To’qimalar o’limi. Qon aylanishining o’tkir buzilishi. Arterial emboliya. Klinik ko’rinishi, davosi. Arteriyalar o’tkir trombozi. Klinik ko’rinishi, davosi. Quruq va nam gangrena, mahalliy va umumiy davolash usullari
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
21-mavzu Taqdimot
To’qimalar o’limi. Qon aylanishining o’tkir buzilishi. Arterial emboliya. Klinik ko’rinishi, davosi. Arteriyalar o’tkir trombozi. Klinik ko’rinishi, davosi. Quruq va nam gangrena, mahalliy va umumiy davolash usullari. To'qimalarning mahalliy jonsizlanishi (o'limi) nekroz deb ataladi Etiologiyasi. To'qimalar mahalliy jonsizlanishining sabablari xilma-xil bo'lishi mumkin: To'qimalarning bevosita shikastlanishi; Qon aylanishining buzilishi oqibatida to'qimalarning yetarlicha oziqlanmasligi; Moddalar almashinuvi patologiyalari; Asab sistemasining zararlanishi. To'qimalarning bevosita zararlanish omillari quyidagilardir: Mexanik (ezilish, yorilish, yaralar); Termik (kuyish va sovuq oldirish); Kimyoviy (kislota, ishqor, boshqa zaharli moddalar, organlar sekretlarining konsentratsiyasi); Elektrik (elektrdan shikastlanish); Toksik, asosan mikrob toksinlari (anaerob gazli gangrena, to'qimalarning chirib yemirilishi); Nur energiyasi (rentgen nurlaridan kuyish va radioaktiv kuyishlar). Qon aylanishining buzilishi (gemodissirkulyator jarayon) qon tomir sistemasida qon hajmining o'zgarishi, uning reologik xususiyatlari yoki qonning tomirlardan tashqariga chiqishi natijasida yuzaga keladigan tipik patologik jarayondir. Arterial qon aylanishining o'tkir yetishmovchiligi uzoq muddatli tomir tortishuvini, tromboz yoki arteriyalar emboliyasini keltirib chiqaradi. Arterial emboliya • Qon oqimidagi turli xil embollar, qattiq modda zarrachalari va gaz pufakchalari tufayli yuz beradigan arteriyalarning bekilib qolishi emboliya deb ataladi. Klinik kechishi • O’tkir ishemik og’riqlar; • Zararlangan sohada oqarish, muzlash • Zararlanga qo’l yoki oyoq xarakat qila olmaydi; • Taktil va his qilishning buzilishi; • Ba’zan kollaps yoki shok xolati kuzatiladi; Davosi Zararlangan qo'l yoki oyoqdagi qon aylanishini tiklash uchun shoshilinch operatsiya-embolektomiya qilish zarur. Operatsiya nekrotik o'zgarishlar rivojlanmasdan oldin, dastlabki 4-12 soat ichida o'tkazilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Davolashni tomir xirurgiyasining maxsus bo'limida yoki umumiy profildagi xirurgiya bo'limida o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Darhol shokka qarshi tadbirlar ko'riladi, og'riq qoldiruvchi vositalar (morfin, promedol, analgin) shuningdek, spazmolitik va tomir kengaytiruvchi vositalar (papaverin, noshpa, fenikaberan 4 ml dan kuniga uch mahal; andekalin, ksantenol, teonikol, vazolastin, komplamin, solkoseril, trental, midokalm, galidor 2-4 ml dan kuniga 1 yoki 2 marta) yuboriladi. Bevosita ta'sir ko'rsatuvchi antikoagulyantlar qo'llaniladi (geparin 5000-10000 ТВ dan har 4-6 soatda venaga yuborib turiladi). Arteriyalarning o’tkir trombozi Arteriyada qon ivib, tiqilib qolishi natijasida qon aylanishining buzilishi Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling