birlashtirish, shu o‘simliklardan tug‘ri foydalanish, ularni tug‘ri kartalashtirish va ular uchun mos
bo‘lgan maydonlarni to‘g‘ri rejalashtirish kabi masalalarni hal etishda katta amaliy ahamiyatga
ega. Assotsiatsiyalarni ilmiy jihatdan o‘rganish o‘simliklardan tug‘ri
va ratsional foydalanishga
yordam beradi.
Fitotsenologiya floristika bilan yaqindan aloqada bo‘lib,
uning asosiy maqsadi biror
geografik sharoitdagi o‘simlik turlari majmuini tuzishdan iborat. Flora— (lotincha flora — gul)
ya’ni tur va undan katta bo‘lgan taksonomik birliklar to‘g‘risidagi ma’lumot. Floristika
ma’lumotlari fitotsenologiyada va sistematikada keng qo‘llaniladi.
O‘simliklar geografiyasi Yer yuzidagi o‘simliklar (tur, turkum, oila) hamda o‘simliklar
uyushmalarining yer yuzi bo‘ylab tarqalishi va taqsimlanishi qonuniyatlarini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: