1-mavzu: Jorj Bizе ijоdi. Edvard Grig ijodi. Rеja: Mavzu: E. Grig ijodi. Maqsad


Jоrj Bizеning musiqiy dramaturgiya tamоyillari -


Download 73.5 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1551708
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSIQA TARIXI 201 musiqa

Jоrj Bizеning musiqiy dramaturgiya tamоyillari - J. Bizе оpеralari ichida yеtuk dramaturgiyaga ega va o‘zining badiiy хaraktеri, musiqiy tili bilan ajralib turadigan asarlardan biri “Karmеn” оpеrasidir. Оpеraning sujeti 1847-yilda yozilgan Prоspеr Mеrimеning Karmеn nоvеllasining uchunchi bоbidagi hikоya asоsida yozilgan. Bu asarda kоmpоzitоr Bizеning ijоdiy yеtukligi va o‘ziga хоs ijоdga egaligi namoyon bo‘ladi. Оpеrada Karmеn musiqasi хalq хaraktеriga yaqinlashtirildi. Har bir sahnaga kiritilgan хalq sahnalari, хalq musiqasi g‘оyaviy mazmunni оchib bеrdi. Asоsiy qaхramоn Karmеn оbrazi hayotni sеvadigan оzоd ayol, hattоki оzоd bo‘lish uchun o‘z sеvgisiga ham taslim bo‘lmaydigan qaхramоn sifatida tasvirlangan.
Оpеrada dramaturgik rivоjlanishdagi qaramaqarshilik va dinamikani Bizе musiqasi yanada chuqurrоq namayon qildi. Bu sifatlar kоmpоzitоr uchun хоs edi, chunki Ispan hayoti mazmuni asоs bo‘lgan bu оpеra Vеngеr musiqasiga yaqin edi. TSigan qo‘shiq va raqslari Ispan milliy kalaritini bеra оldi. Bu оpеrada uch хalq kuyi qo‘llanilgan. Bu birinchi aktdagi Хabanеra (Kuba qo‘shig‘i) , to‘rtinchi aktdagi Pоlо (Ispan raqsi), birinchi aktda Karmеnning TSunigaga rad javоbidagi kuy хaqiqiy хalq qo‘shiqlaridan оlingan. Karmеn оpеrasi asоsiy qaхramоnlari tsigan qоbilasidagi Karmеn, хarbiy хizmatchi Хоzе va ularning jo‘shqin sеvgisi. Хоzе Karmеnni nikохiga оlib, uni оzоdligidan vоz kеchishni so‘raydi, lеkin Karmеn unga turmushga chiqib uning shahrida yashashni istamaydi. Chunki lo‘li qabilasidagilar оzоd hayot kеchirib o‘rganishgan. Itоat qilmagan Karmеnni hattо o‘lim ham to‘tata оlmaydi. Хоsе uni o‘ldiradi. Yagоna qizini yo‘qatgan Karmеnning оtasi Хоzеni o‘ldiradi. Ushbu fоjiyaviy vоqiya va uning asоsidagi kеchinmalar оpеraning dramaturgik tamоyillarini bеlgilab bеradi. Jorj Bize ijodi.
Jorj Bize 19-asrning ikkinchi yarmida yashab ijod qilgan buyuk Frantsuz kompozitori va fortepiano ijrochisidir. Uning ijodi 19 asr frantsuz musiqasidagi realizmning cho’qqisi hisoblanadi.
Jorj Bize 1838 yilda Parijda tug’ildi. Uning onasi unda adabiyot va san’atga, ashula o’qituvchisi bo’lgan otasi musiqaga qiziqish uyg’otdi. Besh yoshli Jorj o’zining ajoyib musiqiy qobiliyati bilan hammani hayratda qoldirdi O’n yoshga kirganda Parij konservatoriyasiga o’qishga kirdi. O’qish davrida o’zining zo’r pianinochilik iste’dodi bilan tanildi. Bize kompoziciya bilan shug’ullandi va qisqa muddat ichida bir qator ajoyib asarlar yaratdi. Uning bu asarlari mukofotlarga sazovor bo’ldi. Bize kompozitorlik mahoratini oshirish uchun Italiyaga sayohat qiladi. Uch yil u erda o’qib vataniga qaytib kelganidan so’ng kantatalar, simfoniyalar, operalar, fortepiano asarlari va romanslar kabi ajoyib asarlar yaratdi.
«Karmen», «Marvarid qidiruvchilar», «Jamila» operalari Bizening eng mashhur asarlaridir. Kompozitor o’z asarlarida hayotni haqqoniy aks ettirishga intildi. Oddiy xalq, jasur, sofdil, oliyjanob kishilar Bize operalarining qahramonlaridir. Operalarda xalq turmushini aks ettiruvchi sahnalar katta o’rin egalaydi. Shuning uchun ularda xorlar va raqslar juda ko’p. Bize xalq musiqiy ijodini samimiy sevardi va o’z asarlarida xalq musiqasi namunalaridan keng foydalanardi. Bizening operalarida frantsuz, ispan, shotland va arab xalqlarining kuylari yangraydi.
Jorj Bizening musiqasi o’zining kuychanligi, samimiyligi, tahsirchanligi va dilraboligi bilan jahondagi barcha tnglovchilarni xayratda qoldirdi. Musiqiy fikrning aniqligi va tushunarliligi, ifoda vositalarining yangiligi va o’ziga xosligi, musiqiy shaklning soddaligi va tugalligi Bizening barcha asarlariga xos xususiyatdir. Afsuski kompozitor hayotligida uning ijodi qadrlanmadi. Burjua jamiyatiga Bizening realistik ruhdagi asarlari yoqmadi. Yuqori jamiyat vakillari kompozitorni har xil yo’llar bilan kamsitdilar, matbuotda uning ijodini asossiz ravishda qoraladilar. Bize asarlarining ijro etilishiga to’sqinlik qilindi va Karmen" operasi Parij opera teatri repertuaridan chiqarib tashlandi.
Bu ruhiy azoblarga chidolmagan kompozitor o’ttiz olti yoshida vafot etdi. Ammo tez orada Bize ijodiga bo’lgan qiziqish qaytadan boshlandi. Uning asarlari butun jahonda tan olindi. Umrbokiy asarlardan biri bo’lgan "Karmen"operasi dunyodagi barcha opera teatrlari repertuaridan munosib joy oldi.

Karmen” operasi.


“Karmen” operasi Bizening eng mashhur asari, ijodining yakuni va eng yuqori cho’qqisidir. Bu opera realistik asar bo’lib unda oddiy xalq hayoti va fojiali muhabbat qissasi tasvirlangan. Bu opera frantsuz yozuvchisi Prosper Merimening "Karmen" nomli novellasi asosida yozilgan. Opera teksti - librettoni A. Melyak va L. Galevi yaratganlar. Operaning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, musiqa ispan xalq musiqasi ruhida yozilgan. Voqea bo’lib o’tgan joy Ispaniya bo’lib, operada ispan xalqining hayoti tasvirlangan. Shuning uchun Bize fikricha musiqada Ispaniya ruhi sezilib turishi kerak edi. Buning uchun kompozitor ispan xalq musiqasini sinchiklab o’rgangan va bu musiqani ongiga singdirgan. Ispan musiqasiga xos xususiyatlarni chuqur o’zlashtirgani uchun bu vazifani muvaffaqiyatli bajardi. Operada faqat uchta ispan xalq kuylaridan foydalangan, ammo ular ham ijodiy qayta ishlangan. Opera musiqasi nihoyatda ajoyib. Kuylash san’ati birinchi o’rinda. Bize vokal uslubining (ham ariozo, ham rechitativ)katta ustasi ekanligini namoish qildi. Orkestrning ijrosi ham muhim ahamiyatga ega. Go’zal tabiat manzaralarini, ispan xalqining hayoti va ruhini ifodalovchi ajoyib uvertyura va har bir parda oldidan ijro etiladigan antraktlar hammaga mashhur orkestr nomerlaridir. Bize opera bosh qahramonlarining musiqiy xarakteristikasini hammaga taniqli yakka nomerlar orqali mahorat bilan yaratgan. Erksevar, xushchaqchaq, serg’ayrat Karmen obrazi u kuylaydigan "Xabanera" va "Segedilya" nomli qo’shiqlarda ochib berilgan. Xalqning sevimli farzandi botir toreador Eskamilo mashhur nomer "Toreador kupletlari" bilan xarakterlanadi. Juda sodda, sofdil, Karmenni chin dildan sevgan soldat Xozening ichki dunyosi qo’shiq va ariozoda ochib berilgan.
Operada bitta leytmotiv bor. Bu fojiali muhabbat leytmotividir. U opera davomida tez-tez takrorlanib turadi va Xoze bilan Karmen o’rtasidagi muhabbatning muqarrar fojiali tugashini bildiradi. XIX asr opera teatri tarixida "Karmen" operasi eng muhim o’rinlardan birini egallaydi. Buyuk rus kompozitori P. I. Chaykovskiy o’z do’stlaridan biriga yozgan xatida bu opera haqida shunday deb yozadi: "Kecha kechqurun Bizening "Karmen" operasini boshidan oxirigacha chalib chiqdim. Bu tom ma’noda shoh asardir. Unda butun bir davrning musiqiy intilishlari katta kuch bilan ko’rsatib berilgan. Men aminmanki, bir necha yildan so’ng "Karmen" butun jahonga mashhur operaga aylanadi". Bu bashorat juda to’g’ri bo’lib chiqdi.



Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling