1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish
- Mavzu. Turg’un mashinalarni boshqarishda va ularga xizmat ko`rsatishidagi xavfsizlik
Download 172.62 Kb.
|
xavsizlik metodichka
13 - Mavzu. Turg’un mashinalarni boshqarishda va ularga xizmat ko`rsatishidagi xavfsizlik
4.2.1.Barcha shaxtalarda sun’iy ventilyatsiya bo’lishi kerak. 4.2.2. Ish paytida qazilmagohlarda zaharli gazlarning mavjudligi yoki havo sifati mazkur Qoidalarning 133-bandida belgilangan me’yorlardan pasayganligi aniqlanganda, shuningdek shamollatish jarayoni buzilganda ushbu qazilmagohlarda bo’lgan odamlar zudlik bilan toza havoga olib chiqilishi kerak. SHamollatilmaydigan qazilmagohlar panjarali to’siqlar bilan bekitilishi kerak. Bekitilgan qazilmagohlarda undagi havo tarkibi belgilangan me’yorlarga yetkazilgandan keyingina ishlarni davom ettirishga ruxsat etiladi. Portlatish ishlaridan keyin shamollatiladigan qazilmalar «Kirish ta’qiqlanadi, zaboy shamollatilyapti» yozuvli ogohlantiruvchi anshlag bilan to’silishi kerak. 4.2.3. Odatda, mustaqil shamollatiladigan ikkita yondosh shaxtani bitta ventilyatsiya tizimiga birlashtirish ta’qiqlanadi. Bitta yoki bir nechta yer osti qazilmagohlari bilan o’zaro birlashtirilgan mustaqil shamollatiladigan yondosh shaxtalar bir-biridan mustahkam ventilyatsiya inshootlari (ventilyatsiya eshiklari, kashaklar, shlyuzlar va h.) bilan izolyatsiyalanishi yoki har bir shaxtaning barcha qazilmagohlari ularga taqsimlanadigan havo oqimlari yo’nalishi va havo miqdorini belgilab beruvchi va yagona ventilyatsiya boshlig’iga bo’ysunuvchi umumiy ventilyatsiya tizimiga qo’shilishi kerak. Bunday shaxtalar uchun yagona avariyalarni bartaraf etish rejasi tuzilishi kerak. 4.2.4. Elektrovozlarning akkumulyator batareyalarini zaryadlash kameralari va portlovchi moddalar omborxonalari alohida toza havo oqimi bilan shamollatilishi kerak. Quyidagi sharoitlarda kon boshqarmasi (kombinat, trest) bosh muhandisining ruxsati bilan elektrovoz deposi uchun alohida shamollatilmaydigan zaryadlash kameralarini qurish ruxsat etiladi: a) bir vaqtning o’zida tirkalgan holdagi vazni 5 t gacha bo’lgan ko’pi bilan uchta elektrovoz akkumulyator batareyasi yoki normal turdagi bitta batareya zaryadlanganda; b) batareyalarni zaryadlash paytida vodorod eng ko’p ajralib chiqadigan vaqtda bunday kameralar orqali boshqa qazilmalarga kiradigan havo oqimi tarkibidagi vodorodning miqdori ko’pi bilan 0,5% bo’lganda; v) havo tarkibi vodorod miqdori bo’yicha muntazam tahlil qilinganda. Barcha mashinalar va transformator kameralari toza havo oqimi bilan shamollatilishi kerak: bunda uzunligi 6 m gacha bo’lgan kameralarni ulardagi panjarali eshik bilan jihozlangan kirish joyi kengligi kamida 1,5 m bo’lganda diffuziya hisobiga shamollatish ruxsat etiladi. Ayrim hollarda kon boshqarmasi (shaxta) bosh muhandisining ruxsati bilan bunday kameralarni, agar ulardagi metan miqdori 0,5% dan oshmasa va havo oqimida zaharli gazlar bo’lmasa, chiquvchi havo oqimida qurish ruxsat etiladi. 4.2.5. Bitta vertikal yoki qiya shaxta stvolidan bir vaqtning o’zida kiruvchi va chiquvchi havo oqimi o’tishi uchun foydalanish ta’qiqlanadi. Istisno tarzida stvollar (shtolnyalar) va stvol oldi qazilmagohlarini kovlash paytida ular boshqa stvol yoki ventilyatsiya sboykasiga tutashgunga qadar bunga ruxsat etilishi mumkin. Bunday hollarda stvol (shtolnya) da tegishli diametrli ventilyatsiya quvurlari joylashtirilishi kerak. 4.2.6. Havo harakatlanayotganda uning chiqib ketishini oldini olish uchun quyidagi choralar qabul qilinishi kerak: a) tozalash va tayyorlash ishlari jarayoni oldinga surilishi natijasida ishlatish zaruriyati qolmagan boshqa qazilmalarni havo o’tkazmaydigan kashaklar bilan bekitish; b) foydali qazilmalarni tselik qoldirmasdan kovlab olishda otkatka qazilmalari ustida havo o’tmasligini kafolatlovchi bo’sh kon jinslari yoki ruda yordamida zich to’shama hosil qilish; v) kiruvchi va chiquvchi havo oqimlari o’tadigan qazilmagohlar o’rtasida gil, ohak yoki ohak qorishma yordamida churak yoki tosh kashaklar o’rnatilishi; g) kashaklar kamida bir haftada bir marta ko’zdan kechirilishi. SHunga o’xshash chora-tadbirlar eski qazilmalar orqali havo chiqib ketishini oldini olish uchun ham qo’llanilishi lozim. 4.2.7.. Ishlab turgan tayyorlov va tozalash zaboylariga toza havoni uyumlar va o’pirilishlar orqali olib kirish, shuningdek ulardan havoni chiqarish ta’qiqlanadi. Bu cheklov avariyalarni bartaraf etishda bajariladigan vaqtinchalik ishlarga joriy etilmaydi. 4.2.8. SHaxta ventilyatsiyasi alohida blok va kameralar umumiy shaxta depressiyasi hisobiga bir-biriga bog’liq bo’lmagan ravishda shamollatilishini va zaruriyat tug’ilganda ayrim blok va kameralarni boshqa bloklar, kameralar, uchastkalarga ta’sir qilmasdan umumiy tizimdan uzib qo’yish imkoniyatini ta’minlagan holda amalga oshirilishi kerak. Tozalash inshootlarida havoni qayta taqsimlash uchun ayrim hollarda «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan holda mahalliy shamollatish ventilyatorlaridan foydalanish ruxsat etiladi. Ayrim hollarda ko’pi bilan ikkita tozalash kamerasi (blok, lava) ni ketma-ket shamollatish ruxsat etilishi mumkin. Bunda ikkinchi kamera ham sifatli havo bilan ta’minlanishi uchun zarur choralar (qo’shimcha toza havo oqimi, suv sepish, suv tumani, to’siqlar) qabul qilnishi lozim uchun. Ayrim hollarda konlarni kamera-ustun tizimlari yordamida va qatlam-qatlam ko’chirib qazib olishda tozalash zaboylarini mahalliy shamollatish ventilyatorlari bilan shamollatish ruxsat etiladi. 4.2.9. Havoning harakat tezligi 4 m/s dan yuqori bo’lganda qazilmalar bir-biriga o’tmas burchak ostida yoki qayrilma ko’rinishida tutashtirilishi kerak. 4.2.10. Gazli shaxtalarning berk qazilmalarini diffuziya hisobiga shamollatish ta’qiqlanadi. Gazsiz shaxtalarda 10 m gacha uzunlikdagi ishlab turgan boshi berk qazilmalarni diffuziya bilan shamollatish ruxsat etiladi. Download 172.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling