Dissertatsiya mavzusi bo’yicha Keys topshirig’i
Download 24.47 Kb.
|
MFO\'M 1-ON
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha masalalar Islom iqtisodiyotida jaraga olingan mulkni 3-tomonga ijaraga berish haqida masala (Quyi-ijara) 1-masala.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha Keys topshirig’i. Mahmudning kiyim-kechak sotadigan doʻkoni bor. U har yili Ramazonning 19-kuni zakotini berishga odatlangan. Bu yilgi hisob-kitoblar boʻyicha, uning qoʻlida 2,500 dollar naqd pul, bank hisobraqamida esa 1,300 dollarga teng mablagʻ mavjud. Bundan tashqari, doʻsti Akmalga 500 dollar qarz ham bergan boʻlib, doʻsti bu pulni kelasi oy qaytarishga vaʼda bergan. Doʻkonidagi kiyim-kechaklarning bozor qiymati 12,000 dollarni, tannarxi esa 10,000 dollarni tashkil etadi. Mahmud shuningdek futbolka tiktirish maqsadida 600 dollarlik material ham olib qoʻygan. Mahmud doʻkonni ijaraga olgan boʻlib, oʻtgan ikki oylik ijara toʻlovi — 2.000 dollarni bir haftadan keyin berishi kerak. Mol yetkazib beruvchilardan 3,700 dollar qarzi ham bor. Yuqorida berilgan maʼlumotlar asosida Mahmud bu yil qancha zakot berishi kerak ekanligini hisoblang. Javob: Naqd pul va bankdagi pullardan zakot beriladi; Qaytishidan umid bor qarzlar ham zakot bazasiga qoʻshiladi; Tijorat mollarining tannarxidan emas, balki bozor bahosidan zakot beriladi; Ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida olingan xomashyolardan ham zakot berilishi kerak; Oʻtgan oylar uchun ijara haqi zakot bazasidan ayriladi, lekin kelajakda beriladigan ijara toʻlovlari chegirib qolinmaydi; Mol yetkazib beruvchilar oldidagi qarzlar ham zakot bazasidan chegirib qolinishi kerak. Shunday qilib, Mahmudning bu yil berishi kerak boʻlgan zakoti — 280 $ ga teng boʻladi. 2. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha masalalar Islom iqtisodiyotida jaraga olingan mulkni 3-tomonga ijaraga berish haqida masala (Quyi-ijara) 1-masala. Abdulloh firmasi uchun 700kv metr joyni oyiga 70 mln soʻm evaziga ijaraga oldi. Bir oydan soʻng ijaraga olingan joy Abdullohning tashkiloti uchun kattalik qilib qoldi va joyning 400 m2 ni oyiga 45 mln.soʻmga quyi-ijaraga (sub-arenda) boshqa tashkilotga topshirishga qaror qildi. Shunday qilish mumkinmi? Javob: Ijarachi, ijaraga olingan mol / mulkni boshqa birovga ijaraga berishi (quyi-ijara) faqat birinchi ijara beruvchining ruxsati bilan boʻlishi mumkin. Agar bunda ijarachi quyi-ijara boʻyicha olayotgan haq, oʻzi birinchi ijara beruvchiga toʻlayotgan haqdan kamroq yoki unga teng boʻlsa, bunda ortiqcha muammo yoʻq. Bu masalada barcha sunniy mazhablar bir fikrdalar. Ammo agar quyi-ijara boʻyicha olinayotgan haq yuqoriroq boʻlsa, u holda masala biroz murakkablashadi. Imom Shofeʼiy (rahmatullohi alayh) va baʼzi boshqa olimlar, jumladan Hanbaliy mazhabi ulamolari ham quyi-ijara boʻyicha olingan haq birinchi ijara beruvchiga toʻlanayotgan haqdan yuqoriroq boʻlishi va oʻrtadagi farqni ijarachi oʻziga ishlatishi joiz deyishgan. Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) buni mumkin emas deganlar. U kishining fikri boʻyicha quyi-ijara va birinchi ijara oʻrtasidagi ziyoda farq quyi-ijara beruvchi tomonidan faqat xayriya maqsadida ishlatilishi mumkin (yaʼni oʻziga ishlatishi mumkin emas). Ammo agar quyi-ijara beruvchi ijaraga berilayotgan mol / mulkni qandaydir darajada yaxshi tomonga oʻzgartirsa (masalan taʼmirlasa, qulaylashtirsa, bezak bersa…) yoki biror nima bilan boyitsa, u holda bemalol quyi-ijara boʻyicha ziyoda farqni oʻziga olishi mumkin. Shuningdek agar quyi-ijara boʻyicha haq bir pul birligida olinsa, birinchi ijara boshqa pul birligida toʻlansa ham quyi-ijara beruvchi oʻrtadagi ziyoda farqni oʻziga olishi mumkin (fikrimizcha buni valyutalar kursi oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarning mavjudligi, yaʼni bu xatar quyi-ijara beruvchining tavakkali ekanligi bilan izohlash mumkin). Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Imom Abu Hanifaning fikriga jiddiy eʼtibor bilan qaragan holda, zarurat boʻlsa bu masalada Shofeʼiy va Hanbaliy mazhablariga ergashish mumkin. Inchinun na Qurʼoni karimda va na Hadisi shariflarda bu masalada (yaʼni quyi-ijara beruvchi oʻrtadagi ziyoda farqni oʻziga olishi masalasida) ochiq-oydin taqiq yoʻq. Download 24.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling