1-mavzu. Jahon xo’jaligi va uning evolyusiyasi


Asosiy stama va tushunchalar


Download 410.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana25.06.2023
Hajmi410.39 Kb.
#1654736
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kitob 3907 uzsmart.uz

Asosiy stama va tushunchalar 
 
Boj solig’i, aksiz solig’i, demping, tovar almashuvi, eksport, 
import, reeksport, reimport, savdo balansi, aktiv balans, passiv 
balans, proteksionizm, fritiderlik.
 
10
O’zbekiston statistika qo’mitasi ma’lumotlari.


29 
3–mavzu. VALYUTA TIZIMI VA VALYUTA 
MUNOSABATLARI 
1. Xalqaro valyuta tizimi, uning tuzilmasi, faoliyat qilish 
sabablari va shakllanish bosqichlari 
Jahon xo’jaligi aloqalarni yaxshi yo’lga qo’yilgan valyuta 
munosabatlari tizimisiz tasavvur etish mumkin emas. Xalqaro 
valyuta munosabatlari xalqaro to’lov aylanmasida pulning harakat 
qilishi boshlanishi bilan vujudga kelgan. Valyuta munosabatlari 
taraqqiyoti ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, xalqaro 
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, jahon xo’jaligi tarkibining 
o’zgarishi bilan bog’langandir. 
Valyuta munosabatlari – bu davlatlar o’rtasida tashqi 
savdoga kapital chiqarish, foydani olib chiqish, zayom va 
subsidiyalar olish, fan va texnika sohasida ayirbosh qilish turizm va 
boshqa shunga o’xshash xo’jalik aloqalariga xizmat qiiluvchi jahon 
puli amal qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlardir. 
Valyuta munosabatlari taqsimot va almashuv sohasida amal 
qiladi. Lekin nisbatan mustaqil holda to’lov balansi, valyuta kursi, 
kredit va hisob operasiyalari orqali jahon iqtisodiyoti ahvoliga, 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy 
rivojlanishiga, 
ularning 
xalqaro 
iqtisodiy 
aloqalarini 
turli 
ko’rinishlarida ta’sir o’tkazadi. 
Bunda davlatlar o’rtasida hisob–kitob bir maromda, silliq 
ko’chmaydi, o’zaro nizolar va kelishmovchilik ostida bo’ladi. 
Hozirgi zamon valyuta munosabatlarining ijtimoiy–iqtisodiy 
vazifasi, jahon xo’jaligining samarali rivojlanishi uchun zarur 
bo’lgan sharoitni yaratishdan iborat. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Кarimov «Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartib solish 
hammaga ma’lum dasturlar moliya, kredit, soliq, valyutaa siyosati 


30 
narxlarni nazorat qilish hamda bilvosita ta’sir ko’rsatishning boshqa 
choralari yordamida amalga oshiriladi» degan edi
11

O’zbekiston Respublikasi xalqaro valyuta munosabatlarida teng 
huquqli sub’ekt sifatida qatnashish uchun xalqaro iqtisodiy va 
moliyaviy tashkilotlar – Xalqaro valyuta fondiga, Xalqaro qayta tiklash 
va rivojlantirish bankiga, Osiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo’ldilar. 
Har bir milliy bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega. 
Milliy valyuta tizimi mamlakatning pul tizimining bir qismi bo’lib, 
uning doirasida valyuta resurslari shakllantiriladi va foydalaniladi, 
xalqaro to’lov oboroti amalga oshiriladi. 
Unga quyidagi asosiy belgilarning bo’lishligi hosdir: 
— milliy valyuta birligi; 
— rasmiy tilla valyuta rezervi; 
— pul birliklari qiymatining oltin baravarida kurs 
shakllanishining tengligi; 
— valyutani qaytarish sharti; 
— valyutaga cheklashning bor yoki yo’qligi; 
— davlatning tashqi hisob tartibi; 
— milliy valyuta bozori va oltin bozorini tartibi; 
— mamlakat valyuta munosabatlarini boshqarishni ta’sis 
etuvchi milliy huquqi. 
Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismidir. Uning 
o’ziga hosligi mamlakat iqtisodiyotining, shuningdek tashqi iqtisodiy 
aloqalarning rivojlanganlik darajasi sharoiti bilan belgilanadi. 
Valyuta munosabatlarini tartibga solishda milliy valyutani 
mustahkamlash katta iqtisodiy ahamiyatga ega. «Milliy valyuta 
birinchi bosqichda tovar massasi bilan ishonchli ravishda 
mustahkamlangan, dunyo valyutasi bilan bog'langan va kafolat 
topgan holda respublikada almashtiriladigan bo’ladi… Unga biror 
11
Кarimov I. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent, «O’zbekiston», 1998 
y. 43–bet. 


31 
narsa sotib olish mumkin bo’lgandagina u o’z qiymatini, harid qilish 
qobiliyatini saqlab qoladi
12

Jahon valyuta tizimi bu — jahon xo’jaligining rivojlanishi va 
davlatlararo kelishuviga muvofiq huquqiy mustahkamlangan xalqaro 
valyuta 
munosabatlari 
shaklidir. 
Uning 
asosiy 
belgilari 
quyidagilardan: 
— milliy va jamoa valyuta mablag’i va oltin rezervining 
tarkibi va tuzilishi; 
— teng valyuta va kurs mexanizmi; 
— o’zaro valyutani qaytarish sharti; 
— valyuta miqdorining cheklanishi; 
— xalqaro hisob shakli; 
— xalqaro munosabatlarni tartibga solib turuvchi xalqaro 
kredit tashkilotining huquqiy holatidan iborat. 
Shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro valyuta tizimi milliy valyuta 
tizimlari asosida harakat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul 
mablag’larini, shu jumladan valyutani almashtirish va sotish yirik tijorat 
banklari vositasida amalga oshiriladi. Bu banklar orqali savdo va 
boshqa tashqi iqtisodiy operasiyalarni amalga oshirish natijasida 
mijozlar ushbu bankka pul qo’yish va uni boshqa mamlakatga boshqa 
turdagi valyuta bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Xalqaro 
valyuta bozorining yirik markazlari Tokio, Nyu–York, Bryussel 
shaharlari hisoblanadi. 
Xalqaro valyuta tizimi o’z taraqqiyotida uch bosqichni bosib 
o’tgan. Xalqaro valyuta tizimining birinchi bosqichi XIX asr ohirida 
oltin andoza asosida yuzaga kelgan bo’lib, bunda ayrim 
mamlakatning milliy valyutasi bozorda oltinga erkin almashtirilgan. 
Bu valyuta tizimi XX asr boshlaridagi buyuk depressiya davrida 
barbod bo’ldi. Ikkinchi bosqichda 1944 yil AQShda Bretton–Vuds 
konferensiyasida rasmiylashtirilgan valyuta kursining oltin andozasi 
saqlanib qolindi. Lekin bunda AQSh dollari oltin va valyuta 
12
Кarimov I. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent, «O’zbekiston», 1998 
y. 52, 166–betlar. 


32 
almashinuvida bosh vositachi qilib belgilandi. Bu ikkala vositada 
ham valyuta kursi hukumat tomonidan oltinni jahon bozoridagi 
bahosiga ko’ra belgilab qo’yish asosida amalga oshirildi. 
Ushbu konferensiyada «Xalqaro valyuta fondi» tashkil etildi. 
1971yilga kelib AQSh hukumati dollarini oltinning rasmiy 
bahosi bo’yicha almashtirib olishdan bosh tortdi. Chunki bu davrga 
kelib jahondagi pul zahirasining o’sishi qazib olinayotgan oltin 
miqdoriga bog’liq bo’lib qoldi. Shuningdek, oltin zahiralarining 
o’sishi, xalqaro savdo va moliya miqyoslarining o’sishidan orqada 
qola boshladi. 
Bu orada chet mamlakatlarga chiqib ketgan AQShning 
dollari miqdori ko’payib savdo balansida kamomad ortib ketdi, 
hozirda amal qilib turgan uchinchi bosqich 1976 yilda HVF 
tomonidan joriy etilgan bo’lib, davlatlar o’rtasida valyuta 
munosabatlari milliy pul birligining o’zgarib turuvchi, suzuvchi kurs 
asosida harakat qilishini belgilashdan boshlanib hozirgacha davom 
etib kelmoqda. Mamlakat agarda quyidagi uchta shartni bajarsa oltin 
andoza qabul qilgan hisoblanadi: o’zining pul birligiga ma’lum 
miqdorda oltin o’rnatish; mavjud oltin zahirasi bilan taklif pul 
miqdori o’rtasida qat’iy nisbatni saqlash; oltinning erkin eksport va 
importiga qarshilik qilmaslik. Bunga ko’ra, agarda har qaysi davlat 
o’zining pul biriligiga oltin holatini belgilasa, turli milliy valyutalar 
o’zaro belgilangan nisbatlarga ega bo’ladi. Masalan; AQSh o’z 
dollarini 0,1gramm oltinga tenglashtirsa, Angliya esa funt sterlingni 
0,2 gramm oltinga, demak bir funt sterling ikki dollarga teng. Ammo 
«Oltin andoza» tizimiga ko’ra mamlakat milliy valyutasini joriy 
etish uchun; albatta o’z oltin zahirasiga ega bo’lmog’i kerak va oltin 
zahirasi tugasa «Oltin andoza»dan voz kechishga majbur bo’ladi. 
Hozirgi 
vaqtda 
amal 
qilayotgan 
xalqaro 
valyuta 
mexanizmining asosiy ko’rinishlari quyidagicha. Valyuta birligini 
oltinga bog’liqligi yo’qoldi. Natijada o’zgarmas baho belgilash ham 
yo’q bo’ldi. Oltin nafaqat ichki, hatto jahon bozorida ham umum 
to’lov vositasi pul rolini bajarishdan to’xtadi. 


33 
Shuning uchun kollektiv valyuta birligini yaratishga 
erishilmaganligi uchun dollar valyuta moliya mexanizmida asos 
bo’lib qolmoqda va xalkaro muammolarda kredit to’lovi vositasini 
bajarmoqda, bosh valyuta rezervi rolini o’ynamoqda. 
Shuning uchun «Umumiy bozor»ga kiruvchi davlatlar o’zlari 
uchun umumiy valyuta tizimini shakllantirishga qaror qildilar. Bu 
valyuta – Evropa valyuta tizimi (EVT) bo’lib, u 1979 yilning mart 
oyidan boshlab shu kungacha amal qilib kelmoqda. 
Buning uchun Evropa Markaziy Bankini tashkil etish va 
Evropa Davlatlarining Milliy Banklari uning bo’limlariga aylanishi 
belgilangan. Hozirgi kunda Evropa iqtisodiy xamjamiyatiga a’zo 
bo’lmagan davlatlarning banklari ham bu valyutalar yordamida 
xisob – kitoblarni olib bormoqda. Hozirgi kunda Evropa 
valyutasining muomalaga qo’shilishi ham yagona valyuta tizimining 
Yangi turi vujudga kelmaganidan dalolat beradi. Buning sababi 
davlatlarning manfaatlari o’rtasida juda kata farqning mavjud 
ekanligidir. 
Osiyo, Afrika va London Amerika davlatlarida ham bir 
necha xil jamoa valyutasi mavjud bo’lib, uning hisob–kitobi Arab 
valyuta fondining dinorini, AND paktining AND pessosida va Afrika 
davlatlari va uning doirasiga kiruvchilar Fransiya frankida hisob–
kitob yuritadilar. Xalqaro valyutaning eng asosiy xususiyatlaridan 
biri uni konvertasiyalashuvidir. Ya’ni milliy ichki pul valyutasi chet 
el davlatlari valyutalari bilan almashinuvidir. 
Valyutalarni konvertasiyalashuvi ya’ni almashuvi erkin, 
qisman 
va almashmaydigan valyutalarga bo’linadi. Erkin 
almashuvchi valyutalar belgilangan xalqaro kurslarda barcha chet el 
valyutalari bilan almashinadi. Masalan: AQSh dollari, Кanada 
dollari, Yaponiya yeni bunga misol bo’la oladi. Ayrim milliy ichki 
valyutalar cheklangan darajada xalqaro muomalalarda bo’lishi 
mumkin. 
Masalan: 
tovar–pul 
munosabatlarida 
faqat 
tovar 
operasiyalarida konvertasiya bo’lmaydigan milliy valyuta faqat ichki 
to’lov 
muomalasida 
qo’llaniladi. 
Milliy 
valyutalarning 
konvertasiyalashuvi ichki va tashqi konvertasiyalashuviga bo’linadi. 


34 
Tashqi valyuta konvertasiyalashuvida chet elning yuridik va 
fuqarolik huquqiga ega bo’lgan shaxslar bemalol milliy valyuta 
ko’rinishida to’lovni amalga oshirishlari yoki milliy valyuta 
ko’rinishida aktivlarga ega bo’lishlari mumkin. Ichki konvertasiyada 
faqat chet el valyutasini davlatning o’zida harid qilish va ayrim 
to’lash hisob–kitoblarini amalga oshirish mumkin. 

Download 410.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling