1-Mavzu: Kirish. Аnаlitik kimyo fani, tadqiqot doirasi maqsadi va vazifalari
Download 167.78 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu maruza matni
3.Analitik kimyoning asosiy vazifalari. Analitik kimyo qo’yidagi asosiy
vazifalarni bajaradi: 1.Mavjud analiz usullarini rivojlantirib takomillashtiradi; 2.Fan va sanoatning o’sib borayotgan talablariga javob beradigan yangi analiz usullarini yaratadi va ularni nazariy jixatdan asoslaydi; (bunga analizning zamonaviy sensorlardan foydalanishga asoslangan distansion, avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan usullari, namuna tarkibidagi ayrim komponentlarni namunani buzmasdan tezkor aniqlashga imkon beradigan usullari va b. kiradi). 3. Analizni tez va arzon bo’lishini, olinadigan natijani to’g’ri, aniq va takrorlanuvchanligini, ta’minlash. 4. Ilmiy-tadqiqot ishlarini analitik nazorat qilishni ta’minlash; 5. Atrof - muhit monitoringini ta’minlash; 4 .Analitik kimyoning nazariy asoslari.Sifat va miqdoriy analiz. D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi, elektrolitik dissosilanish nazariyasi, massalar ta’siri qonuni, kimyoviy muvozanat, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, koordinasion birikmalar hosil bo’lishi, tuzlarning gidrolizlanishi va asoslarning amfoterligi kabi mavzular kimyoviy analizning nazariy asosini tashkil etadi. Analitik kimyo har xil moddalar va ularning aralashmalarini sifat va miqdoriy tarkibini o’rganish bilan shug’ullanadigan fan bo’lganligi sababli birinchi navbatda u sifat va miqdoriy usullarga bo’linadi. 6.Analitik kimyoning asosiy muammolari: Analitik kimyoning hozirgi zamon asosiy muammolariga analizda aniqlanadigan moddani topish chegarasini pasaytirish, tezkorlikni va olinadigan natija aniqligini oshirish hamda mikroobyektlar analizi, buzmasdan, lokal va distansion analizni rivojlantirishni kiritish mumkin. 7. Analitik kimyoning qisqacha tarixi va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Analitik kimyoning birinchi metodlari qadimgi alximiklar tomonidan yaratilgan bo’lib ular moddalarni sifat jihatdan aniqlashda ishlatilgan. Miqdoriy analiz qadimda "Tekshirish san’ati" deb atalgan va uning yordamida oltin, kumush singari metallarning tozaligi aniqlangan. Analitik kimyo fan sifatida XVII- asrning o’rtalaridan shakllana boshlagan. Bu fanning rivojlanishida ingliz olimi R.Boylning (1627-1691) hissasi katta. U sifat analizining asoschisi hisoblanadi. R.Boyl murakkab kimyoviy moddalar elementlardan tashkil topganligi haqidagi fikrni aytgan, o’zigacha ma’lum bo’lgan sifat reaksiyalarini sistemalashtirgan va bir qator yangi reaksiyalarini taklif qilgan. U birinchi marta “Indikatorlar” sifatida lakmus va o’simliklardan olinadigan ba’zi bo’yoq moddlar yordamida kislota va ishqorlarni bir-biridan farqlash mumkinligini amalda isbotladi. R.Boylning bu ishlari sifat analiziga qo’yilgan birinchi qadam bo’ldi. XVIII asrda shved olimi T.Bergman (1738-1784) eritmadagi metal ionlarini gruppalar holida ajratish usulini joriy etdi va bu usulni sifat analiziga kiritdi. Bu sistematik analizning boshlanishi edi. Bu usuldan hozirgi vaqtda ham foydalanib kelinmoqda. T.Bergman murakkab tarkibli tuzlar aralashmasini vodorod sulfid yordamida sistemali analiz qilish tartibini ishlab chiqdi. M.V.Lomonosov (1711-1765). moddalar massasining saqlanish qonunini tajribada isbotlashi bilan miqdoriy analizga asos soldi. Shundan so’ng kimyoviy jarayonlarda miqdoriy hisob kitoblar olib borila boshlandi, Analizda tarozidan foydalanilib gravometriya metodi yaratildi. M.V. Lomonosov o’zining «Metallurgiya i osnov pervichnoy obrabotki rud» kitobida bir qancha analiz usullarini yozgan. Sifat analizidagi mikrokristalloskopik usulga XVIII asrda T.Ye. Lovis (1757-1804) tomonidan asos solindi. T.Ye.Lovis o’zining “Metallurgiya va qazish ishlari asosi” kitobida moddalarning kristall formalari turlicha ko’rinishga ega ekanligini ko’rsatib berdi. U moddalarning kristall panjaralarining tuzilishi bilan ularning kimyoviy tarkibi o’zaro bog’liqligini isbotladi va mikrokristalloksopik analizga asos soldi. Kalsiy tuzlari ishtrokida alanganing qizil tusga bo’yalishidan foydalanib, tuzlar tarkibida kalsiy borligini bilib olish mumkinligini amalda ko’rsatdi. Rus хimigi Flаvitskiy (1848—1917)iоnlаrni аniqlаshdа reaksiyalаrni «quruq» usuldа o’tkаzishni ishlаb chiqdi. V. Оstvаld (1853—1932)mаssаlаr tа’siri qоnunini аnаlitik reaksiyalаrni nаzаriy аsоslаsh uchun qo’llаdi. V.Nеrnst (1864—1941) elеktr yurituvchi kuchni vа gаlvaniq elеmеnt nаzаriyasini yarаtdi. Miqdоriy аnаlizning rivоjlаnishi аsоsidа D.Dаltоn (1766— 1844)kimyodа аtоm nаzаriyasini uzil-kеsil o’rnаtdi. Bu nаzаriyaning kiritilishi miqdоriy аnаlizning kеyingi rivоjlаnishini tеzlаshtirdi, chunki elеmеntlаr аtоm og’irliklаrini imkоni bоrichа to’g’ri аniqlаsh zаrurаti tug’ilgаn edi. Bu sоhаdа shvеd kimyogаri I. Bеrtsеlius (1779—1848)ning хizmаti judа kаttа bo’lib, u 45 tа elеmеntning аtоm оg’irligini judа аniq (o’shа vаqt uchun) tоpdi, miqdоriy аnаlizning ko’pginа yangi mеtоdlаrini ishlаb chiqdi vа eskilаrini tаkоmillаshtirdi. U оrganiq birikmаlаrning elеmеntаr аnаlizi usulini hаm ishlаb chiqdi, kеyinchаlik bu usulni Yu.Libiх (1803—1873)vа bоshqа оlimlаr tаkоmillаshtirdilаr. Оrganiq rеаgеntlаrni аnаlitik kimyodа cho’ktiruvchi sifаtidа birinchi mаrtа M.А. Ilinskiy (1856- 1951) vа L.А.Chugаyеv (1873-1922)lаr qo’llаdilаr. Bu sоhаdа 1905 yildа dimеtilgliоksim tа’siridа Ni + 2 gа tаvsiya qilindi vа ichki kоmplеks tuzlаrning аnаlitik o’rgаnish muаmmоsini Chugаyеv оlg’а surdi. Bu hоzir hаm аktuаl muаmmоlаrdаn biridir. Tоmchi mеtоdini N.А.Tаnаnаyеv (1878—1959) ishlаb chiqdi vа eritmаni bo’lib-bo’lib аnаliz qilib iоnlаrni tоpishdа undаn fоydаlаndi. Miqdoriy analizning hajmiy usulini fanga fransuz olimi J.Gey-Lyussak (1778-1850) kiritdi. Bu metod X1X asrning o’rtalarida oksidlanish-qaytarilish hamda cho’ktirish metodlarida indikatorlar qo’llanilishi bilan yanada rivojlandi. Gey-Lyussak birinchi marotaba hajmiy analiz yordamida moddalarni miqdorini aniqlagan. Analitik kimyoning rivojlanishida V.I. Severginning (1765-1794) hissasi ancha salmoqli. U 1796 yilda o’zining “Mineral suvlarni tekshirish bo’yicha qo’llanmasi”ni 1800 yilda farmasevtik kimyo darsligini, 1801 yilda metall va boshqa qazilmalarga oid analitik kimyo qo’llanmasini yaratdi. V.I. Severgin xajmiy analizning neytralizasiya metodiga asos soldi. XIX asrda analitik kimyo sohasida nemis olimi K.Frezenius (1818-1897) ancha ishlar qildi. U sifat va miqdor analizi bo’yicha mukammal qo’llanma yozdi va 1862 yilda analitik kimyo bo’yicha birinchi ilmiy jurnalga (Z.Anal. Chem) asos soldi. Analitik kimyoning nazariy va amaliy muammolarini hal etishda D.I. Mendeleyevning (1834-1907) elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni, (1869 y) muhim ahamiyatga ega. Davriy sistema elementlarning hossalaridagi anologiyadan foydalanib ionlarni topishda yangi usullarni kashf etishga imkon berdi. D.I.Mendeleyevning fikrlarini davom ettirib N.A.Menshutkin (1824-1904) kationlarning analitik gruppalar bo’yicha eng qo’lay klassifikasiyasini yaratdi. U 1871 yilda «Analitik kimyo» darsligini bosmadan chiqardi. Bu kitobida kationlarning analitik klassifikasiyasi va elementlarning davriy sistemasi orasidagi bog’liqlikni birinchi marta ko’rsatib bergan. 1931yilgacha bu kitob 16 marta nashr qilindi va bir necha marta nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan. XIX asrning boshlarida I.Berselius (1779-1848) organik moddalarning element analizini ishlab chiqdi. Bu usul keyinchalik nemis olimi Yu.Libix (1803- 1873) tomonidan takomillashtirildi. 1859 yilga kelib R.Bunzen (1811-1899) va G.Kirxgoff (1824-1887) spektral analizni ishlab chiqdilar. 1862 yilda K.K.Klausning (1796-1864) anorganik moddalar analizining turli usullari, elementlarning analitik klassifikasiyasi va vodorod sulfidli sistematik analiz usuli bayon qilingan "Kimyoviy analitik tekshirishlarda ishlatiladigan reaksiyalarning metodik jadvallari" nomli kitobi nashr etildi. X1X asr oxirida Rossiyada N.S. Kurnakov (1860-1941) va uning maktabi “Fizik-kimyoviy analiz” nomini olgan yangi metodni yaratdilar. 1903 yilda M.S.Svet xromotografik analiz metodini asoslab berdi. XX asrda analitik kimyo fanini rivojlanishida analizda organik reaktivlarni birinchi bo’lib ishlatgan M.A. Ilinskiy (1856-1941) va L.A. Chugayevlarni (1873- 1922), eruvchanlik ko’paytmasi haqidagi qoidani va galvanik elementlar nazariyasini ishlab chiqqan nemis olimi V.Nernstni (1864-1941), oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarining borishi elektronlarning o’tishi bilan bog’liq ekanini ochgan L.V. Pisarjevskiy (1874-1938), tomchi analiziga asos solgan N.A.Tananayevni, analizning yarim mikro metodini rivojlantirgan I.P.Alimarin, suvsiz muxitda titrlash usullarini rivojlantirgan I.P.Kreshkovni, analizda ajratish va konsentrlash usullaridan foydalanishni rivojlantirgan Yu.A.Zolotovni xissasi katta. Vatandoshlarimiz A.R.Beruniy va R.A.Xaziniy X-XI asrlarda analitik kimyo rivojiga katta hissa qo’shgan. A.Beruniy ko’pgina moddalarning solishtirma og’irliklarini aniqladi. Xaziniy o’sha zamon uchun juda sezgir tarozi yasadi, uning tarozisi uchinchi xonagacha aniqlik bilan tortishga imkon berardi. Analitik kimyoning rivojlanishida O’zbekiston olimlarining ham hissalari katta. Akademik Sh.T. Tolipov raxbarligida analitik kimyo sohasida bir qator ilmiy ishlar amalga oshirildi. Sh.T. Tolipovning shogirdlari hozirgi kunda ham samarali mehnat qilmoqdalar. Samarqand davlat universitetida analitik kimyoning rivojlanishida dosent N.S.Zakirov, professor T.K.Xamrakulov, O.F.Foyzullayev, A.M.Nasimovlarning xizmati katta. Hozirgi kunda analitik kimyo Toshkent va Samarqand universitetlari, Fanlar Akademiyasi, yadro tadqiqotlari instituti va boshqalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Hozirgi davr qudratli kimyo sanoati va unga munosib kimyo fanining mavjudligi bilan harakterlanadi. Kimyo fanlari orasida analitik kimyoda yangi zamonaviy analiz usullari vujudga kelmoqda; shuningdek analitik kimyo usullari qo’llaniladigan sohalar kengayib bormokda. Download 167.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling