1-mavzu kirish. Maxsus va ixtisoslashgan traktorlar. Traktorsozlikda ushbu yo’nalishning rivojlanish tarixi. Ixtisoslashgan traktorlarga qo’yiladigan alohida ekspluatatsion talablar kirish


Download 18.75 Kb.
bet4/5
Sana08.11.2023
Hajmi18.75 Kb.
#1757649
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu kirish. Maxsus va ixtisoslashgan traktorlar. Traktorsozl-fayllar.org

Maxsus traktorlar 
Ayrim ishlab chiqarish tarmoqlarida mobil quvvat talab qiluvchi ishlar
xususiyatlari faqat shu tarmoq ishlarini bajaruvchi har xil sinfdagi maxsus
traktorlarning yaratilishini taqozo kilgan. Bu esa traktorsozlikda nisbatan yangi
yo’nalish paydo bo’lishiga olib kelgan. Bu yunalishda asosiy e'tibor mavjud traktorlarni
takomillashtirish yoki ularning imkoniyatlarini oshirishga emas, balki bajarilishi lozim
bo’lgan ish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakat shu tarmoqda ishlatishga
mo’ljallangan mobil quvvat vositasini yaratishga qaratiladi. Shuning uchun bunday
traktorlar sanoat traktorlari deb ham ataladilar.
Sanoatning maxsus mobil quvvat vositalaridan foydalanish ko’proq talab qilinadigan
tarmoqlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1.Tog’-kon geologiyasi tashkilotlari;
2.Yo’l qurilishi va ta'miri hamda ayrim umumqurilish ishlari bilan
shug’ullanuvchi tashkilotlar;
3.O’rmon sanoati hamda o’rmon xo’jaligi ishlari bilan shug’ullanuvchi
tashkilotlar;



4.Turli maqsadlarda yangi yerlarni o’zlashtirish bilan shug’ullanuvchi


tashkilotlar;
5.Shahar kommunal xo’jaligi tashkilotlari va b.
Maxsus va ixtisoslashgan traktorlar quyidagi asosiy belgilari bilan tasniflanadilar:

Qo’llanilish sohasi vazifasi va ixtisoslashuvi bo’yicha 

a)qishloq xo’jaligi; Ekin turi va ishlash sharoiti bo’yicha: ixtisoslashgan qishloq 
xo’jaligi traktorlari: paxtachilik traktorlari, uzumchilik, lavlagichilik, tamaki yetishtirish,
sholichilik, urug’chilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik, issiqxonalarda ishlatiluvchi,
chorvachilik, qiyalikda ishlatiluvchi, kichik o’lchamli traktorlar va motobloklar.
1.1-rasm.Qishloq xo’jaligi ishlari uchun ixtisoslashtirilgan traktorlardan namunalar: a-paxtachilikka 
ixtisoslashtirilgan MTZ-80K uch g’ildirakli traktori; b-qiyalikda ishlashga moslashtirilgan MTZ-82 K 
traktori; c- choy yetishtirish va tamakichilikda ishlatiluvchi o’zyurar shassi; d- T-70 C-tor koleya va 
zanjirli lavlagichilik traktor 


Bulardan tashqari qishloq xo’jaligida mashina va qurollarni old tomoniga osish


mumkin bo’lgan traktorlarning alohida turi-o’zi yurar shassilardan (O’Ush) ham
foydalaniladi.
b)sanoat: Bulduzer va yuklagich bilan jixozlangan, yer tekislash uchun
mo’ljallangan umummaqsadlardagi traktorlar; zaif tuproq sharoitida yer tekislash va
melioratsiya ishlarini olib borishga mo’ljallangan botqoqda yura oluvchi traktorlar;
c)Ish turi va ishlash sharoitiga qarab ixtisoslashtirilgan traktorlar:
Ortgichlarva buldozer bilan jihozlangan-ortish, yertekislash, tuproq eltish ishlari
uchun traktorlar;
Magistral o’tqazgich, quvurlarini yotqizish, mantaj qilish va joylashtirilishini
mexanizatsiyalash uchun quvur joylashtirgich traktorlar;
Tog’-kon qazilma ishlari olib boriladigan tor sharoitlarda ishlovchi yerosti 
traktorlari (shaxtalar, tunnel qurilishishlari);
Tor sharoitlarida kichik hajmli yer kovlash va tozalash ishlarini bajaruvchi- kichik
hajmli traktorlar.

Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling