1-mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari. Asosiy tushunchalar. Reja: Kimyo fanining qisqa tarixi. Fanning mаqsаd va vazifalari


Nisbiy atom va nisbiy molekulyar massa


Download 458.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana17.12.2022
Hajmi458.15 Kb.
#1026589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu

Nisbiy atom va nisbiy molekulyar massa. Atomlarning va molekulalarning 
massalari nihoyatda kichik, amalda ulardan foydalanish juda noqulay. Atom va 
molekulalarning massalarini grammlarda yoki kilogrammlarda ifodalanishiga 
absolyut massa deyiladi (m- bilan belgilanadi). Atom va molekulalarning absolyut 


massalarini eng sezgir tarozilarda ham tortib bo`lmaydi.
Masalan, 
m(H)=1,6604∙10
-27
kg, 
m(C)=1,993∙10
-26
kg, 
m(S)=53,12∙10
-26
kg, 
m(O)=26,56∙10
-26
kg 
Shuning uchun atom va molekulalarning nisbiy massalaridan foydalaniladi. 
Atom massa birligi (m.a.b.) 1961 yildan boshlab atom massasining birligi sifatida 
uglerod birligi qabul qilingan, bu uglerod-12, ya`ni uglerod 
12
C izotopi Atom 
massasining 1/12 qismiga teng va u quyidagicha topiladi: 
m(m.a.b.)=1/12∙m
(C)
=1/12∙1,993∙10
-26
kg=1,66∙10
-27
kg=1,66∙10
-24
Kimyoviy elementning nisbiy atom massasi (Ar)-(r-―relative‖-nisbiy) deb tegishli 
kimyoviy element atom massasining uglerod 
12
C izotopi atom massasining 1/12 ga 
nisbatiga teng. Ar(x)=m
a
(x)kg : 1,66∙10
-27
kg
Bu yerda m
a
(x) - berilgan atomning absolyut massasi. Nisbiy atom massa (Ar)-
o`lchamsiz kattalik. Arning qiymati D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar 
jadvalida keltirilgan. 
Masalan, oltingugurtning absolyut massasidan foydalanib, uning nisbiy atom 
massasini toppish mumkin: buning uchun oltingugurtning absolyut massasini 
(m(S)=53,12∙10
-26
kg) massa atom birligiga (1,66∙10
-27
kg) bo`lish kerak.
Mr- xuddi nisbiy atom massa kabi, molekula massasini uglerod 
12
C izotopi 
massasining 1/12 nisbatiga yoki massa atom birligi nisbatiga teng. Moddaning 
nisbiy molekulyar massasi ham molekulani absolyut massasi, atom massa 
birligidan qancha katta ekanligini ko`rsatadigan son bo`lib, o`lchamsiz kattalikdir. 
Nisbiy molekulyar massani hisoblashning eng qulay usuli, molekula 
tarkibiga kirgan elementlar nisbiy atom massalarining yig`indisini hisoblash 
usulidir.
Mr(XnYm)=nAr(X)+mAr(Y) 

Download 458.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling