1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 1.53 Mb.
bet26/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

Paramfistomatozlar yirik va mayda shoxli hayvonlar hamda yovvoyi kavsh qaytaruvchilarning o‘tkir yoki surunkali kechuvchi kasalligidir. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Paramphistomata kenja turkumiga mansub bo‘lib, parazitning voyaga etgan shakllari oshqozon oldi bo‘limlarida (katta qorinda, ba’zan to‘r qorinda), yosh parazitlar esa shirdin va ingichka ichakning shilliq pardasi ostida yashaydi. Uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchilarda 60 turdan ziyod parafistomatlar parazitlik qiladi.
Kasallikning o‘tkir kechishida 50-100% buzoqlar nobud bo‘ladi, surunkali shaklida hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi, ba’zan o‘lim kuzatiladi.

7. Berilgan so‘zlar ichidan tibbiyot (veterinariya) ga oid terminlarni ajratib, ularni alifbo tartibida yozing.


Karantin, limit, balans, epiderma, virus, dikroselioz, mikrobilogiya, mikroskop, mikoplazmatologiya, rikketsologiya, mikologiya, virusologiya, sterillash.

8. Turli fanlarda har xil ma’nolarni ifodalovchi terminlarga misol yozing va ma’nolarini izohlang.


Masalan, topshiriq, operatsiya.

9. Umumxalq tilida ishlatiladigan so‘zlarning veterinariya sohasiga o‘zlashgan namunalaridan topib yozing.


10. Lug‘atlardan foydalanib, quyida berilgan terminlarning ma’nosini yozing.


Veterinariya, suyak, muskul, mikroorganizm, hujayra, oqsil, DNK; marketing, brifing, korrupsiya, daromad, beysbol, azimut, imlo, madhiya.


Mavzuga oid testlar

1.Termin tushunchasiga izoh bering


A) Ishlatilish doiasi chegaralangan so‘zlar
B) Ma’lum hududdagina ishlatiladigan so‘zlar
C) Fan-texnikaning ma’lum sohasigagina tushunarli bo‘lgan so‘zlar
D) A va C
2. Terminlarni o‘rganuvchi soha ... deyiladi
A) virusologiya B)teologiya C) terminologiya D) B va C
3. Terminlar, odatda, … bo‘ladi. Jumlani to‘ldiring.
A) ko‘p ma’noli B) bir ma’noli
C) umumxalq tiliga xos D) barcha javoblar to‘g‘ri
4. Terminlar haqidagi xato hukmni belgilang.
A) Terminlar ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin
B) Terminlar ma’lum soha uchun xizmat qiladi
C) Terminlarning ma’nosi tilning barcha vakillari uchun tushunarli bo‘ladi
D) A va C
5. Veterinariyaga oid termin qo‘llanmagan qatorni toping.
A) immunologiya B) mikrobiologiya C) allergiya D) filologiya
6.Botanikaga oid atamalar qaysi qatorda berilgan?
A) milod, kalendar, hujayra B) kesma, arxeologiya, masal
C) urug‘chilik, o‘q ildiz, kurtak D) bahor, drama, teatr
7.Quyidagi izohlar ostida qaysi atama yashiringanini aniqlang. 1.Mashg‘ulot, ma’ruza (doklad) va sh.k. o‘tkaziladigan xona, bo‘lma. 2.Mashg‘ulot, ma’ruza va sh.k.ni tinglovchilar, shuningdek, radiotinglovchilar va teletomashabinlar.
A) dekanat B) auditoriya C) zal D) telegram
8.Qaysi qatordagi atama noto‘g‘ri izohlangan?
A) aksiya – hissa, aksioner – hissador
B) kanselyariya – idora, pechat – nashr
C) gimn — madhiya, tamojnya— bojxona
D) barchasi to‘g‘ri izohlangan
9.Qaysi qatordagi atama alifbo tartibida birinchi keltiriladi?
A) menejment B) lizing C) raketa D) telefon
10. Qaysi termin imlosi noto‘g‘ri berilgan?
A) bank, samolyot, kompyuter B) birja, marketing, sertifikat
C) manitoring, dizayin, audit D) globulin, fraksiya, aluminiy


Uy ishi

Kimyo va biologiya fanlariga oid 10 tadan termin tanlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.




Mustaqil ishlash uchun topshiriq

Quyidagi kabi “Venn diagrammasi” chizmasini shakllantirib, mavzuga oid ma’ruza ma’lumotlari asosida to’ldiring.




S
Farqli tomoni

Farqli tomoni


O‘xshash
tomoni
o’z Termin

7-mavzu. Terminlarning yasalishi
Reja :

  1. Terminlarning tuzilishga ko‘ra turlari.

  2. Morfologik usulda terminlar yasash.

  3. Sintaktik usulda terminlar yasash.




Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling