1-mavzu. Kirish. Kon mashinalari va komplekslari fanning maqsad va vazifalari. Reja


Download 219.05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2023
Hajmi219.05 Kb.
#1399247
Bog'liq
1-маъруза (2)



1-mavzu.
Kirish. Kon mashinalari va komplekslari fanning maqsad va vazifalari.
Reja: 
1. Kon mashinalarining konchilik ishlab chiqarishidagi tutgan o’rni. 
2. Konchilik mashinalarining funksional guruxlari va ularning bajaradigan 
vazifalari. 
3. Foydali qazilmalarni qazib olishning va ushbu jarayonlarda ishlatiladigan 
mashina va mexanizmlarning rivojlanish bosqichlari. 
4. Kon korxonalarini elektrlashtirishning ahamiyati. 
 
Tayanch so’zlar va iboralar: Kon, kon mashina, tarport mashina, turg’un mashina, 
kon korxonalarini elektrlashtirish,
Matn: Kon mashinalari turlarining bajaradigan vazifalariga ko’ra texnologik 
bog’liqligi.Ma'lumki, xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri konchilik 
soxasidir. Kon korxonasining qanchalik rivojlanganligini, uning qanchalik 
quvvatliligini albatta shu korxonada qo’llanilayotgan ishlab chiqarish mashina va 
mexanizmlari orqali izoxlanadi. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni kompleks 
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga suyanadi. 
Shuning uchun xar bir konchi mutaxassisdan konchilikda ishlatiladigan 
mashina- mexanizmlar tog’risida yetarli bilimlarga ega bo’lish talab etiladi. 
Fanni o’qitishdan asosiy maqsad foydali qazilmalarni qazib olish 
jarayonlarini, yer osti bushliqlarini o’tish, mustaxkamlash, foydali qazilmalarni va 
boshqa yuklarni yer osti va yer ustida tashish hamda yordamchi jarayonlarni 
bajaradigan mashinalarni o’rganishdir. Shuningdek, foydali qazilmalarni qazib 
olishda zarur bo’lgan turg’un mashinalar: ventilyator, suv chiqarish, kompressor va 
yuk ko’tarish mashinalarini o’rganishdir. 
Fanning asosiy vazifasi talabalarga kon, transport, turg’un hamda kon 
korxonalarini elektrlashtirishni, elektr ta’minotini, mashinalar turlari, ishlash 
nazariyasi va tuzilishini o’rgatishdir, ularni ma'lum kon-geologik sharoitlar uchun 
munosibligini tanlab, hisoblashni o’rgatishdir. 
Konchilik soxasida ishlatiladigan barcha mashinalar va mexanizmlarni uchta asosiy 
guruxga ajratib o’rganiladi. 
1. Kon mashinalari. Bu turkumga asosan foydali qazilmalarni va nokerak tog’ 
jinslarini yer osti va ochiq usullarda qazib oluvchi, yer osti bushliqlarini (laxim) 
utuvchi, tog jinslarini burg’ulovchi mashinalar guruxidir. Bu gurux mashinalari 
ochiq konlarda ishlatiluvchi: bir chumichli va ko’p chumichli ekskavatorlar (qazib-
yuklovchi mashinalar, kon pog’onalaridan skvajinalar hosil qiluvchi burg’ulash 
stanoklari; Yer osti konlarida ishlatiluvchi foydali qazilmalarni qazib oluvchi 


kombaynlar, laxim o’tuvchi kombaynlar, Yer osti burgulash mashinalari va boshqa 
yordamchi kon mashinalaridir. 
2. Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti 
sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi 
mashinalar o’rganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) 
transport vositalari kiradi. 
Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer 
transporta (lentali, ko’rakli va boshqa maxsus konstruksiyali), uz og’irligi bilan, 
pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar. 
Uzlukli transport (yukni bulak-bulak yoki davriy ravishda tashuvchi) 
vositalariga: barcha gildirakli yuk tashish vositalari, temir yul transporti, aloxida 
bo’laklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirg’ichlar va boshqalar. 
3.Turg’un mashinalar. Bu turkumga foydali qazilmalarni qazib olish va tashishda 
ishlatiladigan 
mashina-mexanizmlarga 
yordam 
beruvchi, 
odamlarga 
va 
mashinalarga mexnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluchi xamda ma'lum asosiy 
texnologik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar kiradi. Bular kompressor qurilmalar 
(mashinalarni siqilgan xavo bilan ta'minlovchi), suv chiqarish qurilmalari (nasoslar), 
ventilyator qurilmalari (shaxtani toza xavo bilan ta'minlaydi) va yuk ko’tarish 
qurilmalari (shaxta tik stvolida yukni davriy ravishda yer yuzasiga ko’tarib 
beruvchi) dir. 
Foydali qazilmani qazib olish jarayonining rivojlanishi quyidagi asosiy 
bosqichlardan iboratdir: 
1-bosqich. Ko’mir qazib olishning qisman mexanizatsiyalashgan davridir. 
Bu davr 1945 yillargacha bo’lgan davrni uz ichiga oladi. Bu davrdagi mashinalar 1 
m dan ziyod qamrovchi qirqish va qirqib-ag’darib beruchi kombaynlar ishlatilgan 
(Kirovets, Donbass-1 G, LGD-2M), bo’laklarga bo’lib suriladigan bir zanjirli 
konveyerlar qo’llanilgan. Bu mashinalar ko’mir qatlamini kichik tezliklarda (0,1-
1m/min) faqat bir tomonlama xarakatlanib qazib olgan. Boshqa yordamchi 
jarayonlar mexanizatsiyalashmagan bo’lgan. 
2-bosqich. Ko’mir qazish mexanizatsiyalashgan bo’lib, keng qamrovchi 
mashinalar urniga tor qamrovchi kombaynlar (0,5-1 m), katta tezliklarda (0,5-0,7 
m/sek), qirquvchi va yuruvchi kombaynlar, bo’laklarga bulinmasdan suriladigan 
konveyerlar qo’llanilgan. Bunday kombaynlar: MK-67, K-101, 2K-52, BK-52, 
KSH-1KG kabi kombaynlar ishlab chikarilgan. 
3-bosqich. Kompleks mexanizatsiyalashgan, qisman avtomatlashtirilgan. 
Bu bosqichda uzi suriladigan mexanizatsiyalashgan gidravlik mustaxkamlagichlar 
qo’llanilgan. Bunday komplekslarga «Donbass», «KM», «OMKTM», «MK», 
«KTU» kabilar kiradi. 


4-bosqich. Ko’mirni agregatlar yordamida qazib olish davridir.Barcha 
yordamchi jarayonlar tula mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtrilgan. Bunday 
agregat komplekslar doimo odam turmasdan ishlay oladi. Bunga A-3 va SA 
agregatlari misol buladi. 
Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, uni 
transport vositasiga yuklash, tashish, yer yuziga chikarish, foydasiz kon jinslari 
agdarmasini hosil qilish va boshqa jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan ishlar majmui - 
kon ishlari deyiladi. Ushbu jarayonlarda ishlatiladigan barcha mashina-mexanizmlar 
bir-birlari bilan uza'ro texnologik bog’liqlikka egadir. 
Foydali qazilmani qazib olishga tayyorlash ishlari: yer osti konlarida - tayyorlov 
laximlarini ugish, shpurlar hosil qilish; ochik konlarda - koplama tog jinslarini olib 
tashlash, qazib olinuvchi bloklarda skvajinalar xosil qilishdan iboratdir. Bu 
texnologik jarayonlarni uz vaktida sifatli bajarish uchun albatta mos texnik tavsifga 
ega bulgan mashinalar va uskunalarni ishlatish talab etiladi. Xuddi shuningdek, 
foydali qazilmani massivdan ajratib olish yoki qazib-yuklash, tashish ishlarida 
ishlatilayotgan elektromexanik vositalar kam kon korxonasi texnologik zanjiriga 
mos kelishi lozimdir. Bu iborani oddiy kilib quyidagicha tushuntirish mumkin. 
Masalan, qazib-yuklash va tashish tizimini olib karaylik. Foydali qazilmani qazib 
olayotgan kombayn yoki ekskavator katta unumdorlikli bulsada, tashish mashinasi 
kichik kuvvatli yoki unumdorlikka ega bulsa, bunda tashish ishlari orkada kolib 
ketadi, kon mashinasi esa bush turib koladi va aksincha. Shuning uchun kon 
korxonasida ishlatilayotgan xar bir mashina uz texnologik zanjirida xar taraflama 
bir- biriga mos kelishi talab etiladi. 
Ko’mirni qazib olish jarayoni kon maydonini tayyorlashdan tortib to qazib 
olingan ko’mirni iste'molchiga junatishgacha bulgan uzluksiz texnologik sikldan 
iborat bulib, bu jarayonlarda ishlatiladigan mashinalar va uskunalar funksional 
belgilarga karab bir nechta toifalarga bulinadi. 
1 .Yordamchi yer osti lakimlarini utuvchi mashina va kompleks uskunalari. 
2. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi mashina va kompleks uskunalari. 
3. Yer osti va usti transport mashinalari va komplekslari. 
4. Yuk kutaruvchi, shamollatuvchi, suv chiqaruvchi va pnevmoenergiyaberuvchi 
turg’un mashinalar. 
5. Boyitish korxonalarining mashina-mexanizmlari. 
6. Energetik uskuna va apparatlar. 
O‘zbekistonda konchilik sanoatining taraqqiyoti 1927-1930 yillardan foydali 
qazilma konlarini qidirib topish, tarkiblarini va zaxiralarini aniqlashdan boshlangan. 
Keyin Toshkent, Jizzax, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, 
Surxondaryo, Navoiy viloyatlarida yoqilg‘i. rangli, qora metallarning qazib oluvchi 
ochiq va yer osti konlari qurilib ishlab chiqarishga topshirildi va aytilgan foydali 


qazilmalarni kavlab olish yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga bir necha boyitish 
fabrikalari ham qurilib ishga tushirib yuborildi. Bu konlarning barchasida asosiy 
bo‘lib elektr energiya hisoblanadi. Hozirda bu konlarda zamonaviy mexanizatsiya 
vositalari, elektr uskunalari va qurilmalari qo‘llaniladi. Ular zamonaviy elektr 
ta'minoti tizimi orqali elektr energiya bilan ta'minlanadi. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston respublikasida konchilik sanoatlarning keng 
ko‘lamli va eng rivojlangan sohalarida biri hisoblanadi. Bunga sabab har bir 
viloyatda qattiq, suyuq, gaz foydali qazilmalarining bir necha turi mavjud. Bu 
qazilma boyliklar yirik ishlab chiqarish birlashmalari, jumladan O‘zbekko‘mir AJ, 
OKMK OAJ, NKMK DK, Dehqonobod DUK, Neft va gaz ...., larning tarkibiga 
kiruvchi viloyatlardagi ochiq va yer osti konchilik korxonalaribda kavlab olinadi. 
Konchilik sanoati rivojlanishi bilan bir qatorda qo‘llaniladigan yuritmalarning va 
energiyalarning turlari ham o‘zgarib kelgan. 
Foydali qazilmalarni kavlab olishning ilk davrida odamlar o‘z kuchlaridan 
foydalanishgan. Qazish uchun oddiy ish qurollaridan jumladan bolg‘a, lom, tesha, 
ketmon, kirkalardan foydalanishgan. Tashish uchun qoplar. Zambillar, 
zambilg‘altaklar ishlatilgan. Vaqt o‘tgandan keyin, tashish va ko‘tarish jarayonlari 
uchun ot va eshaklardan foydalanishgan. Konchilik korxonalarida maxsus 
og‘ilxonalar bo‘lgan. Keyinchalik odamlar shamolning va suvning kuchidan 
foydalanishni o‘rgandilar va bu turdagi energiyalarni ko‘tarish jarayonlari uchun 
ishlata boshladilar. Keyinchalik bug‘ mashinalari ichki yonuv dvigatellari ixtiro 
qilingandan keyin bulardan tashish ishlarida foydalanilgan. Shu bilan birga qazish 
ishlarida katta bosimli xavo energiyasidan foydalanilgan. 1883 yili akademiklar 
B.S.Yakobi va E.X.Lenslar tomonidan o‘zgarmas tokdvigateli yaratiladi. 1889-1890 
yillarda olim va muxandis M.O.Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali o‘zgaruvchan tok 
tizimini so‘ngra asinxron dvigatelni ixtiro qildi. 
Konchilik sanoatida elektr energiyasi XXI asrning oxirida Rossiya, AQSH, 
Angliya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlarda qo‘llanila boshladi. Bunda asosan 
elektr energiyasi yoritish asboblari, suv haydash nasoslari va transport vositalarining 
yirik bo‘lmagan elektr yuritmalari uchun ishlatilar edi. XIX asrning oxirida va XX 
asrning boshlarida sanoatning rivojlanish va ayniqsa temir yo‘llarning qo‘llanilishi 
ko‘mir va rudalarga bo‘lgan ehtiyojni tobora oshirdi. O‘z navbatida ko‘mir, temir, 
rangli va boshqa qazib olish keskin ortishi qo‘l mexnatidan mashinalar vositasida 
kavlab olishga o‘tishni taqozo qila boshladi. Natijada konchilik sanoatining ochiq 
va yer osti korxonalridagi asosiy va yordamchi jarayonlarni bajarish uchun tegishli 
mexanizm va mashinalar ishlab chiqarilib, ulardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yila 
boshlaydi. Albatta bularda yuqorida aytilgandek eng qulay va tejamli elektr 
yuritmalar qo‘llanilib elektr energiya ta'minoti tizimi ham rivojlanadi. 


Hozirgi zamonaviy ochiq va yer osti konchilik korxonalari hamda boyitish 
fabrikalarini, mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirishsiz tasavvur qilish mumkin 
emas. Bu korxonalardagi barcha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jaryonlarini 
bajarishda tegishli kon, transport, yuklash-bo‘shatish mashinalari, yuk ko‘tarish 
mashinlari, ventilyator, nasos, kompressor qurilmalaridan foydalaniladi. Bu 
vositalarning beististno hammasi elektr yuritmalar bilan ishlatiladi, ularning turli 
vazifalarni bajaradigan elektr uskunalari bor va ularni elektr energiya bilan 
ta'minlash uchun elektr ta'minoti tizimi ishlatiladi. 

Download 219.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling