Dissertatsiya mavzusi bo’yicha Keys topshirig’i


Download 24.47 Kb.
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi24.47 Kb.
#1378889
1   2   3   4
Bog'liq
MFO\'M 1-ON

2-masala.
Islom banki mijozi boʻlgan korxona bankdan mevalarni saqlash uchun 3 yilga sovutgich ijaraga olish talabi bilan murojaat qildi. Bank ushbu sovutgichni sotib olib, mijozga operatsion ijara asosida taqdim qildi. Sovutgichning foydali xizmat muddati 5 yil deb baholandi.
Shuningdek, quyidagi moliyaviy maʼlumotlar mavjud (AQSH dollarida):
Sovutgich bahosi - 10,000
Yillik eskirish xarajati (amortizatsiya) - 2,000
Yillik takoful (sugʻurta) toʻlovi - 600
Bank tomonidan koʻzlangan foyda:
1-yil uchun: 900
2-yil uchun: 700
3-yil uchun: 500
🔺 Vazifa: Bank koʻzlagan foydasini olish uchun har bir yil uchun choraklik ijara toʻlovlarini hisoblang.


Javob:
Islom banki ijara asosida mijozini moliyalashtiradi. Ushbu amaliyotda sovutgich bankning mulki hisoblanadi va uning balansida hisobda turadi. Shu sababli sovutgichga egalik qilish bilan bogʻliq xarajatlar ham (sugʻurta, soliq va b.) Bank tomonidan qoplanadi. Bank ushbu xarajatlarni va oʻz foydasini inobatga olgan holda ijara haqi belgilaydi.

Masalan, 1-yil uchun:


$2,000 sovutgichning eskirish qiymati;
$600 - takoful xarajatlari;
$900 - bank koʻzlagan foydasi;
$3,500 - jami yillik toʻlov (yoki choraklik $875).
Qolgan yillar ham shu usulda hisoblanadi.

3-yil yakuniga koʻra sovutgich bankka qaytariladi va bunda uning qoldiq qiymati $4,000 teng boʻladi.


3. Paradokslar metodining dissertatsiya mavzuyim bo’yicha qo’llanilishi.

Hozirgi kunda butun jahonda islom iqtisodiyoti, islom moliya tizimining rivojlanib borayotganiga guvoh bo’lmoqdamiz. Statistikaga e’tibor beradigan bo’lsak hozirda islom moliyasi sektori yiliga 15% dan 25% gacha o‘sib bormoqda, bu yo‘nalishdagi institutlar esa jahonda $2,7 trlndan ortiq aktivlarni boshqarmoqda. Aholisining atigi 2-3 foizini musulmonlar tashkil qiladigan ko’plab G’arb mamlakatlarida ham islom moliyasi jadal tarzda rivojlanib borayotgan bo’lsada, ko’plab iqtisodchilar bu sohaning rivojiga past baho berishmoqda. Chunki ular an’anaviy bankchilik – islom iqtisodiyotida ta’qiqlangan “ribo” tamoyili asosida qurilgan bo’lib, banklarning asosiy daromadi shu orqali bo’lishini, busiz esa banklar rivojlana olmasligini iddao qilishadi. Shu jihatdan olib qaralganda islom banki hamda an’anaviy bank faoliyati o’rtasidagi quyidagi tafovutlarni ko’rishimiz mumkin:



Download 24.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling