№7.Quyida berilgan qo‘shimchalar yordamida yasalgan sohaga oid terminlarga misollar yozing.
-ma: eritma, to‘qima, cho‘kma, birikma, aralashma, …
-simon: ipsimon, lentasimon, ...
-lik: …
-chilik: …
-iy/-viy: …
-qi: …
-li: …
-g‘ich: …
-dor: …
-(u)vchi: …
№8. Quyida berilgan matn tarkibida qo‘llangan terminlarni imlo qoidalari bo‘yicha to‘g‘rilab ko‘chiring.
Antitilalar maxsus oqsillar imunaglabulinlar bo‘lib, xayvon organizimida antiginlar ta’sirida hosil bo‘ladi va ular bilan bog‘lanish xususiyatiga ega.
Antitilalar asosan zardop oqsillarini ɤ-glabulin firaksiyasi bilan bog‘langan bo‘lib, kamroq β-glabulinlarda bo‘ladi. Albumenda ular uchramaydi.
Imunaglabulinlar qon pilazmasi oqsillarning 15-20% ini tashkil etadi. Gamaglabulinlar tarkibiga 18 xil aminakislotalar kiradi, asosiylari oksiaminakislatalar, dikarbanaminakislotalar, gilutamen va aspargin aminakislatalar, tusanin, seren va valen.
№9.Quyida berilgan izohlar ostida yashiringan terminlarni aniqlang.
1.Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko'paytirish, kengaytirish.
2.Zamonaviy talab va didga moslab o'zgartirish.
3.Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi; ijtimoiy-siyosiy hayotni taraqqiy qildirishni, shuningdek, boshqaruv uzoq muddatli, to'g'ri va istiqbolli rejalashtirish.
4.Demokratik davlatlarda, asosan, saylov yo'li bilan tuziladigan oliy vakillik va qonunchilik organi.
5.Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan
rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki muayyan masaladagi xulosalarini qisqacha
bayon etish maqsadidagi uchrashuvi.
Foydalanish uchun so‘zlar: diversifikatsiya, modernizatsiya, strategiya, parlament, brifing.
№10.Quyida berilgan matndan terminlarni topib, uning talab qilingan xususiyatlarini aniqlang va shu asosda berilgan jadvalni namunadagidek to‘ldiring.
Gemoglobin va uning xossalari
Qonning shaklli elementlarini eritrotsitlar, leykotsitlar hamda trombotsitlar tashkil etib, ularning asosiy massasi eritrotsitlardan iboratdir. Eritrotsitlarning kimyoviy tarkibi qon plazmasining kimyoviy tarkibiga oʻxshash, lekin ularning tarkibiga kiradigan moddalar miqdor jihatidan farq qiladi. Eritrotsit tarkibida glyukoza va natriy nihoyatda oz, kaliy elementining miqdori esa qon plazmasidagiga nisbatan 20 baravar ortiq. Eritrotsitlarning 60-68% i suv boʻlib, tarkibidagi oqsillarning asosiy massasini, ya’ni 41% ini gemoglobin tashkil etadi. Gemoglobin molekulasi toʻrtta polipeptid zanjiridan tashkil topgan. Ularning ikkitasi 141 ta aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan α-polipeptid zanjirlaridan va ikkitasi 146 ta aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan β-polipeptid zanjirlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |