1-mavzu. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja
jismoniy madaniyat ta’limotida o’quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi
Download 315.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza 1
jismoniy madaniyat ta’limotida o’quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi.
Maxsus shakllangan predmetlar o’rtasida jismoniy madaniyat bilan bevosita bog’langan predmet bu jismoniy tarbiya nazariyasidir. Lekin u butun jismoniy madaniyat nazariyasini aks ettirolmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklidagina namoyon bo’lmaydi. Jismoniy madaniyat soxasidagi ilmiy bilimlarni umumlashtiruvchi boshqa rivojlangan predmet bu sport nazariyasidir. Bu fanni tez rivojlanishiga, Ayniqsa oxirgi un yilliklar ichida, olimpiya o’yinlarida va umuman xalqaro sport harakatidagi ko’rsatilgan yuqori sport natijalari sabab bo’ladi. Shuni ta’kidlash shartki, xalqaro miqyosdagi musobaqalar mustaqil O’zbekistonimizni dunyoga tanitdi. Yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy еtuk inson qilib tarbiyalash buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatimizning asosiy vazifasidir. Chunki, jismoniy bakuvvat, ma’naviy еtuk komil insonlargina jamiyat taraqqiyotini belgilab beroladi. Shu sababli olimpiyada, jaxon chimpionatlarini aniqlash va maksimal darajadagi rivojlanishning yangi usullarini kidirib topishda, ko’pgina tadqiqotchilarni jalb etishning o’ziga xos tabbiy laboratoriyasiga aylandi va tabiyki sport haqidagi ilmiy bilimlarni tez to’planishida o’z aksini topdi. Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, sport soxasidagi mutaxasislarni bo’lajak kasbiga tayyorlashning еtukchi predmeti sifatida shakllangan. Shu bilan birga, jismoniy madaniyat soxasidan, jismoniy tarbiya va sport ta’lluqli bo’lmagan an’anaviy qator muhim tarkibiy qismlari keyingi yillargacha keng qo’lamda ilmiy tadqiqot ishlari o’tkazilishida chetda qoldi. Bunda birinchi navbatda, aholining bo’sh vaqti, dam olish tartibi va madaniy fvoliyatini kamrab olayotgan jismoniy madaniyat shakllari – kundalik turmushda kishilarni jismoniy madaniyatga jalb etishning mustaqil shakllari haqida, ishlab chiqarish jismoniy madaniyati haqida, sog’lomlashtirish- organizmni tiklash va boshqa ko’pgina shakllar haqida fikr yuritiladi. Ommaviy jismoniy madaniyat amliyotining ushbu tarkibiy qismlari ko’p qirrali ilmiy tadqiqotlar olib borilishini talab etadi. Bu esa jismoniy madaniyat nazariyasi fanini faqat sportchilarga ta’lim tarbiya jarayonini nazariy metodik amaliy ta’minlovchi fan emas, balki komil insonni shakllanishini, rivojlanishini 2 Abdumalikov. R. Eshnazarov. J. Jismoniy madaniyat va sport tarixi. O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 1993. ta’minlovchi keng sohalarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki, har qanday ilmiy bilimlar tizimini rivojlanishida har doim ikki yo’nalish o’zaro bog’liqlikda bo’ladi: -tabaqalashgan (ayrim shaxsiy ob’ektga va yo’nalishga tegishli bilimlarni ixtisoslashuvi va bo’linishi) va integratsiya (ko’pgina shaxsiy bilimlarni bir butunlikka birlashtiruvchi umumiy bilimlarni shakllantirish). Jismoniy madaniyat va u bilan bog’liq xodisalarni (narsalarni) o’rganuvchi ilmiy fanlarni shakllanishi ko’pgina davrlarda, asosan tabaqlashtirilayotgan yo’li bilan amalga oshiriladi. Natijada jismoniy madaniyatni va unga chegaradosh xodisalarni oshirish tomonlarini aks ettiruvchi ko’pgina ayrim predmetlar paydo bo’ldi. Ularni ayrimlari jismoniy madaniyat va sport amaliyotining aniq bo’limlaridan kelib chikkan va o’z tarkibiga, kasbga ta’lluqli amaliy bilimlarni kiritadi (gimnastika, o’yin, yakkama – yakka ko’rash, еngil atletika, So’zish va x.k.) ayrimlari esa, jismoniy madaniyat soxasida yaritilmagan, bilimlar doirasida paydo bo’lmagan, Lekin o’zlarining tarmoklari bilan unga ham tegishli tabiy va boshqa fanlar yoki ilmiy – amaliy predmetlar (anatomiya, fiziologiya, bioximiya, gigiena, bioMexAniqa, psihologiya va x.k) ixtisoslashgansoxa shaklida namoyon bo’ladi. bir paytni o’zida umumlashtiruvchi predmetlar ham shakllana bordi. Masalan XX nchi yillardayoq jismoniy madaniyat institutlarining o’quv planiga «jismoniy madaniyat nazariyasi nazariyasi va umumiy uslbuiyati» majmuiy predmeti kiritlgan edi. Lekin dastlabki aniq ma’lumotlarni to’liq emasligi va ayrim boshqa sabablar uni yaxlit ilmiy predmet sifatida shakllanishiga halaqit berdi. Keyingi un yilliklarda, har xil fan sohalarida ma’lumotlarni tez sur’atlar bilan ortib borishiga bog’liq holda ilmiy bilimlarning integratsiyalashish tendlensiyasi ortdi. Gap shundaki, inson faoliyatining u yoki bu tomonlarining aks ettiruvchi tarqoq ayrim ilmiy ma’lumotlarni to’planishi, o’z – o’zidan ishning mohiyatini yaxlit holda tushinishga vakolat bera olmaydi va amaliyotmini ilmiy jixatdan еtarli darajada ta’minlash uchun asos bo’la olmaydi. Bundan tashqari, umumiy nazariyani mantiki bilan tartiblashtirilmagan ayrim ma’lumotlarni ko’pligi butunlikni to’g’ri tushunishga halakit berishi mumkin. Aynan shuning uchun ham hozirgi zamon fanida «ma’lumotga botish» xafi ta’sirida sintezli yondoshishni (masalan, integrativ - tizimli) qo’llashga va ko’pgina ayrim ma’lmuotlarni integrativlashtirishga, ularni bir yaxlit kondepsiyaga birlashtirishga muayyan dunyoning ob’ektlarini butunligini aks ettiruvchi umumiy nazariyani ishlab chiqishga bo’lgan e’tibor keskin tezlashadi. Download 315.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling