1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 1.53 Mb.
|
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi.
- Mustahkamlash uchun mashq va topshiriqlar №1.
-li, -lik, -g‘ich, -qi, -dor, -uvchi, -chi, - simon, -chilik, -iy/-viy, -ma kabi so‘z yasovchi qo‘shimchalar veterinariya tarmoqlarida faol qo‘llaniladi. Masalan: oʻtkazuvchanlik, naslchilik, namgarchilik, ishqoriy, kimyoviy, erituvchi, tayoqchasimon, toʻqima, achitqi, kislotali, kattalik, ishqorli, kimyoviy ishlov, so‘rg‘ichli, yelpig‘ichsimon, bijg‘ituvchi, o‘zgauvchanlik, sterillash, qoramolchilik, qo‘ychilik, mahsuldorlik, oziqlantirish va h.k.
Ilmiy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi. O‘zbek tilning terminologiyasida yakka so‘zli terminlarga nisbatan birikmali, ya’ni tarkibi ikki yoki undan ortiq so‘zlardan tashkil topgan terminlar salmoqli o‘rinni egallaydi. Buning sababi nimada? Buning sababi shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan birikmali terminlar barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham muhim nominativ manba sanaladi, ularda ifodalanayotgan narsaning yoki tushunchaning belgisi shundoqqina bilinib turadi, ular bilishsizlikdan bilish sari harakat jarayonida ijtimoiy amaliyot ma’lumotlarini mustahkamlashda “so‘zdan iborat to‘siq”ni oshib o‘tishga, ya’ni sintaktik birlikdan leksik birlikka o‘tishga yordam beradi. Masalan, mikrobiologiya, fotodinamika, ultrabinafsha, polimer, monomer, dezoksiriboza, biopreparat kabi chetdan kirgan qo‘shma so‘z shaklidagi terminlar tilimizga faol o‘zlashib, bir so‘zga aylangan; nuklein kislota, organik asos, genetik birlashuv, geogafik tarqalish, antigen tarqalish, hayvon patalogiyasi, molekulyar biologiya, gen injinerligi, yuqumli bronxit kabilarni birikma shaklidagi terminlarga kiritish mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, sintaktik usul bilan termin yasalishi deganda so‘z birikmasining so‘zga aylanishi tushuniladi. Til taraqqiyoti jarayonida ma’lum bir so‘z birikmasi yagona leksik ma’no kasb etishi natijasida sintaktik birlikdan leksik birlikka aylanadi. Ya’ni birikma xarakteridagi terminlar nominativ vazifani bajarib, bir yagona termin shakliga o‘tadi. Bu hodisa sohaga oid tarixiy terminlarning yasalishida ham faol bo‘lgan. Masalan: bo‘tako‘z (gul), otquloq, echkiichak, echkisoqol, eshakmiya, chumchuqtil, ho‘kiztili... itburun (o‘simlik), mingboshi, ellikboshi, yuzboshi, qozikalon, mirzaboshi kabi qo‘shma so‘zlar shu yo‘l bilan yuzaga kelgandir. So‘z hosil bo‘lishining bu usuli leksikalizatsiya usuli deb ham yuritiladi. Birikma holidagi terminlar shu qadar ko‘p va yasalish jihatdan xilma-xil ko‘rinishlarga egaki, ularning tarkibi ikki va undan ortiq so‘zlardan iborat bo‘ladi. Masalan: oziq-ovqat xavfsizligi, yem-xashak yetishtirish, yo‘g‘on ichak, garmonal o‘zgarish, sun’iy detergent, oʻsimliklar himoyasi kabilar ikki so‘zdan iborat birikmali termin hisoblansa, oshqozon osti bezi, katta qon aylanish sistemasi, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi, moʻynali hayvonlar kasalliklari kabi bir qancha terminlar uch va undan ortiq so‘zdan iborat terminlar hioblanadi. Demak, birikma terminlar ikki xil bo‘ladi: Yig‘iq birikmalar – ikki qismli birikmalar: shilliq to‘qima, orqa miya, qizil ilik, sinusoid kapillyar Yoyiq birikmalar – bular uch va undan ortiq mustaqil leksemalardan tarkib topadi: a) uch qismli birikmalar: qayta aminlanish jarayoni, mineral moddalar almashinuvi, biriktiruvchi yumshoq to‘qimasi; b) to‘rt qismli birikmalar: tebranuvchi tukchalarga ega hujayra; tayoqchasimon o‘zakli duksimon hujayra. Tuzilishi jihatidan birikma terminlar tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: - ot+ot: yem-xashak ekinlari, hayvonlar biokimyosi, oqsil sintezi, sut zardobi; - sifat+ot: ikki fazali mushak, yirik shoxli mollar, zaharli moddalar, oqsilli birikmalar, azotli birikmalar, genetik kod; - ot+harakat nomi: ishlov berish, moddalar almashinuvi, to‘qimalar qisqarishi. Qo‘shma terminlar ham qo‘shma so‘zlar kabi o‘z qatlam so‘zlaridan, boshqa til materiallaridan hamda har ikkala manbaning o‘zaro qo‘shilishidan yasaladi. O‘zbek tili materiallari asosida yuzaga kelgan qo‘shma terminlar asosan umumiste’moldagi tayyor qo‘shma so‘zlarning ilmiy termin yoki nomen sifatida terminologik tizimlarga qabul qilinishi mahsulidir. Demak, qo‘shma terminlarning komponentlari genetik materialiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishi mavjud: 1) bir tildagi qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar: tabiiy oziqa, umumiy holsizlik, to‘qimalar kesmasi, nafas olish zanjiri, yog‘larning hazmlanishi 2) turli tillarga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar: vitaminsimon moddalar, biologik kod, monoaminodikarbon kislota Terminlar o‘z va o‘zlashma bo‘ladi. O‘zbek tiliga boshqa tillardan o‘tgan terminlar o‘zlashma terminlar hisoblanadi. Masalan, butan, kavalent, efir, kislota kabi terminlar o‘zlashma qatlamga mansub bo‘lsa; kuchlanish, tuz, eritma, oshqozonosti bezi kabi terminlar o‘z qatlamga mansub hisoblanadi. Mavzuga oid savollar 1.Terminlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 2.Termin yasashning qanday yo‘llari mavjud? 3. Morfologik usulda termin yasashga izoh bering. 4. Sintaktik usulda termin yasashga izoh bering. 5.Yig‘iq va yoyiq birikmali terminlarni izohlang. Mustahkamlash uchun mashq va topshiriqlar №1. Quyida berilgan terminlarni mos kataklarga joylashtiring.
Miksedema, atom, zaryad, tok kuchi, oq she’r, amper, volt, Nyuton qonuni, molekula, zo‘ravonlik, anod, limit, qiynash, inflatsiya, elektron pul, kapital, tayinlash, biznes reja, bankrot, balans, daromad, sof foyda, tannarx, nikoh shartnomasi, tuzlar, yollanish, butan, katalizator, zichlik, avagadro qonuni, trilogiya, epopeya, kavalent bog‘lanish, jinoyat, vazn, aruz, sarbast, ramal, kuchlanish, o‘g‘irlash, tuyuq, qit’a, tahqirlash, lirika, epos, felyeton, atom, elektron, bosim, o‘zlashtirish, murakkab efir, biosfera, aldash, zoologiya, kapsid, epiderma, bektoz, vena, qo‘rqitish, aorta, tos suyagi, oshqozon osti bezi, leshmaniya, traxeya, tur, oziq zanjiri, biotik omillar, majburlash. №2.Ushbu matndan terminlarni ajratib yozing va tuzilish turiga e’tibor bering. Viruslarning kimyoviy tarkibi Viruslar 2 ta katta guruhga bo‘linadi. Oddiy viruslar va murakkab viruslar. Oddiy viruslar – neklein kislotada va bir nechta kodlovchi polipeptidlardan iborat. Murakkab viruslar – o‘zining tarkibida lipidlar, ugevodlar saqlab bular kodlanish jarayonida hosil bo‘lmay balki hujayralardan sintezlanadi. Nuklein kislotalar – oqsillar kabi barcha tirik mavjudotlar tarkibida bo‘ladi. Oqsillar bilan NK birgalikda bu ikkalasini nukleoproteidlar deb ataladi. Oqsil va NK nisbati nukleoproteidlarda har xil bo‘lishi mumkin. NKlar va oqsillar bir-biri bilan uzviy chambarchas, bog‘langan: nuklein kislotasiz oqsil sintezlanmaydi shu o‘rinda oqsil fermentlarisiz nuklein kislota sintezlanmaydi. Nuklein kislotalar oqsillarga o‘xshab uglerod, kislorod, vodorod, azot va fosfordan iborat. NK molekulalari har xil nisbatda 4 tipdagi nukleotidlardan iborat. Nukleotidlar molekulasi shu o‘rinda 3 ta mayda bir birovi bilan birlashgan uglevod, fosfor kislotasi va organik asoslardan iborat. №3. Jadvalni to‘ldiring (alohida ustunlarga sohaga oid atamalar yozing).
Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling