1-Mavzu. Kasbiy pedagogika fanining metodologik asoslari


Keng ma’noda qo’llanishi deganda


Download 41.43 Kb.
bet6/11
Sana05.01.2022
Hajmi41.43 Kb.
#210470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pedogokika

Keng ma’noda qo’llanishi deganda – katta avlod vakillari o’zlari to’plagan xayotiy tajribalarini yosh avlodga qoldirishlarini tushunish mumkin.
Tor ma’noda qo’llanishi deganda – maxsus ta’lim muassasalari orqali shaxsda aniq bilim, dunyoqarash, ichki xissiyotlarini,umuman xayotga tayyorgarligini rivojlantirish tushuniladi. Shu erda savol tug’iladi: qaysi ta’lim muassasasi boshqasiga nisbatan tarbiya taqdiriga ko’proq ta’sir ko’rsatadi? Bola tarbiyasini buzilishiga faqat tarbiya muassasalari va pedagoglar ko’proq sababchimi? Degan savollar insoniyatni doimo qiziqtirib keladi.2 
Ta’lim – maxsus tayyorlangan kishilar raxbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.Ta’lim jarayoni o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, ikki tamonlama xarakterga egadir.O’qituvchining faoliyati tufayli ta’lim puxta o’ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijani beradi. Ta’lim jarayonini mazmunini bilim, ko’nikma va malaka tashkil qiladi. 

Bilim – bu o’quvchilar o’qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bilimni xayotda ko’p unum beradigan qilib qo’llay olish uchun bilim bilan birga ko’nikma va malaka hosil qilish lozim. 

Ko’nikma – mashq qilish natijasida beriladigan xarakatlar yig’indisidir.

Iqtidor va ko’nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi.

Bilim asosida ko’nikma va malaka paydo bo’ladi. Bilim baxsda kerak bo’lsa, ko’nikma mexnatda, dunyoni o’zlashtirishda zarur. 

Ma’lumot – ta’lim –tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. 


Download 41.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling