1-mavzu. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja
Download 315.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza 1
1-MAVZU. JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI. Reja: 1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi, vazifalari. 2. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan va o’quv predmeti sifatida. 3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotida asosiy tushunchalarga tavsif. 4. Fanning mazmuni va tuzilishi. Tayanch tushunchalar: jismoniy tarbiya nazariyasi, sport nazariyasi, pedagogik qonunlar, ta’lim qonuni, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ibn Sino, Amir Temur, Paxlavon Maxmud, ilmiy bilim, nazariy bilim, sintez fan, metodik bilim, umumiy madaniyat, jismoniy madaniyat, jismoniy madaniyat – faoliyat sifatida, jismoniy madaniyat – predmet boyligi sifatida, jismoniy madaniyat - faoliyat natijasi sifatida, jismoniy kamolot, jismoniy madaniyat harakati, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy rivojlanish, sport. Jismoniy madaniyat nazariyasi fani jismoniy madaniyat va sport hamda organizmga ta’sir ko’rsatadigan biologik umumiy qonun qoidalarini o’rganadi va umumlashtiradi. Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalarini, vosita va usuliyatlarini, tamoyillarini, jismoniy yuklama va uni qo’llash qonuniyatlarini, jismoniy tarbiyani zvenolaridagi jismoniy tarbiya xususiyatlarini, jismoniy tarbiyaning aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan sport trenirovkasi va uni qonuniyatlarini ochib beradi. Jismoniy madaniyat nazariyasi amaliyot bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanib boradi. Rivojlanish manbai bo’lib respublikamizda va chet davlatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilgor tajribalar hisoblanadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi predmetini o’rganishda, boshqa ilmiy o’quv fanlari singari, birinchi navbatda uning imkoniyatlariga qarab ushbu predmetga ta’lluqli dastlabki tushunchalarni aniqlash zarur. Jismoniy madaniyat nazariyasi perdmeti keng ma’noli tushunchalarga ega. Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko’rsatadiki, faqat ma’anviyat ma’rifat keng quloch yoygan ilm tubdan taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat ko’rish va unda bir-biriga mehr oqibatli, kamolatli insonlar shakllanishi mumkin. Shaxs va jamiyat yaratgan ma’naviy ilmiy boyliklar, insonning o’ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltiradi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: «Fuqarolar endi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir». Bunday yangicha yondashuvlar jismoniy madaniyat faning ob’ekti va predmetini kengaytiradi. 1 Jismoniy madaniyatda keng ilmiy tadqiqotlar madaniyatning qator boshqa sohalariga qaraganda ancha kech boshlandi. Lekin bu, jismoniy madaniyatning rivojlanishi ma’lum vaqtgacha umuman maxsus bilimlar tizimini shakllanishi bilan bog’liq bo’lmadi, degan ma’noni anglatmaydi. Ular albatta shakllandi, lekin ko’p vaqtgacha emperik (tajribaga asoslangan) harakterga ega bo’ldi. Jismoniy madaniyat harakatining amaliy kengayishi va jismoniy madaniyatning jamiyat hayotidagi soloxiyatini ortib borishi, uni ilmiy jixatdan fikrlashga bo’lgan talabini orttirdi, shu bilan birga, uni hayotga singdirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Jismoniy madaniyat haqidagi ilmiy bilimlar tizimning har xil bo’limlarini tiklanishi bab-baravar sodir 1 Usmonxodjaev T., Xonkeldiev Sh., Abdullaev A. va boshqalar “Maktabgacha yoshdagilar sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyatida gimnastika va massaj” Uslubiy qo‘llanmasi, “Farg‘ona” nashriyoti, 2011 y. 91 bet. bo’lgani yo’q. Boshqa bilimlaridan oldin, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlar paydo bo’ldi. Bunga birinchi navbatda, jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyatning asosiy shakli sifatida, o’z tarixining boshlanishidan boshlab tarbiyaning umum ijtimoiy amaliyotining katta qismini tashkil etganligi sabab bo’ldi. Uning asosida paydo bo’lgan jismoniy tarbiya nazariyasi va usulyati bevosita pedogogika fani bilan bog’liq holda taraqqiy kildi va nisbatan rivojlangan ilmiy-amaliy predmet sifatida anchagina ilgari shakllandi. 2 O’zbekiston respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi» gi qonunida (1997 y) ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti soxasida ustivor deb e’lon qilinishi jismoniy madaniyat fani zimmasiga juda katta ma’suliyatli ulugvor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanishi, ularni zamon ruxi talabi bilan uygunlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan umum jaxon ma’naviy ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo’lib qo’shilmokda. Jismoniy tarbiya ilmiy nazariyasining qator asosiy masalalari bizning mamlakatlarimizda ham buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan, (jumladan Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Amir Temur (1360-1436) va ularning izdoshlarini aytish mumkin. Shunga qaramasdan, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining umumlashtirilgan masalalari birinchi marta 1930 yillarda kengaytirilgan monografiya shaklida chop etildi va oliy Download 315.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling