≪Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi≫ iqtisodiyot fanining faktologiya va


Download 248.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana05.01.2022
Hajmi248.35 Kb.
#227064
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 dan 9 gaca



1-bilet 1-savol javobi:

 

≪Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi≫ iqtisodiyot fanining faktologiya va 



metodologiya asoslarini ta’minlovchi fan sifatida ahamiyatli. Zero, bu fan 

iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. 

Hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo ‘shqinlik bilan 

kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko'proq 

bilishga intilmoqdalar. Shunday ekan, iqtisodiyot fanini o‘rganishni 

nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‘ulishi tabiiy. 

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanlar tizimida katta o‘rin tutadi. U 

≪Iqtisodiy 

nazariya

≫ni to‘ldirish bilan birga, ma’lum mustaqil vazifa ham bajaradi. 

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy ta’limda, iqtisodchilar tayyorlashda, 

ulaming malakasini shakllanishida ham muhim o‘rin tutadi. 

Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va 

rivojlanishi tahlili butun ijtimoiy taraqqiyot jarayoni, quldorlik tuzumidan 

boshlab barcha tarixiy davrlami o‘z ichiga oladi. 

2-savol javob:

 A. Marshall, amerikalik iqtisodchi J. 

B. Klark siyosiy iqtisod olamiga kirib keldilar. Bu esa, tabiiyki, maijinalizm 

ta’limotining u yoki bu ilmiy masalalarda turlicha talqinlar, har xil izohlar 

bilan chiqishiga olib keldi. 

Maijinalizmning mafkuraviy vazifalari doirasiga quyidagicha yondashuv 

xarakterli edi: 

1) bozor iqtisodiga asoslangan yangi iqtisodiy munosabatlami abstraktlashtirish, 

ulami har qanday chuqur ziddiyatlardan holi deb qarash ya’ni 

bozor munosabatlari keltirib chiqaruvchi ziddiyatlami yashirish, xaspo‘shlash; 

123 


2) ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonidagi obyektiv inqirozlarni 

inkor etish; 

3) bozor munosabatlarining iqtisodiy qonunlari harakatini ruhiy 

subyektivlik asnosida tushuntirish; 

4) iqtisodiy munosabatlar tahlilini alohida olingan xo‘jalik asnosida 

o‘rganib, undan umumiy xulosalar chiqarishga urinish. 

Biroq, e’tirof etish kerakki, bu ta’limot ma’lum 

3-savol javobi: Klassik iqtisodiy maktab deganda U. Pettidan boshlanadigan iqtisodiy 

tadqiqotlar tan olinadi. Bu ta ’limot ishlab chiqarishdagi bozor 

munosabatlarini ichki aloqadorligini o‘rganadi va tahlil etadi. U. Petti 

klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisi hamdir. U. Petti iqtisodiy 

muammolarga bag‘ishlangan ≪Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida traktat≫ 

(1662), 

≪Donishmandlarga so‘z≫ (1665), ≪Irlandiyaning siyosiy 

anatomiyasi

≫ (1672), ≪Siyosiy arifmetika≫ (1683) va boshqa asarlami 

yozdi. U dastlab o‘z asarlarida merkantilistlarning ijobiy savdo balansi 

g‘oyasini va sanoatni rag'batlantirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga 

faol aralashuvini qo‘llab-quwatladi. Ammo u asta-sekin tadqiqot obyektini 

o‘zgartirdi va asosiy e’tibomi savdo muammosidan ishlab chiqarish 

muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda 

yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi. 

2-bilet 

1-savol javobi:

 Iqtisodiy bilimlar bilan jamiyat iqtisodiyoti orasida bevosita aloqa mavjud. 

Ularning jamiyat taraqqiyotidagi o ‘mi va ahamiyati juda katta. 

Iqtisodiy bilimlar iqtisodiyotda yuz beradigan jarayonlami aks ettiradi, 

ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirish yoki sekinlashtirish yo‘li bilan ularga 

ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, ko‘plab konsepsiyalar (masalan, neoklassik 

yoki Keyns konsepsiyasi) davlat iqtisodiy dasturlari uchun asos bo‘lgan. 

Iqtisodiy taraqqiyot jarayonida iqtisodiy bilimlar ham o'sishda va 

o‘zgarishda bo‘Iadi. Shu bilan birga, iqtisodiy bilimlar tarixi hoziigi zamon 




bilan uzviy bog‘liq. Bu hal qilinayotgan masalalarning muhimligi va 

ahamiyatini belgilanib, 

≪Iqtisodiy ta’limotlar tarixi≫ fanining muhim 

belgilaridan birini bildiradi. 

0 ‘tgan davrdagi iqtisodiy g‘oyalar tahlili yetarli darajada bo‘lmagani 

sababli, ulami tanqidiy va ijodiy o‘rganish lozim bo‘ladi. 

2-savol javobi:

 Ushbu ta’limotning 

≪institutsionalizm≫ deb atalishini XX asr boshlarida 

Amerika iqtisodchisi U. Gamilton taklif etgan. Institutsionalistlar 

sotsiologiyani siyosiy iqtisod bilan bog‘laydilar, iqtisodiy nazariyani 

sotsiologik kategoriyalar bilan bog‘laydilar. Ularning fikriga ko‘ra, 

an’analar, urf-odatlar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning birlamchi 

asoslaridir, real iqtisodiy munosabatlar esa ularga nisbatan ikkilamchidir, 

odamlarning tafakkuri, qarashlari, urf-odatlarining ko‘rinishidir. 

Sotsial-institutsionalizm tarafdorlari maijinalizm ta’limoti metodologiyasini, 

uning asosiy g‘oyalarini tanqid qiladilar va inkor etadilar. 

Ularning fikricha, neoklassik ta’limot iqtisodiy muammolarni tor doira 

bilan cheklaydi, ya’ni faqat bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zini tartibga soluvchi 

mexanizm deb qarab, iqtisodiyotni sotsial munosabatlardan ajratib talqin 

143 


Download 248.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling