1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi. Reja


Download 33.96 Kb.
bet1/7
Sana08.03.2023
Hajmi33.96 Kb.
#1249505
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi.
Reja:

  1. Davlat tilida ish yuritish fanining maqsad va vazifalari.

  2. Dаvlаt tili mаqоmi haqida.

  3. Davlat tili haqidagi qonunning mazmun-mohiyati va ijrosi.

Tayanch so‘z va iboralar: davlat tili, adabiy tili, davlat tilini o‘qitishdan maqsad, o‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi, imlo qoidalari, ish yuritish, mutaxassislik terminologiyasi, hujjatlar tili, og‘zaki adabiy tili, yozma adabiy tili, davlat tili haqidagi qonun, millatni birlashtirish, savodxonlik.
Har qanday demokratik davlatning rivojlanishdan asosiy maqsadi – inson manfatlaridir. Jamiyat taraqqiyoti esa nafaqat mamlakat iqtisodiy salohiyatining kattaligi bilan, balki bu salohiyat har bir insonning kamol topishi va uyg‘un rivojlanishiga qanchalik yo‘naltirilgani bilan ham o‘lchanadi. Chunki ilmiy salohiyat insonning qanchalik kuchga ega ekaniga bugungi kunda jamiyatimizning taraqqiyotini yaqqol misol keltirishimiz mumkin. O‘zbekiston o‘zining jahon maydonidagi o‘rniga dadil qadam qo‘ydi. Eng avvalo, respublikamizda ta‘limga alohida e’tibor qaratildi. Chunki muhtaram prezidentimizning: “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak”1 degan fikrlari barchamizdan ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga bo‘lgan mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimizni talab etadi. Chunki ona tilini chuqur bilish mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarimizning o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda erkin, qisqa, mantiqan izchil bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni bajarishiga xizmat qiladi.
Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarning yangi alifbo, imlo qoidalari, davlat tilida ish yuritish va mutaxassisligiga oid terminlarni bilishining ilmiy-nazariy asoslarini hamda ularni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qo‘llay olishni, ilmiy va ta’lim jarayoniga tatbiq qilishning ilmiy-metodik imkoniyatlarini yoritishdan iborat.

Download 33.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling