1-mavzu: Jorj Bizе ijоdi. Edvard Grig ijodi. Rеja: Mavzu: E. Grig ijodi. Maqsad


Download 73.5 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1551708
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSIQA TARIXI 201 musiqa

12-seminar mashg`uloti
Mavzu:E.Grig ijodi.
Maqsad:Mavzu bo‘yicha yangi ma’lumot berish.
Mashg`ulоt turi: seminar
Mashg`ulоt mеtоdi: «axborot, vizual, aqliy hujum»
Mashg`ulоt jihоzi: majmua, fortepiano


Edvard Grig ijodi.
Edvard Grig XIX-asrda yashab ijod qilgan buyuk norvegiyalik kompozitor, Norvegiya musiqasining klassigidir. U o’z ijodiy yutuqlari bilan Norvegiya musiqa madanyatini boshqa Yevropa mamlakatlarining ilg’or musiqa madaniyatlari bilan bir qatorga qo’ydi. Grig ijodining mazmuni Norvegiya xalqining hayoti, turmushining turli tomonlari va qadrdon ona tabiatining obrazlari bilan uzviy bog’liq. Kompozitor asarlarida samimiyat bilan butun jahonga o’z xalqining turmushi, o’ylari, quvonchi va qayg’usi haqida so’zlab berdi.
Grig ijodi Norvegiya milliy musiqasi bilan chambarchas bog’liq. Xalq musiqasining o’ziga xos xususiyatlari Grigning yorqin, o’ziga xos uslubini belgiladi. «Men Norvegiya ruhining bitmas-tuganmas sarchashmasi bo’lgan xalq kuylaridan juda ko’p narsa o’rgandim va bu xazinadan milliy san’at yaratishga harakat qildim»,-degan edi kompozitor. Bu san’atni yaratgan Grig Norvegiya klassik musiqasining asoschisi, uning asarlari esa jahon musiqa madaniyatining durdonalariga aylandi.
Grig ijodi juda katta va serqirradir. U turli xil janrlarda asarlar yozgan. Fortepiano kontserti va Ballada, skripka va fortepiano uchun uchta sonata, violonchel va fortepiano uchun sonata, kvartet kabi asarlar kompozitorning yirik shaklli asarlar yaratishga qiziqqanligini ko’rsatadi. Shu bilan birga Grig kichik shaklli asarlar - cholg’u miniatyuralari yaratishga ham alohida e’tibor bergan. «She’riy manzaralar», «Albomdan varaqlar», «Lirik pesalar» nomli turkumlari bunga misoldir. Bu fortepiano miniatyuralari bilan bir qatorda yaratilgan vokal miniatyuralari - qo’shiq va romanslar soni 125 ta. Grigning simfonik orkestr uchun yozgan «Per Gyunt» va «Xolberg davridan» nomli syuitalari kompozitorning shoh asarlari hisoblanadi. Xalq qo’shiq va raqslarini qayta ishlab ular asosida pesalar yaratish – Grig ijodining muhim tomonlaridan biridir. «Norvegiya raqslari» va «Simfonik pesalar» nomli pesalar to’plami bunday ijodning namunasidir.
Grig asarlarining mavzusi ham xilma-xildir. Xalq hayoti manzaralari va ona tabiat manzaralari, xalq fontastika obrazlari, inson va uning boy ichki dunyosi kompozitor ijodining doimiy mavzularidir. Grig asarlari qaysi mavzuda yozilganligidan qat’iy nazar chuqur lirik ruh bilan sug’orilgan. Grig asarlarida musiqiy obrazlar aniq ifodalangan. Shuning uchun asarlardagi programmalilik xususiyatining ahamiyati katta. Norvegiya qo’shiq va raqslari Grig ijodiga asos bo’lgan. Ularning lad, intonacion va ritmik xususiyatlari kompozitor asarlarida tadbiq qilingan.



Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling