1-Мавзу. Kichik biznes va tadbirkorlik faniga kirish Reja
Download 17.09 Kb.
|
1-мавзу
1-Мавзу. Kichik biznes va tadbirkorlik faniga kirish Reja: Respublikada oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatda tutgan o`rni O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasidir. Bugungi kunda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o‘sish suratlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo‘lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o‘rin tutmoqda. Mamlakat taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, o’tkazilayotgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, aholining umumiy bandligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Shu sababli kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri qilib belgilangan. Yaqin istiqbolda ham kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati respublikamizda iqtisodiyotini uzluksiz rivojlantirishning eng muhim omili, taraqqiyot yo’lidan olg’a yetaklaydigan yetakchi kuch bo’lib qoladi. O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlantirish omillaridan biri kichik biznes taraqqiyotini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu soha bozor konyunkturasi o’zgarishlariga tez moslasha olish, yangi ish o’rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish, o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish kabi xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirish, qo’llab-quvvatlashdagi davlatning odilona iqtisodiy siyosati tufayli mamlakatimizda qulay makroiqtisodiy muhit yaratildi. Jumladan, xususiy mulk va tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik mustahkamlandi, biznesni ro’yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, ayrim faoliyat turlari bo’yicha litsenziya va ruxsatnomalarni berish jarayonlari soddalashtirildi, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi cheklandi, tadbirkorlik subyektlari topshiradigan hisobotlarning barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirildi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi, talab yuqori bo’lgan moddiy-texnik resurslardan keng foydalanishga imkon beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. Jahon amaliyoti shuni ko’rsatadiki, rivojlangan va rivojlanib borayotgan ko’pgina mamlakatlarda iqtisodiyotning yuksalishiga, asosan, kichik va xususiy biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish orqali erishilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi, shuning uchun ham bu sohaning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi, aholini ish bilan band etishdagi, asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi ortib borish tendentsiyasiga ega bolishi muhimdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda huquqiy asoslarning yaratilganligi va mustahkamlanib hamda takomillashtirilib borilishi uning iqtisodiyotdagi ahamiyatini yanada oshiradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyotdagi ahamiyatini aniqlashda va rivojlantirishda biznes shakli muhim ahamiyat kasb etadi va ularning muvaffaqiyati ko’p jihatdan bu sohani huquqiy va moliyaviy qo’llab-quvvatlashga bog’liqdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi jamiyatning mustahkam bo’lishini ta’minlash uchun asos bo’luvchi moddiy ta’minlanishini kuchaytirish hisoblanadi. Ushbu dasturda uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tutgan o’rnini o’rganish respublikamiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Shu sababdan ham kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq masalalarni talabalar tomonidan o’zlashtirilishi dolzarb masaladir. Lekin shu bilan birga, bu borada ayrim muammolarga ham duch kelinmoqdaki, buning asosiy sababi kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan shaxslarning ishni nimadan boshlamoq kerakligi, uni qanday tashkil etish zarurligi va boshqarish sirlari haqida to`la tasavvurga ega emasligadadir. SHu jihatdan qaralganda, mazkur o`quv majmua yuqoridagi muammolarni samarali bartaraf etishga muhim xissa qo`shadi. «Kichik biznes va tadbirkorlik» fani bo`yicha respublikamiz va MDX, mamlakatlarining yetakchi olimlari tomonidan ko`plab darslik va o`quv qo`llanmalar chop etilgan. Jumladan, Abdullaev A., Sotvoldiev A. va boshqa mualliflar tomonidan 2014 yilda «Kichik va o`rta biznes: tashkil etish; rejalashtirish, boshqarish» nomli o`quv qo`llanmasi nashr etilgan. Unda kichik va o`rta biznesni tashkil etish, rqjalashtirish va boshqarish masalalari atroflicha yoritilgan. Bundan tashqari, qo`llanmada bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni maqsad qilib qo`ygan shaxslar uchun biznesga kirib borish bilan bog’liq atamalar izohi berilgan. Yuldashev SH.A. tomonidan 2013 yilda chop etilgan «малый бизнес и предпринимательство» nomli o`quv qo`llanmada Uzbekistonda kichik biznesning shakllanishi va rivojlanishi, uning tashkiliy-huquqiy shakllar, kichik biznes infratuzilmasi, biznes-reja ishlab chiqish masalalari va kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish usullari ko`rsatib berilgan. Lapusta M.G. tahriri ostida 2013 yilda chop etilgan «Предпринимательство» nomli o`quv qo`llanmada tadbirkorlikning umumiy tavsifi va tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes-reja tuzish, moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, soliqqa tortish va tadbirkorlik psixologiyasi masalalari keng yoritilgan. Gorfinkel V.YA., Polyak G.B. va SHvandar V.A.lar tomonidan 2012 yilda tayyorlangan «Предпринимательство» nomli o`quv qo`llanmada Rossiyada tadbirkorlikning shakllanishi va o`ziga xos xususiyatlari, uning zamonaviy shakllari, faoliyat turlari, moliyaviy faoliyatini boshqarish, tahlil qilish va soliqqa tortish masalalari keng yoritilgan. Siropolis Nikolas N. tomonidan 2011 yilda chop etilgan «Управление малым бизнесом» nomli o`kuv qo`llanmada kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o`rni, kichik biznesni tashkil etish va boshqarish masalalari atrofdicha yoritilgan. Yuqorida qayd etilgan o`quv qo`llanmalardan farqli o`laroq, mazkur o`quv majmua O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Kichik biznes va tadbirkorlik» fani o`quv dasturi asosida tayyorlangan. Unda kichik biznes va tadbirkorlik bo`yicha xorij iqtisodchi-olimlari tomonidan ilgari surilgan nazariya va maktablarning vujudga kelishi va taraqqiy topishi, kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning iqtisodiyotda tutgan o`rni, respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiridshing o`ziga xos xususiyatlari, kichik biznes va tadbirkorlikning tashkiliy-xuquqiy asoslari va ularni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, ushbu o`quv majmuada kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish, uning moliyaviy holati va kredit bilan ta`minlash shakllari, bank, soliq, moliya muassasalari va audit tizimi bilan aloqalari, ularning soliqqa tortilish mexanizmlari va imtiyozlari, tadbirkorlik etikasi va madaniyati, kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarining eksport salohiyatini baholash usullari, shuningdek O`zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari batafsil bayon etilgan. O`quv uslubiy majmua mualliflari kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi xodimlar, ishbilarmonlar va oliy o`quv yurtlari talabalarining majmuaning mazmuni, tuzulishi yuzasidan bildirgan taklif, mulohaza va maslahatlarini bajonidil qabul qiladilar. Download 17.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling