1-Mavzu: Kirish. Gistologiya va embriologiya faniga kirish. Reja: Kirish
-rasm. Biologik tadqiqotlar uchun mikroskoplar
Download 34.63 Kb.
|
222k
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron mikroskopiya
- Avtoradiografiya
- Gistokimyoviy
- (1. nm (nanometr)=0,001 mkm)
Hujayralarning differensiallanishini o`rganishda, maxsus kimyoviy transmission (elektronlar oqimi preparat orqali o`tadigan) elektron mikroskop yordamida amalga oshiriladi. (1-rasm) birikmalar va strukturalarni aniqlash va kuzatishda bu usullardan foydalaniladi. Elektron mikroskopiya submikroskopik tekshirish usuli bo`lib, elektromagnit to`lqinlari yorug`lik nuri to`lqinlaridan 100.000 marta qisqaroq (o`rtacha-0,0056 nm1 ) bo`lgani uchun bu mikroskop kuchlanish bo`lganda 50000 V ko`rsata oladigan ikki nuqta oralig`i 0,002 nm yoki 0,000 002 mkmga teng bo`lishi kerak. Amalda esa zamonaviy transmission elektron mikroskoplar bir-biridan 0,1-0,7 nm uzoqlikda turuvchi nuqtalarni farq qilish imkonini beradi. Gistologik strukturalar hajmi to`g`risida tasavvur hosil qilish imkonini beradigan (rastrlovchi) elektron mkroskoplar ham mavjud. Yuqorida bayon qilingan usullardan tashqari gistologik strukturalarni o`rganishning yana bir qancha boshqa fiziko-kimyoviy usullari qo`llaniladi. Avtoradiografiya usuli radioaktiv elementlar bilan nishonlangan moddalarning hujayra va to`qimalarda tarqalishi (joylanishi)ni aniqlash uchun qo`llaniladi va moddalar almashinuvi to`g`risida aniqroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Bu usul qo`llanilganda fosfor- R32, karbon-C14, oltingugurt-S35, vodorod-H3 yoki boshqa radioaktiv elementlardan biri bilan nishonlangan modda organizmga kiritiladi va ma`lum vaqt o`tgach, to`qima va organlarda radioaktivlik miqdori aniqlanadi. Avtoradiografiya usuli bilan turli moddalarning sintezlanishi, hujayra ichida tashilishi (transport), oqsillarning tarkibi va h.k. larni o`rganish mumkin. Gistokimyoviy usullar hujayra, to`qima strukturalarining kimyoviy tabiatini o`rganishda qo`llanilib, o`rganilayotgan sturkturalarda kimyoviy sintezning erimaydigan maxsus mahsulotlari to`planishiga asoslangan. Bu usul bilan hujayra va to`qimalarda aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar (DNK, RNK), har xil karbonsuvlar, yog`lar, ularning birikmalari, fermentlar sifat va miqdor jihatdan aniqlanishi mumkin. Hayvon to`qimalarini tiriklik paytida ham o`rganish mumkin bo`lib, buning uchun to`qima va hujayralar oziqlantiruvchi muhitda va optimal harorat sharoitida organizmdan tashqarida o`stiriladi. Organizmdan tashqarida o`stirilayotgan to`qimalarda hujayralarning harakatini, ko`payishi, o`sishi va turli xil fiziko-kimyoviy ta`sirotlarga javobini kuzatish mumkin. Bu usul ko`proq viruslarni o`rganishda qo`llaniladi. Maxsus sharoitda o`stirilayotgan to`qimalar muayyan vaqt oraliqlarida suratga tushiriladi yoki kinoga olinadi. Turli xil tekshirish yo`llari yordamida qo`lga kiritilgan ma`lumotlarni analiz qilishda morfometriya, sitospektrofotometriya, sitospektroflyuorometriya va biometriya usullaridan foydalaniladi. (1. nm (nanometr)=0,001 mkm) Download 34.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling