1-Mavzu: Kirish. Kasbiy faoliyatda hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Ta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli


Download 0.8 Mb.
bet21/84
Sana09.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1469195
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
Bog'liq
Хаёт фалоти хавфсизлиги

Baxtsiz hodisa - turli tabiiy ofat, avariya va boshqa koʻngilsiz hodisalar oqibatida badanga shikast yetish, mayib boʻlish yoki oʻlish hollari. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida korxonalar, qurilish, transport, konlar va bosh joylarda xavfsizlik qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻyib, Baxtsiz hodisalarga sababchi boʻlgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralari belgilangan. Jumladan, radioaktiv materiallar va yadro qurilmalaridan foydapanish qoidalarini buzish, shu materiallarni konunga xilof tarzda ishlatish, tadqiqot ishlarini bajarishda, togʻ kon, qurilish yoki portlatish ishlarida xavfsizlik, mehnatni muhofaza etish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish hollari, transport harakati va vositalaridan foydalanish xavfsizligiga zid ravishda jinoyatlar sodir etilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKda tegishli jazo choralari koʻzda tutilgan.Jumladan, xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishga oid boshqa qoidalarning ular ijrosi uchun masʼul shaxslar tomonidan buzylishi oʻrtacha ogʻir yoki tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam ish haqining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, oʻsha qilmish odam oʻlishiga va boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum kilish bilan jazolanadi (257-modda). Transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxsning Mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-idrokka taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyishi badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud odam oʻlishiga sabab boʻlsa, oʻsha masʼul shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima toʻlaydi yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi (261-modda). Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi koidalarining transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan, oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, oʻsha qilmish odamlar oʻlimiga, xdlokatga va boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 10 yilagacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi (266-modda).
Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 2512 ta aniqlangan kamchilik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 228 ta yozma ko‘rsatma berildi hamda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun 207 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 395543 ming so‘mlik ma'muriy jarima qo‘llanildi.
Qolaversa, 2019-yilning 5 oyi davomida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan jami 7152 nafar fuqaro murojaatlari ko‘rib chiqilib, shundan 4168 ta murojaat qanoatlantirilgan va 2449 nafar fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklangan, 2830 nafar fuqaroga tegishli maslahat va tushuntirishlar berilgan, 447 nafar fuqaroning jami 2 mlrd. so‘mdan ortiq ish haqlari tegishli tartibda undirilgan.
Olib borilayotgan ana shunday chora-tadbirlarga qaramay, mehnat muhofazasiga rioya etmaslik ortidan kelib chiqayotgan baxtsiz hodisalar sonini keskin kamaytirish, ularning oldini olish, bartaraf qilish va fuqarolar uchun to‘liq xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish masalasi dolzarbligicha qolmoqda.
Shu bois, mehnat muhofazasi bo‘yicha samarali natijaga erishish va bu boradagi sa'y-harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Birinchi, mehnat muhofazasi buzilganligi uchun tayinlanadigan ma'muriy jarimalar miqdorini oshirish.Qonunchilikka muvofiq, hozirda bunday holatlar uchun eng kam oylik ish haqining ikki barobaridan besh barobarigacha jarima tayinlangan. Ammo bu jarima miqdori qonunchilik oldida katta javobgarlikka ega bo‘lmagani sabab, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishida beparvolik va o‘zbilarmonlikni keltirib chiqarmoqda. Agar buning oqibatida inson hayotiga tahdid turganligi inobatga olinsa, amaldagi jarima miqdorining naqadar arzimasligi ayon bo‘ladi-qoladi.  
Ikkinchi, mehnat muhofazasi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini va profilaktika jarayonlarini kuchaytirish joiz.
Uchinchi, xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan tashkilotlar, shu jumladan, qurilish joylarida mehnat muhofazasi bo‘yicha muntazam tekshiruv ishlarini olib borish.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat muhofazasini ta'minlash va mehnat qonunchiligi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Davlat mehnat inspeksiyasining (71) 200 06 00 telefon raqamlari, Info@mehnat.uz elektron manzili va dmi.mehnat.uz sayti singari ishonch tarmoqlari ishga tushirilgan bo‘lib, ular orqali bevosita fuqarolar murojaatlari qabul qilinadi.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling