Ra’nodoshlar oilasi – Rosaceae. Itburun na’matagining tuzilishi
Download 249.02 Kb.
|
Раънодошлар оиласи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klassifikatsiyasi
- Na’matak - Rosa
Ra’nodoshlar oilasi – Rosaceae. Itburun na’matagining tuzilishi Bu oila 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta dan ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra ularga o’tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi. Barglari ketma-ket o’rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. To’pgullari har xil. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, asosan murakkab gulqo’rg’onli, gulqo’rg’on bo’laklari 5 tadan (ba’zan 4-6 tadan). Gultojibarglari tutashmagan, changchilarining soni turlicha, odatda ko’p bo’ladi. Gulo’rni yassi, likopchasimon yoki bo’rtgan, ba’zan mevasiga qo’shilib o’sib, soxta meva hosil qiladi. Urug’chisi bitta yoki bir nechta mevabargdan iborat. Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Gul formulasi: Ca5Co5A∞ G(1,5,∞). Mevalari turlicha, ular orasida danakli chin meva, yong’oqcha, pista, to’p meva, soxta meva, rezavor meva va boshqalar bor . Oila vakillari asosan urug’idan ko’payadi, vegetativ yo’l bilan ko’payadiganlari ham bor (atirgul, qulupnay va boshqalar). O’rta Osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, O’zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o’sadi. Oila generativ va vegetativ a’zolarining belgilariga ko’ra 7 ta oilachaga bo’linadi. Bular orasida O’zbekistonda vakillari keng tarqalgan Tobulg’idoshchalar (Spiraeoideae), Ra’nodoshchalar (Rosaideae), Olmadoshchalar (Maloideae-Pomoideae) va Olxo’ridoshchalar (Prunoideae) oilachalari bor.
Ra’nodoshchalar oilasiga Maymunjon (Rubus), Na’matak (Rosa), Pochaqirqar (Hulthemia), Qulupnay (Fragaria) kabi turkumlar kiradi. Na’matak - Rosa turkumi 1-3 m balandlikdagi tikanli butalardan tashkil topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, yonbargchali. Gullari aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq pushti, sariq rangli, gulqo’rg’oni murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va urug’chilari ko’p. Mevasi soxta meva. Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan O’zbekistonda 13 turi tabiiy holda o’sadi va bir nechta turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Na’mataklar ichida itburun na’matak (R. canina) O’zbekistonda keng tarqalgan. Mevasi (gipantiya)dan dorivor xomashyo sifatida, urug’idan o’stirilgan ko’chatlaridan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Na’mataklar atirgullarning kelib chiqishidagi asosiy manba hisoblanadi (221-rasm). Na’matak mevasi tarkibida 4-6 %, ba’zan 18% gacha vitamin C, 0,3 mg % vitamin B2, K1, 12-18 mg % karotin, 18 % qandlar, 4-5% oshlovchi moddalar, 2 % atrofida limon va olma kislotalari, 3,7 % pektin va boshqa moddalar bo’ladi. Na’matak urug’ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo’ladi. Na’matak o’simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, na’matak mevasi konditer sanoatida mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo’llaniladi. Na’matak turlarining mevasidan karotolin preparati va na’matak moyi tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq etli qismining moyli ekstrakti bo’lib, tropik yaralar, ekzema (gush), eritrodermitning ba’zi turlari va yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, shikastlangan joyga qo’yiladi. Na’matak moyi maxsus usul bilan mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik yaralar, dermatozlar, sassiq dimog’, yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlarni davolash uchun ularga surtiladi yoki dokaga shimdirilib, qo’yiladi. 221-rasm. Itburun na’matagi (Rosa canina): 1-g’uncha, 2-guli va uni bo’ylama kesmasi, 3-kosachabarg, 4-urug’chi, 5-gul diagrammasi, 6-mevali novda, 7-mevaning bo’ylama kesmasi. Olmadoshchalar oilachasi Nok (Pyrus), Olma (Malus), Behi (Cydonia), Irg’ay (Cotoneaster), Do’lana (Crataegus) kabi O’zbekistonda keng tarqalgan va xalq xo’jaligi bilan uzviy bog’langan turkumlarni o’z ichiga oladi. Download 249.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling