1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyotidа yangi industriаl dаvlаtlаrning tutgаn o`rni. «Yangi industrial mamlakatlar»
-mavzu. Trаnspоrt vа lоgistikа tizimini rivоjlаntirishning хоrij tаjribаsi vа undаn O`zbеkistоndа fоydаlаnish istiqbоllаri
Download 102.96 Kb.
|
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
21-mavzu. Trаnspоrt vа lоgistikа tizimini rivоjlаntirishning хоrij tаjribаsi vа undаn O`zbеkistоndа fоydаlаnish istiqbоllаri.
Jahon iqtsodiyotining rivojlanishi hamda xalqaro integratsiyaning kengayib boroyotganligi sharoitida dengiz portlariga toʼgʼridan-toʼgʼri chiqish imkoniyati cheklangan mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda transport logistika majmuasini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Jahon banki maʼlumotlariga koʼra, jahon transport xizmatlarining YaIM tarkibidagi miqdori 4,3 trln. АQSh dollari (6,9%) hajmida baholanib, yiliga 110 mlrd. tonna yuk va 1 trln. dan ortiq yoʼlovchilar tashilgan, transport infratuzilmasida band boʼlgan xodimlar soni 100 mln. kishini tashkil etadi.Dunyoda zamanaviy logistika texnologiyalari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Shu boisdan iqtisodiyotni innovatsion rivojlanishini taʼminlash uchun mamlakatda “transport-logistika tizimlari” va “trasport-logistika markazlari”ni tashkil etish zarurati yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda amlakatimiz yalpi ichki mahsulotida transport tarmogʼining ulushi 11 foizni tashkil etmoqda. Bu, oʼz navbatida, uning yirik tarmoqligini, boshqa sohalar rivojlanishiga yuqori darajada taʼsir koʼrsatuvchi infratuzilmaviy soha ekanligini koʼrsatib turibdi. Mamlakatimiz transport tizimida temir yoʼl transporti yetakchi mavqega ega boʼlib, ayni paytda umumiy tashilayotgan tranzit yuklarning 93foizi,yoʼlovchilarning esa 98 foizi uning xissasiga toʼgʼri kelmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʼi va milliy iqtisodiyotni jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvining muhim omili sifatida transport va logistika sohalarining sifat jihatidan jadal rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli va maqsadli dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Transport tizimining holati va rivojlanishi Oʼzbekiston Respublikasi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u boshqa infratuzilma tarmoqlari bilan birga jamiyat faoliyati uchun asosiy sharoitlarni taʼminlaydi, ijtimoiy-iqtisodiy va tashqi siѐsat maqsadlariga erishishda muhim element sifatida xizmat qiladi. Umumiy temir yoʼl tarmogʼining barqaror va samarali faoliyati Oʼzbekiston Respublikasi yagona iqtisodiy makonini taʼminlash, uning hududida sanoat va qishloq xoʼjaligi boʼyicha turli tarmoqlarni yanada rivojlantirish, mamlakat aholisining turmush darajasi va sharoitini yaxshilash, Oʼzbekiston fuqarolarining safarbarligini oshirishning zarur sharti hisoblanadi. Mamlakatimizning logistika samaradorlik indeksiga nazar tashlansa, eng yuqori natijalar aynan infratuzilma va oʼz vaqtida yetkazib berish indikatorlarida nisbatan ijobiyligi kuzatish mumkin, ammo ayrim xorijiy mamlakatlarning logistika samaradorlik koʼrsatkichlari bilan taqqoslaganda sezilarlicha pastligini koʼrishimiz mumkin. Mazkur davlatlarda logistika xizmatlari tashuv hajmining yuqoriligi evaziga yuqori tejamkorlik imkoniyatini yaratadi hamda innovatsion va texnologik oʼzgarishlar, yangiliklarning manbasi hisoblanadi. Mamlakatimizda mulьtimodal logistika markazlari yetarli darajada yoʼlga qoʼyilmaganligi, eksport va import operatsiyalari uchun ketadigan vaqt, yukni kuzatib borish va nazorat qilib borish kabi koʼrsatkichlar pastligi sababli, 160 ta davlat ichida Oʼzbekiston mos ravishda 99 oʼrinni egallagan. Transport-logistika xizmatlarining keng koʼlamli nomenklaturasi va ularning sifat jihatidan oʼzgarishi mumkin boʼlgan keng diapazon, xizmatlarning raqobatbardoshliligiga va sarfxarajatlar qiymatiga koʼrsatishi mumkin boʼlgan taʼsiri, shu bilan bir qatorda, boshqa omillar korxona uchun isteʼmolchilarga logistika xizmati koʼrsatish sohasida aniq, muayyan strategiyaga ega boʼlish zaruratini taqozo etadi. Qiѐsiy asosdagi narxlar tahliliga eʼtibor qaratilsa, yurtimiz ishlab chiqaruvchilarining bir muncha xarajatlari yuqoriligini koʼrishimiz mumkin. Masalan, bir standart vagon yukni (60 tonna toʼqimachilik mahsuloti) bir kilometrga yetkazib berish uchun temir yoʼl transporti xizmatiga 7,29 dollar toʼlashga toʼgʼri keladi. Xuddi shu koʼrsatkich qoʼshni Qozogʼistonda 4,24 dollarni, Qirgʼizistonda 3,65 dollarni, Tojikistonda 6,83 dollarni, Turkmanistonda 2,65 dollarni tashkil etmoqda. Bu esa, yurtimiz temir yoʼl transportining xalqaro tashuvlarda raqobatbardoshligiga salbiy taʼsir koʼrsatmoqda. 2009 yildan 2019 yilgacha transport xizmatlari tannarxi boʼyicha sarfxarajatlar oʼrganib chiqildi. Maʼlumki, transport vositalari orqali bajariladigan ishlarning umumiy qiymati qariyb 9,6 foizini yoqilgʼi (energiya) va moylash materiallariga sarflanadigan xarajatlar tashkil qiladi. Bunda transport tannarxi tarkibiga kiruvchi ish haqi umumiy xarajatlarning 8,3% ni tashkil qilmoqda. Ushbu koʼrsatkich Yevropa Ittifoqida 50-52 foizni, boshqa xarajatlar esa 40,2 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, amortizatsiya sarfxarajatlari uchun Oʼzbekistonda 12,3 foizni, Yevropa Ittifoqida esa bu koʼrsatkich 6-7 foizni tashkil etadi. Bugungi logistika tizimida ortiqcha boʼgʼinlarning mavjudligi sanoat mahsuloti tannarxiga salbiy taʼsir koʼrsatib, bunga asosan logistik zanjirining tarqoqligi – yetkazuchidan qabul qiluvchiga qadar mahsulotlarni ortiqcha darajada ortish va tushirish boʼgʼinlari mavjudligi sabab boʼlmoqda. Bu oʼz navbatida ishlab chiqaruvchi tomonidan transport-logistika xizmatiga jahon andozalariga xilof ravishda koʼproq xarajat qilishiga olib kelmoqda. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, transport-logistika tizimi hamda tegishli infratuzilmaning rivojlanish darajasi jahon standartlaridan ortda qolmaqda. Bugungi kun transportning barcha turlarini (avtomobil, temir yoʼl, aviatsiya, dengiz) qamrab oluvchi yirik logistika operatorlariga ega korxonalar faoliyatini tashkil etishni taqozo qilmoqda, yaʼni transport turlari oʼrtasida samarali hamkorlikni yoʼlga qoʼyuvchi yirik operatorlar yetishmayapti. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, transport-logistika tizimini rivojlanish jaraѐni sust darajada kechishiga quyidagi muammolar taʼsir koʼrsatmoqda: konteyner tashuv hajmi yetishmasligi; temir yoʼl transportida yuk tashish narxlarining yuqoriligi; 3PL va 4PL darajadagi logistik xizmat provayderlarining rivojlanmaganligi; temir yoʼl vagonlarining 60% ga yaqin qismi 20-30 yil davomida, 13% esa 30 yildan ortiq xizmat koʼrsatib kelmoqda. Download 102.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling