1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari
Download 414.66 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Elektron qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik kartografiya
- Kartalarni loyihalash, tuzish va tahrir qilish
- Tadqiqotning kartografik usuli
- Kartografik menejment
- Geoinformasion kartografiya
- Anaglifik kartalar(anagliflar)
- Mikrofishlardagi kartalar
- Raqamli kartalar
- Geografik kartaning elementlari
1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari Kartografiya – tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning joylashishini va ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqlikni hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o„tishi bilan o„zgarishini, maxsus tasvir – obrazli belgi – modellar vositasida matematik yo„l bilan tekislikda kichraytirib, generalizasiya qilib tasvirlashni va undan tadqiqot usuli sifatida foydalanishni o„rgatuvchi fandir. Kartografiya qadimiy fanlardan biri bo„lib, u to„g„risidagi dastlabki ta‟rif miloddan oldin II asr ilgari yashagan ulug„ olim Ptolomey tomonidan berilgan desa bo„ladi. U “geografiya fanining vazifasi Er yuzasini kartografik jihatdan tasvirlashdan iboratdir” - degan edi. Vaqt o„tishi bilan kartografiya fanining ta‟rifi ham o„zgarib, takomillasha bordi va yaqin vaqtlargacha kartografiya – geografik kartalar to„g„risidagi fan, uning asosiy vazifasi geografik kartalarni tuzish va undan foydalanish yo„llarini o„rgatishdan iborat deb kelingan. «Karta» atamasi o„rta asrlardan buyon qo„llanib kelinmoqda. Bu atama lotincha “chares” so„zidan olingan bo„lib, papirus qog‘oz varag‘i degan tushunchani bildiradi. Hozirgi vaqtda “karta” atamasi dunyoning turli davlatlari tillarida ishlatiladi. Masalan, fransuzcha carte, nemischa karte, italyancha va portugalcha – carta, gollandcha kaart va h. k. lar. SHu bilan birga bir qancha mamlakatlarda bu atama o„rniga boshqa atama, ya‟ni “mappa” so„zi ishlatiladi, inglizlar–map deb ataydilar. Bu so„z polotnoning bir bo„lagi degan ma‟noni bildiradi. Ba‟zi mamlakatlarda ikkala atama ham qo„llaniladi. Masalan, inglizlar “chart” so„zini dengiz va aeronavigasiya kartalarida ishlatsalar, ispanlar “carta” atamasini dengiz kartalarida qo„llaydilar. Ba‟zi manbalarda karta – Er yuzasining tekislikdagi kichraytirilgan tasviri deb ham yuritiladi Haqiqatan ham geografik kartalar matematik yo„l bilan hisoblash natijasida Er ellipsoidining tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi natijasida vujudga keladi.
YUqorida aytilganidek, kartalarda voqea va hodisalar maxsus belgi-modellar yordamida tasvirlanadi. Tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning miqdorini, sifatini, joylashgan o„rnini va boshqa xususiyatlarini kartaga qarab bilish mumkin. Lekin kartaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga ko„ra tasvirlanayotgan tafsilotlar saralanib, umumlashtirilib, ya‟ni generalizasiya qilingan holda tasvirlanadi. Kartografik tasvir geografik kartaning asosiy qismi bo„lib, tasvirlanayotgan hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini, voqea va hodisalarning geografik joylashish xususiyatlarini, ularning o„zaro bog„liqligi va hatto o„zgarishini bashorat qilish imkoniyatiga ham egadir. Karta okean va dengizda suzishda, havoda uchishda, er usti va osti xarakatlarida, turistik sayohatlarda va harbiy sohada asosiy yo„l ko„rsatkich bo„lib xizmat qiladi. Karta xalq xo„jaligini rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilishlarni loyihalashda, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini to„g„ri taqsimlashda va hududlarni har taraflama rivojlantirishda foydalaniladigan asosiy manbalardan biridir. Nihoyat, geografik karta maktabda o„quvchilarga geografiya, tarix va boshqa fanlarini o„rganishda asosiy ko„rgazmali bilim manbaidir. Kartografiya fani ko„pgina fanlar bilan, chunonchi geografiya, geodeziya, topografiya, matematika, geoinformatika, statistika fanlari bilan uzviy bog„langandir. Kartografiya, o„z navbatida, bir necha mustaqil qismlarga: kartashunoslik, kartometriya, matematik kartografiya, kartalarni tuzish va tahrir qilish hamda jihozlash, kartalarni nashr qilish, ulardan foydalanish, kartografik menejment, geoinformasion kartografiya va boshqalarga bo„linadi. Kartashunoslik kartografiya fanining nazariy tomoni va uning bosib o„tgan tarixiy taraqqiyot yo„li, kartalar va boshqa kartografik tasvirlarning tiplarini va xillarini, kartadan foydalanish usullarini, har xil kartografik asarlarni tahlil qilish to„g„risida bahs yuritadi. Matematik kartografiya geografik kartalar tuzishda qo„llaniladigan kartografik proeksiyalarni, ya‟ni Er ellipsoidini tekis yuzada tasvirlash usullarini o„rgatadi.
relefni o„rganish natijasida miqdor ko„rsatkichlar asosida sifat ko„rsatkichlarni ko„rsatib berish yo„llarini o„rgatadi.
qismlaridan biri bo„lib, kartaning dastlabki nusxasini (originalini) tuzish va uni tahrir qilish usullarini tushuntiradi.
qilish hamda uni yig„ib, kerak bo„lsa muqovalash ishlarini o„rgatadi. Tadqiqotning kartografik usuli o„ziga xos soha bo„lib, kartada tasvirlangan voqea-hodisalarni tadqiq qilish uchun kartadan foydalanish masalalarini o„rganish, ya‟ni kartadan tadqiqot manbai sifatida foydalanish masalalari bilan shug„ullanadi.
kartografik korxonalarni tashkil qilish, karta ishlab chiqarishni rejalashtirish va tayyor mahsulotni egalariga etkazib berish va sarf-xarajatlarni, hisob-kitob ishlarini amalga oshirishning yangi usullarini qidirib topish yo„llarini o„rganadi. Geoinformasion kartografiya kartografiyadagi yangi tarmoq bo„lib, kartadan informasiya manbai sifatida foydalanish yo„llarini o„rgatadi. Kartografiyadan juda ko„p fanlarni o„rganishda foydalanilib, ba‟zi bir sohalar uchun maxsus kartografiya tarmoqlari yaratilgan. Masalan, geologik kartografiya, geomorfologik kartografiya, geobotanik kartografiya, tuproqlar kartografiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, geoekologik kartografiya, demografik kartografiya va hokazolar. So„nggi yillarda kosmosdan olingan suratlar asosida yangi mavzuli mukammal va aniq kartalar yaratilib, eskirgan kartalar yangilanmoqda, natijada
Hozirgi vaqtda karta tuzishda va uni nashr qilish jarayonida kompyuterdan keng foydalanilmoqda, natijada karta tuzish va nashr qilish tezlashib, sifati yaxshilanmoqda. Keyingi paytlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq – Er tasvirining umumiy nazariyasini va undan ilmiy amaliyotda foydalanishni o„rganuvchi Geoikonika fani tez sur‟atlar bilan rivojlanmoqda. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, televidenieda, gazeta va jurnallarda kartadan keng foydalanilmoqda, bu esa ko„rsatuvlarning mazmuni, sifati va ko„rgazmaliligini oshishiga sabab bo„lmoqda. Natijada televezion
Kartografiya fanining rivojlanishida Eratosfen, Ptolomey qatori O„rta Osiyolik buyuk allomalar Muhammad Muso Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniylarning xizmatlari nihoyatda kattadir. Dunyo kartografiya fanining shakllanishiga G„arbiy Evropa olimlari Merkator, Sanson, Snelluslar va rus olimlari F. N. Krasovskiy, A. Izotov, L. M. Preobrajenskiy, Saliщev K. A. Berlyant A. M.lar ham katta hissa qo„shganlar.
jismlarning modelidir. Globuslar masshtab, meridian va parallellar tizimi, ma‟lum bir shartli belgilardan iboratdir. Kartalarda mavjud proeksiyalardagi xatoliklar, masshtablarning o„zgarishi, kontur va yo„nalishlarnig to„la o„xshamasligi globuslarda bo„lmaydi. Kartalarga o„xshab, globuslar ham ob‟ektlar bo„yicha(er, planetalar, samoviy jismlar), mavzular bo„yicha (umumgeografik, geologik, siyosiy va b.) hamda o„lchamlari bo„yicha (katta xonalar uchun, stol usti, kichik va ixcham(miniatura)li), qo„llanilish bo„yicha(o„quv, navigatsiya va b.) bo„linadi. Zamonaviy globuslar plastik materiallar va mexanizmlardan tayyorlanib, ichi yoritiladigan, planetalarni aylanishini modellashtirilgan holda
ishlab chiqarilmoqda. Er globuslarining asosiy masshtablari 1:30 mlndan 1:80 mln gacha. Ba‟zida yig„iladigan globuslar ishlab chiqilmoqda, ularning yordamida erning ichki tuzilmasini ham o„rganish mumkin. Atlaslar– yagona san‟at asari sifatida, maxsus dastur asosida kartalarning tizimli to„plamidir. Atlaslarda kartalar mavzulari bo„yicha bir biriga bog„langan holda, bir birini to„ldira oladigan maxsus mazmun va tahlil qilishga moil holda tuziladi. Atlaslar xududlar qamrovi, qo„llanilishi, o„lchamlari va boshqa ko„rinishiga qarab tasniflanadi. Ular kitob va albomlar shaklida, umumiy tikilgan yoki alohida varaqlardan iborat holda, karabka va papkalarga solingan holda nashr qilinadi. Kartalardan tashqari atlasda ma‟lumotlar matni, statistik materiallar, grafiklar va suratlardan tashkil topadi. Relefli kartalar – joyning ucho„lchamli xajmli tasvirini beruvchi kartalardir. Kartalarning ko„rinishi va vertikal masshtab gorizonatal masshtabga nisbatan 2–5 marta tog„li xududlar uchun, past–tekisliklar uchun esa 5–10 marotaba katta qabul qilinadi. Hamma tafsilotlar ushbu kartalarda shartli belgilar bilan ifodalanadi. Relefli kartalar dastlab yog„ochlardan, gipsdan, karton qog„ozlardan tayyorlanar edi, hozir esa plastiklarni termovakuumlarda ishlov berish orqali tayyorlanmoqda. Relefli kartalar o„quv maqsadlari uchun, amaliy masalalarni echishda, jumladan yo„llar, suv omborlari va boshqalarni loyihalashda foydalanilmoqda. Blok–diagrammalar – ucho„lchamli tekis kartografik suratlar bo„lib, er yuzasi qismini vertikal va gorizontal kesimli holatdagi tasviridir. Blok–diagramma mavzulari xar xi bo„lib, ular: geologik va geomorfologiklar erning tuzilishi va tarkibini, tuproq blok–diagrammasi joy relefi va tuproq profilini, okeanlar blok– diagrammasi suv massalarini tarqalishini, oqimlar, suvning chuchukligi xolatlarini ko„rsatadi. Anaglifik kartalar(anagliflar) – biri birini to„ldiruvchi ikki rang (masalan, yashil va qizil) larni parallaktik surilish oqibatida, ikki tasvir stereojuftlik hosil qiladi. Maxsus qizil va yashil oynakli filtrli–ko„zoynak orqali tasvirlar kuzatilganda oq–qorali xajmli stereo tasvir hosil bo„ladi. Kompyuter grafikalar uslubida ekran displeyida anagliflar paydo bo„ladi. Ushbu kartalar o„quv qo„llanmasi sifatida relef modelini tasvirlaydi. Fotokartalar –fototasvirlar bilan birlashtirilgan kartalar. Ular joylarning ba‟zi elementlarini(koordinatalr to„ri, gorizontallar, yozuvlar va b.), ba‟zida mavzular tarkibini(geologik tuzilmalar, landshaftlar va b.) kartografik tasvirini fotoplanlarga tushirilgan xolatini poligrafik yo„l bilan tayyorlanadi. Fotokartalar proeksiyalari va o„lchamlari, asosi va aniqligi oddiy kartalar singari bo„ladi. SHunday qilib, fotokartalar joyni orientatsiya qilishda, ilmiy izlanishlarda, injenerlik va loyiha izlanish ishlarini olib borishda eng qulay, aniq xujjat hisoblanadi. Ba‟zida ortofotokartalar atamasi ham ishlatiladi. Bu fototasvirlarni ortogonal proeksiyalardagi mahsulidir. Agar fotoasos bo„lib kosmik suratlar xizmat qilishsa, unda bunday kartalarni kosmofotokartalar deb yuritiladi. Umumgeografik, geologik, tektonik, landshaftlar, shuningdek Oy va boshqa sayyoralar yuzasi tasvirlangan fotokartalar va kosmofotokartalar keng tarqalgan. Trasparant kartalar–shaffof plenkalar va ekranga proektlash uchun tushurilgan kartalar. Odatda kompleks(yoki seriyalarda) shaffof plaenkalarga xar xil, ammo mavzular mazmuni bir biriga bog„liq holda tayyorlanadi. Ularni namoyish etishda bir nechasini bir vaqtning o„zida ko„rsatish mumkin. Transparat kartalar ma‟ruzalarga va ilmiy seminarda yoki ko„rgazmali o„quv qo„llanma sifatida foydalaniladi. Mikrofishlardagi kartalar–karta va atlaslardan foto va kinotasmalariga tushirilgan mo„„jas nusxalar. Juda katta xajmdagi kartografik axborotlarni mikrofilmlarda saqlashga, zarur kartalarni tez topishga va chop etishga mo„ljallangan. Mikrofishlar kartografik asarlar asl nusxalarini saqlashga(bu eski va noyob kartalar uchun juda
zarur), kartasaqlash o„lchamlarini va
baholalarini(masalan, kartografik ishlab chiqarishda yoki resurs markazlarida) juda kamaytirish imkoniyatlarini beradi. Jumladan bu ma‟lumotlarni kompyuterga kiritilishi kartalarni avtomatik ravishda tuzish va tahlil qilishda qo„l keladi.
–ob‟ektlarni raqamli modeli bo„lib, fazoviy koordinatalarning kodlashtirilgan raqamli shakli
ko„rinishidir. Raqamli ma‟lumotlar(raqamli modellar) topografik yoki mavzuli kartalarning mazmunini raqamlash yo„li bilan yoki sterefotogrammetrik modellarni bevosita o„lchash orqali aniqlanadi. Raqamli kartalar mashinali tarqatuvchilarda mavjud bo„lib, mohiyati bo„yicha bu faqat kartalashtirlayotgan ob‟ektlar va ular orasidagi munosabatlarni
mantiqiy matematik tavsifi (ma‟nosi) bo„lib, koordinatalar, proeksiyalar, shartli belgilar tizimlarini aniqligiga qo„yilgan talablar va generalizatsiya qoidalarini oddiy kartalarni shakllantirishga qaratilgan. Oddiy kartalar singari ular masshtab, mavzu, egallagan xududlari bo„yicha farqlanadi. Raqamli kartalarning asosiy vazifasi kartalarning asosini ma‟lumotlar bazasini tashkil etish va ularni avtomatik ravishda tuzish, tahlil qilish, shakllantirishdan iboratdir. Elektron kartalar–raqamli kartalar, kompyuter muxitida dasturiy va texnik vosita, proeksiya, shartli belgilarni qo„llagan holda, kartalarni jihozlash. Sobiq Ittifoq davrida kartografiya bo„yicha yirik kartografik asarlar yaratildi. Masalan, BSAM (Dunyoning katta sovet atlasi), FGAM (Dunyoning tabiiy geografik atlasi), Dunyo atlasi va sobiq respublikalarning kompleks atlaslari. SHu jumladan, O„zbekistonning ham 2 jildlik ilmiy ma‟lumotnomali atlasi, Toshkent atlasi hamda O„zbekistonning o„quv atlasi yaratildi. Mustaqillikdan so„ng mamlakatimizda boshqa sohalar qatori kartografiya ham o„z rivojini topmoqda. O„tgan vaqt ichida respublikaning 1:1 000 000 masshtabli Ekologik kartasi, Iqtisodiy kartasi, Tabiatni muhofaza qilish kartasi va bir qancha o„quv kartalari chop etildi. 1999-yilda respublikamiz Prezidentining farmoyishi bilan O„zbekiston geografik atlasi yaratildi. Unda respublikamizda ro„y berayotgan katta iqtisodiy o„zgarishlar o„z ifodasini topgan. 2000–2005-yillarda maktab sinflari uchun O„zbekistonning va xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy o„quv geografik atlaslari yaratildi.
Geografik karta tuzish va undan to„la foydalanish uchun uning xususiyatlarini bilish zarur. SHuning uchun ham karta tuzishda va undan foydalanishda tahliliy yo„ldan foydalaniladi. Kartaning har bir elementi alohida o„rganilishi, bu elementlarning vazifasi, ahamiyati va ular orasidagi o„zaro bog„liqlikni bilish kerak. Kartografik tasvir geografik kartaning negizidir, unda tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy voqea va hodisalar to„g„risida etarli darajada ma‟lumot berilib, ularning tarqalishi, holati, o„zaro aloqasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Bu ma‟lumotlar geografik kartaning asosini tashkil qiladi.
1-rasm. Umumgeografik karta elementlari.
Kartaning mazmuni bir qancha geografik elementlardan tashkil topadi. Masalan, umumgeografik kartaning mazmunini quyidagi elementlar tashkil qiladi: suv ob‟ektlari, er yuzasining relefi, o„simliklar qoplami va tuproq, aholi yashaydigan joylar, aloqa yo„llari va aloqa vositalari, sanoat, qishloq xo„jaligi, madaniy ob‟ektlar va ma‟muriy chegaralar. Geografik elementlar (1-rasm) hamma kartalarda bir xilda mukammal tasvirlanmaydi. Masalan, biron mavzuga bag„ishlangan kartada uning mazmuniga mos hududdagi georgafik elementlar tanlanadi. Misol uchun tuproqlar kartasida aloqa yo„llari va aholi vositalari, relef kartalarida aloqa yo„llari va aholi yashaydigan joylarning hammasi tasvirlanishi shart emas. Lekin kartaning mazmuni va maqsadiga, tasvirlanayotgan elementlarning ahamiyatiga qarab ba‟zi bir geografik elementlar hamma mavzuli kartalarda bo„lishi shart. Masalan, O„rta Osiyoga tegishli mavzuli kartalarda suv (gidrografik) ob‟ektlarning ahamiyati katta bo„lgani uchun imkoni boricha to„laroq ko„rsatiladi. CHunki suv ob‟ektlari
(gidrografiya) mavzuli kartalarning boshqa elementlarini bir-biriga bog„lovchi zarur elementdir.
Kartaning geometrik jihatdan aniq va tasvirlarning to„g„ri bo„lishi kartaning matematik asosiga bog„liq. Matematik asos, o„z navbatida, bir qancha elementlardan tashkil topgan. Masalan, proeksiya va koordinata turi, masshtab hamda geodezik asos (triangulasiya, poligonometrik va nivelirlash shoxobchalari) va komponovka. Hamma kartalar kartografik proeksiyalar asosida tuziladi va Er ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog„ozga tushirish yo„llarini ko„rsatib beradi. Kartografik to„r (geografik kenglik va geografik uzoqlik) esa geografik elementlarning er yuzasidagi o„rnini tasvirlaydi. Lekin ba‟zi bir kartalarda kartografik to„r berilmasligi ham mumkin. Masalan, geografik atlasdagi faqat siyosiy-ma‟muriy va tabiiy kartalarda ko„rsatilsa bo„ladi. CHunki ba‟zi bir tasvirlangan hududlar maydon jihatdan kichkina bo„lsa-yu, kartografik to„r ko„rsatilsa, kartaning o„quvchanligi qiyinlashadi, yoki kartada
Картанинг математик асоси Геодезик асос Масштаб
Картографик хатолик
Таянч пунктлари Ту зил
иш и бў йи - ча б ўл ин иш и Дав. Геодез. Шохоб. Ц ил ин др ик Картографик хатолик
Узунлик масштаби Сонли
Г ео гр аф ик
ко ор дин ат ал ар К ен гл ик
6 0 зона Тў ғр и цил ин др ик
К ўнда ла нг ци лин др ик
Тў ғр и аз им ут ал
К ўнда ла нг аз им ут ал
Қ ий ш иқ а зим ут ал
Т енг б урч
ак ли
конус ли
пр ое кц ия
И хт иё рий конус
ли пр ое кци я Те нг о ра лиқ ли
пр ое кци я Тў ғр и бу рч ак ли
ко ор дин ат ал ар У зо қл ик
А бси
сс а О рдин ат а Сўзли Чизиқл
и Бош
Хусуси й Х ат ол иг и бў йи - ча б ўл ин иш и Х ат ол ик
ту рл ар и Х ат ол ик
чиз иқ ла ри
Х ат ол ик ку рс ат кич
ла ри
А зим
ут ал
К ону
сл и К ўп ко ну сл и Те нг о ра лиқ
Те нг б ур ча к И хт иё рий У зу нл ик
Ш ак л Б ур ча к М ай до н Э лип с ха то лиг
и
aniqlash ishlari ko„zda tutilmagan bo„lishi mumkin. Ba‟zan kartaning maxfiyligi ham e‟tiborga olinadi. Karta elementlaridan biri – legenda (shartli belgilar sistemasi) bo„lib, karta mazmunini o„qish uchun asosiy qurol bo„lib hisoblanadi. Legenda kartada tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning hammasini o„z ichiga olishi kerak. Kartaning legendasi sodda, aniq, mantiqli hamda qisqa bo„lishi zarur. To„g„ri tuzilgan legenda kartadan to„g„ri va oson foydalanish imkoniyatini tug„diradi. Kartaning nomi, muallif va muharrirlarning familiyalari, nashr qilingan vaqti, qaysi manbalar asosida tuzilganligi, nashriyot nomi va manzili, chop qilingan joy nomi va boshqalar ham kartaning yordamchi elementlariga kiradi (2- rasm).
Kartalardagi ochiq joylardan (ramkaning ichidagi va tashqarisidagi) mukammal foydalanish maqsadida asosiy kartaga qo„shimcha ravishda, qirqim kartalar (vrezka), grafiklar, profillar, diagrammalar, blokdiagrammalar va jadvallar beriladi, bu esa kartani yanada mukammallashtiradi. Bularning hammasi kartaning qo„shimcha elementlarini tashkil qiladi. Download 414.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling