1-mavzu. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja


jismoniy madaniyat ta’limotida o’quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi


Download 315.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi315.43 Kb.
#1495383
1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza 1

jismoniy madaniyat ta’limotida o’quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi.
Maxsus shakllangan predmetlar o’rtasida jismoniy madaniyat bilan bevosita bog’langan 
predmet bu jismoniy tarbiya nazariyasidir. Lekin u butun jismoniy madaniyat nazariyasini aks 
ettirolmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklidagina namoyon 
bo’lmaydi. Jismoniy madaniyat soxasidagi ilmiy bilimlarni umumlashtiruvchi boshqa 
rivojlangan predmet bu sport nazariyasidir. Bu fanni tez rivojlanishiga, Ayniqsa oxirgi un 
yilliklar ichida, olimpiya o’yinlarida va umuman xalqaro sport harakatidagi ko’rsatilgan yuqori 
sport natijalari sabab bo’ladi.  
Shuni ta’kidlash shartki, xalqaro miqyosdagi musobaqalar mustaqil O’zbekistonimizni 
dunyoga tanitdi. Yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy еtuk inson qilib tarbiyalash buyuk kelajak 
sari intilayotgan jamiyatimizning asosiy vazifasidir. Chunki, jismoniy bakuvvat, ma’naviy еtuk 
komil insonlargina jamiyat taraqqiyotini belgilab beroladi.  
Shu sababli olimpiyada, jaxon chimpionatlarini aniqlash va maksimal darajadagi 
rivojlanishning yangi usullarini kidirib topishda, ko’pgina tadqiqotchilarni jalb etishning o’ziga 
xos tabbiy laboratoriyasiga aylandi va tabiyki sport haqidagi ilmiy bilimlarni tez to’planishida 
o’z aksini topdi. Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, sport 
soxasidagi mutaxasislarni bo’lajak kasbiga tayyorlashning еtukchi predmeti sifatida shakllangan. 
Shu bilan birga, jismoniy madaniyat soxasidan, jismoniy tarbiya va sport ta’lluqli bo’lmagan 
an’anaviy qator muhim tarkibiy qismlari keyingi yillargacha keng qo’lamda ilmiy tadqiqot 
ishlari o’tkazilishida chetda qoldi. Bunda birinchi navbatda, aholining bo’sh vaqti, dam olish 
tartibi va madaniy fvoliyatini kamrab olayotgan jismoniy madaniyat shakllari – kundalik 
turmushda kishilarni jismoniy madaniyatga jalb etishning mustaqil shakllari haqida, ishlab 
chiqarish jismoniy madaniyati haqida, sog’lomlashtirish- organizmni tiklash va boshqa ko’pgina 
shakllar haqida fikr yuritiladi. Ommaviy jismoniy madaniyat amliyotining ushbu tarkibiy 
qismlari ko’p qirrali ilmiy tadqiqotlar olib borilishini talab etadi.  
Bu esa jismoniy madaniyat nazariyasi fanini faqat sportchilarga ta’lim tarbiya jarayonini 
nazariy metodik amaliy ta’minlovchi fan emas, balki komil insonni shakllanishini, rivojlanishini 
2
Abdumalikov. R. Eshnazarov. J. Jismoniy madaniyat va sport tarixi. O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 1993.


ta’minlovchi keng sohalarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki, har qanday ilmiy bilimlar tizimini 
rivojlanishida har doim ikki yo’nalish o’zaro bog’liqlikda bo’ladi: 
-tabaqalashgan (ayrim shaxsiy ob’ektga va yo’nalishga tegishli bilimlarni ixtisoslashuvi 
va bo’linishi) va integratsiya (ko’pgina shaxsiy bilimlarni bir butunlikka birlashtiruvchi umumiy 
bilimlarni shakllantirish). Jismoniy madaniyat va u bilan bog’liq xodisalarni (narsalarni) 
o’rganuvchi ilmiy fanlarni shakllanishi ko’pgina davrlarda, asosan tabaqlashtirilayotgan yo’li 
bilan amalga oshiriladi. Natijada jismoniy madaniyatni va unga chegaradosh xodisalarni oshirish 
tomonlarini aks ettiruvchi ko’pgina ayrim predmetlar paydo bo’ldi. Ularni ayrimlari jismoniy 
madaniyat va sport amaliyotining aniq bo’limlaridan kelib chikkan va o’z tarkibiga, kasbga 
ta’lluqli amaliy bilimlarni kiritadi (gimnastika, o’yin, yakkama – yakka ko’rash, еngil atletika, 
So’zish va x.k.) ayrimlari esa, jismoniy madaniyat soxasida yaritilmagan, bilimlar doirasida 
paydo bo’lmagan, Lekin o’zlarining tarmoklari bilan unga ham tegishli tabiy va boshqa fanlar 
yoki ilmiy – amaliy predmetlar (anatomiya, fiziologiya, bioximiya, gigiena, bioMexAniqa, 
psihologiya va x.k) ixtisoslashgansoxa shaklida namoyon bo’ladi. bir paytni o’zida 
umumlashtiruvchi predmetlar ham shakllana bordi. Masalan XX nchi yillardayoq jismoniy 
madaniyat institutlarining o’quv planiga «jismoniy madaniyat nazariyasi nazariyasi va umumiy 
uslbuiyati» majmuiy predmeti kiritlgan edi. Lekin dastlabki aniq ma’lumotlarni to’liq emasligi 
va ayrim boshqa sabablar uni yaxlit ilmiy predmet sifatida shakllanishiga halaqit berdi. Keyingi 
un yilliklarda, har xil fan sohalarida ma’lumotlarni tez sur’atlar bilan ortib borishiga bog’liq 
holda ilmiy bilimlarning integratsiyalashish tendlensiyasi ortdi. Gap shundaki, inson 
faoliyatining u yoki bu tomonlarining aks ettiruvchi tarqoq ayrim ilmiy ma’lumotlarni 
to’planishi, o’z – o’zidan ishning mohiyatini yaxlit holda tushinishga vakolat bera olmaydi va 
amaliyotmini ilmiy jixatdan еtarli darajada ta’minlash uchun asos bo’la olmaydi. Bundan 
tashqari, umumiy nazariyani mantiki bilan tartiblashtirilmagan ayrim ma’lumotlarni ko’pligi 
butunlikni to’g’ri tushunishga halakit berishi mumkin. Aynan shuning uchun ham hozirgi zamon 
fanida «ma’lumotga botish» xafi ta’sirida sintezli yondoshishni (masalan, integrativ - tizimli) 
qo’llashga va ko’pgina ayrim ma’lmuotlarni integrativlashtirishga, ularni bir yaxlit kondepsiyaga 
birlashtirishga muayyan dunyoning ob’ektlarini butunligini aks ettiruvchi umumiy nazariyani 
ishlab chiqishga bo’lgan e’tibor keskin tezlashadi.  

Download 315.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling