1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 1.53 Mb.
bet23/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

Uyadosh so‘zlar. Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar uyadosh so‘zlar deyiladi.
Tilimizdagi barcha so‘zlar ongimizda ma’lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so‘zlarning xotirada oson saqlanish va nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi. Uyadosh so‘zlarni sinonimlardan farqlash lozim, sinonimlar bir tushuncha doirasidagi so‘zlar bo‘lsa, uyadosh so‘zlar esa bir-biriga yaqin tushunchalar yig‘indisidir. Masalan, o‘simliklar: gul, maysa, chirmovuq, buta; uy hayvonlari: sigir, qo‘y, echki.
Variantdosh so‘zlar. Variantdosh so‘zlar (leksik dublet) – bir so‘zning tarixiy jarayon sababli ikki xil yozilish shakliga ega bo‘lishidir. Masalan, machit – masjid, boraver – bora ber, shabada – shabboda.


Mavzuga oid savollar
1.Omonimlar deb nimaga aytiladi va qaysi xususiyati bilan ko`p ma'noli so`zlardan o`zaro farq qiladi?
2.Paronimlar deb nimaga aytiladi?
3.Sinonimlik hodisasi qay ko`rinishlarda bo`ladi va sinonimik qator nima?
4.Antonimlar deb nimaga aytiladi va u qanday hosil qilinadi?
5.Uyadosh so`zlar qanday so`zlar va u qaysi xususiyati bilan sinonimlardan farqlanadi?


Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1. «Palak» so‘zining bir necha xil ma’nolari borligini bilib oling. Siz ham til, ter kabi so‘zlarning ma’nolarini ana shunday izohlab keling.

1. Palak. Ma’lum bir urug‘dan ko‘karib chiqib, yer yuzalab o‘sib, gullab hosil beradigan poliz o‘simligining tanasini bildiradi: qovun palak, tarvuz palak, bodring palak.


... So‘lg‘in palaklarda o‘smay qolib ketgan xomaklar yiltillab qolar, goh surmaday qorayib ko‘rinar edi.(A. Muxtor)
2.Palak. Polizchilar nutqida ba’zan qovun yoki handalak urug‘i tushunchasida ham qo‘llanadi. Masalan: Тo‘rt egat palak ekdim.
3.Palak. Xalqimiz urf-odatiga ko‘ra, qizlarni kuyovga uzatish uchun gul (kashta) iрakli matolar tayyorlanadi.
Iblisni rahbar deb qarshi oldilar,
Balki, sayladilar undan ham ortiq.
Poyiga iрakdan palak soldilar,
So‘ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq. (A. Oriрov)
4.Palak. «Parvoyi palak» iborasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik, e’tiborsizlik bilan qarash, beg‘amlik ma’nolari tushuniladi.
Atrofda bo‘layotgan voqealarga Mo‘ydinning parvoyi palak edi.
5.O‘xshatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. «Bir palakdan har xil xamak chiqadi deganlari rost ekan-da», dedi so‘fi yonidagilarga qarab.

2. Nuqtalar o‘rniga quyida berilgan ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib ko‘chiring.


1. Egilganga egilgin boshing yerga tegguncha, kekkayganga kekkaygin boshing ...ka yetguncha (osmon, ko‘k, samo). 2. ... o‘zadi, egri to‘zadi (to‘g‘ri, vijdonli, insofli). 3. Do‘st achitib gapiradi, ... kuldirib (yov, g‘anim, dushman). 4. ... avlod orzusi (yetuk, barkamol, raso). 5. ... do‘st ayrilmas (o‘lchovli, sanoqli, hisobli). 6. ...ga ayyor (muhayyo, shay, tayyor).

3. Yoq, karam, kuy, qo‘y, ot, kul, mushak, oy, bog‘, taxt, et, chang, son, shim, yot, tuz, sur, bog‘cha, terma, akademik, yoz, qur, yo‘q, yel, suz, soch, qovoq, olma, zang, un, es so‘zlari ishtirokida gaplar tuzib, ularning matndagi ma’nolarini izohlang.


4. Gaplarni o‘qing, shakldosh so‘zlarni aniqlab, izohlang.


1. Mashinaga hojat yo‘q. Ana, ko‘chada tramvay, trolleybuslar bor. Bor, toshingni ter! 2. Tushga qolmay yukimiz ot aravaga ortildi. Ahad Mirzo bo‘sh kelmay uning yo‘lini to‘sdi: — Tush pastga! (Sh. Xolmirzayev) 3. Osh totig‘i — tuz. (Maqol)

5.Nuqtalar o‘rniga ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘ying.


Spitamenning... (halok bo‘lganini, vafot etganini, o‘limini) ko‘rgan Iskandar hayajonga tushib:
— Bunday... (botir, jasur, qahramon) har yuz yilda bir marta... (tug‘iladi, dunyoga keladi, tavallud topadi), uni alohida izzat-hurmat bilan... (dafn etinglar, ko‘minglar), — dedi. (Mirka rim Osim)

6. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilib o‘qing. Ma’nosidagi farqqa diqqat qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.


Artish – tozalash Archish – po‘stlog‘idan ajratish
Ato – in’om, sovg‘a Ota – farzandli er kishi
Shoh – podsho Shox – daraxt shoxi
Bog‘ – mevali bog‘ Boq – qara, o‘stir

7. Berilgan maqollarni ko‘chiring. Antonimlarning ostiga chizing.


1. Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur. 2. Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor. 3. Bor maqtansa, topilur, yo‘q maqtansa, chopilur. 4. Do‘st achitib gapirar, dushman — kuldirib. 5. Yomonning yaxshisi bo‘lguncha, yaxshining yomoni bo‘l. 6. Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang, ko‘p eshitasan. 8. Oyoq kiyiming tor bo‘lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Erni er qilgan ham xotin, qaro yer qilgan ham xotin. 10. Qo‘y bir terining ichida necha ozib, necha semiradi. 11. Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.

8. Matn bilan tanishing. Noo‘rin qo‘llangan so‘zlami aniqlab, o‘miga quyida berilgan so‘zlardan maqbulini qo‘ying.


RUHIY MUAMMOLAR DAVOSI
Kitoblarning ruhiyatni muolajalashda ishlatilishi haqida tinglaganmisiz? Psixologlar o‘z mijozlariga kitoblar taklif qilishi, kitob orqali odam o‘z muammosidan chiqish ko‘yini topa olishi mumkin. Masalan, psixolog sizning muammongiz bilan tanishgach, aynan shu yoki shunga o‘xshash vaziyatga ro‘para kelgan odam haqidagi biografik yoki avtobiografik kitobni tavsiya qiladi. Kitobni o‘qib, qahramon bilan ma’lum bir yollarni bosib o‘tar ekansiz, sizga insayt (avval ma’lum bo‘lmagan yechimni birdan anglash)lar keladi.
Psixolog sizga istalgan janrdagi, ma’nodagi kitoblarni tav­siya qilishi mumkin. Detektiv va sarguzasht kitoblar real vaziyatdan chalg‘ishga yordam bersa, ilmiy-fantastik adabiyot esa aktivlik va tasavvurni quvvatlantiradi. Qadimiy asarlar umrdagi maqsadni aniqlashtirishga yordam beradi. Diniy-axloqiy kitoblar kishida sabr-qanoatni tarbiyalaydi. Yumor va satira janridagi asarlar ijobiy kayfiyat ulashib, psixologik himoyaga o‘rgatadi. Aforizmlar uyumi fikrlarni tartiblaydi va tiniqlashtiradi. San’at haqidagi kitoblar esa hasratda qolish hissini uyg‘otadi.
Kitob nafaqat bilim va dunyoqarashni o‘stirishda, balki ruhiyatimizda muvozanat o‘rnatishda ham nafli ekanini anglagandirsiz?

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling