1-Mavzu: Kirish. Kasbiy faoliyatda hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Ta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli


- rasm. Yong’inning ayrim sabablari


Download 0.8 Mb.
bet24/84
Sana09.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1469195
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84
Bog'liq
Хаёт фалоти хавфсизлиги

2- rasm. Yong’inning ayrim sabablari
portlovchi narsa va moddalar havo bilan aralashib, portlovchi birikmalar (yonuvchi gaz, vodorod, atsetilen) hosil qiladilar. Portlash xavfi mavjud moddalarga 15

yonuvchi gazlar bilan aralashganda portlash xavfini vujudga keltiradigan yonmaydigan gazlar ham kiradi (kislorod yonuvchi gaz bilan aralashganda portlashga olib keladi). Ayrim holda yonmaydigan va yonishni ta’minlay olmaydigan portlovchi gazlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, balonlarda siqilgan holda saqlanuvchi karbonat angidrid gazi. portlovchi moddalarga, shuningdek havo bilan aralashgan holdagi neorganiq moddalar ham (alyuminiy, magniy va boshqa moddalar kukunlari) kiradi.


1. Yonish fazalari va portlash chegaralari
Yonish faqat ma’lum harorat sharoitidagina mavjud bo’lishi mumkin. Barcha yonuvchi moddalarning tarkibida uglerod va vodorod mavjuddir. Issiqlik ta’siri ostida yonuvchi moddalar parchalanib yuqoridagi gazlar ajralib chiqib, havodagi kislorod bilan birikib, alanga hosil qiladi.
Yonish fazalarining quyidagi xillari aniqlangan:
1) Chaqnash. Agar sekin-asta qizdirilayotgan yonuvchi suyuqlikka vaqti-vaqti bilan tashqaridan alanga ta’sir qildirsak, ma’lum bir haroratga etganda, undan ajralib chiqayotgan gazsimon mahsulot chaqnaydi va shu zahotiyoq o’chib qoladi. Suyuqlikning ana shu paytdagi harorati chaqnash harorati deyiladi. CHaqnagan gazlarning tez o’chib qolishining sababi, bu haroratda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan gazlar alangani davom ettirish uchun etarli emasligidir.
Chaqnash harorati moddalarning yong’in jihatidan xavfliligini aniqlashda katta ahamiyatga molikdir. Ayrim moddalardan ajralib chiquvchi bug’ va gazlar ko’p miqdorda yig’ilishi natijasida ochiq alanga bilan birikib kuchli portlash paydo qilishi mumkin.
2) Alangalanish. Suyuq, yonuvchi moddalarni qizdirish chaqnash haroratidan yuqorida ham davom ettirilsa, uning bug’lanishi jadallashadi va shunday bir vaqt keladiki, unga alanga yaqinlashtirilsa chiqayotgan bug’lar chaqnaydi va yonishda davom etadi. Suyuqlikning shu holatdagi harorati alangalanish harorati deb ataladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling