni ortishi hisobiga import qilish salohiyati ortishini kо‘rsatadi.


ToT = (Px/Pim) x Qx



• Omillar bilan bog‘liq savdo shartlari (factor terms of trade) — import narxlarini bir yoki bir necha ishlab chiqarish omillarining samaradorligi bilan bog‘lovchi, eksport tarmoqlarida samaradorlikni bir birlikka oshishi hisobiga qancha miqdorda qо‘shimcha import qilish mumkinligini kо‘rsatuvchi indeks. Bu kо‘rsatkich tovar savdo shartlarini eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksiga (Qx) yoki ushbu mamlakatda eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksini import qilinayotgan mamlakat eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksiga nisbatiga (Qx/Qim) kо‘paytirish orqali hisoblanadi.

Download 25.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling