Gaz plitasi asosiy uy-ro‘zg‘or maishiy jihozi bo‘lib, unda, asosan, turli taom-
lar, issiq ichimliklar, tandirida esa turli pishiriqlar tayyorlanadi. Tuzilishiga ko‘ra gaz plitasi ko‘pincha bir, ikki va to‘rt yondirgichli bo‘ladi.
Gaz plitasi metan gazi yoki propan gaziga maxsus shlanglar yordamida
ulanadi. Gaz plitasidan foydalanishdan oldin har bir kishi xavfsizlik qoida -
larini bilishi lozim bo‘ladi. Gaz plitasidan foydalaniladigan xona yaxshi tabiiy
ventilatsiyaga ega bo‘lishi yoki mexanik ventilatsiya qurilmasi bilan jihoz-
langan bo‘lishi lozim. Agar tarmoqdagi gaz bosimi me’yordan yuqori bo‘lsa,
undan foydalanish man qilinadi.
Gaz plitasidan foydalanganda qo‘llaniladigan kichik ta’mirlash ishlari:
1. Gaz plitasining boshqarish tizimidagi buragichlari yeyilgan bo‘lsa,
yangisiga almashtirish.
2. Gaz plitasining taom qaynatadigan qismidagi yonish joyini qurum bos-
gan bo‘lsa, ehtiyotkorlik bilan olib tozalash va qayta o‘rnatish.
3. Gaz plitasini tabiiy gaz manbayiga ulash uchun maxsus gayka kaliti
bilan qotirish.
4. Gaz plitasini gaz balloniga ulashda maxsus rezina shlangdan va uni
mahkamlashda siqib turuvchi metall halqadan foydalanish.
5. Gaz plitasining tandir qismini tozalashda maxsus qo‘lqop va cho‘t-
kalardan foydalanish.
Gaz plitasidan foydalanishda qo‘llaniladigan xavfsizlik texnikasi
qoidalari:
1. Gaz plitasiga suyultirilgan gaz balloni ulanganda, gaz ballonlarini
joylashtirishda va ishlatishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish
lozim.
2. Yong‘in kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
– nosoz gaz plitasidan foydalanish;
– gaz plitasini yong‘in chiqish xavfi yuqori joylarga o‘rnatish;
– gaz plitasini ishlayotgan vaqtida nazoratsiz qoldirish;
– gaz plitasidan xonani isitish va kiyimlarni quritish uchun foydalanish,
unga yosh bolalarni yaqin yo‘latish;
– gaz chiqayotganligini sezgan holda gaz plitasini o‘t oldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |